Huquqiy davlat va uning belgilari
Huquqiy davlat – huquqning hukm- ronligi, qonunning ustuvorligi, barcha- ning qonun va mustaqil sud oldida tengligi
ta’minlanadigan, inson huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vako- latlarining bo‘linishi prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat.
Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:
Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo‘lgan barcha kishilar; ush- bu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, yuridik shaxs- lar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati organlari – barchasi huquqqa bo‘ysunadilar.
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar
huquqiy normalar tizimida oliy yuridik quchga egadir. Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo‘lmasligi kerak.
Inson huquq va erkinliklariga rioya etish, ularni himoya qilish va
ta’minlash. Inson huquq va erkinliklari unga tug‘ilganidanoq tegishli bo‘lib, ular insondan ajralmasdir. Gap, eng avvalo, insonning yashash, erkinlikka, daxlsizlikka, xavfsizlikka ega bo‘lish huquqlari hamda boshqa huquq va erkin- liklari to‘g‘risida bormoqda. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida tengdirlar.
Davlat va fuqaroning o‘zaro mas’uliyati. Davlat qonunlarda shaxs
erkinligining me’yorini belgilab qo‘yar ekan, xuddi shu chegaralarda o‘zini ham qaror qabul qilishda cheklab qo‘yadi.
Jamiyatda hokimiyatning qonuniyligi (legitimligi). Hokimiyatni qo-
nuniy e’tirof etish uchun quyidagi talablarga javob berilishi shart: hokimiyat
demokratik saylovlar yo‘li bilan shakllantirilgan bo‘lishi; hokimiyat samara- li faoliyat yuritib, jamiyatda barqarorlik va qat’iy tartibni ta’minlash; u ham mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lishi lozim.
Hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi. Davlat hokimiyati bir qo‘lda
to‘planib qolmasligi uchun, hokimiyatning uchta tarmog‘ini – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo‘yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqla- rining har biri o‘z vakolati doirasida amal qiladi.
Sudning mustaqilligi. Sud, davlat hokimiyatining boshqa ikki tarmog‘i
kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hech kimning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning samarali ishlashi. Аgar inson
huquq va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar unga yordam berishlari lozim. Ular bu huquq va erkinliklarni himoya qilishlari kerak.
Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madani-
yatning eng muhim ko‘rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidir. Huquqiy ong – huquqqa munosabat, qonun talablarini bajarish zarurligini anglash da- rajasini ifodalaydigan huquqiy qarashlar yig‘indisi. Huquqiy madaniyat amal- dagi qonunlarni bilish, huquqni hurmat qilish, huquqiy qoidalarga rioya etishda namoyon bo‘ladi.
Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy huquqlar va
erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida doimo ishtirok etishi, rivojlan- gan fuqarolik jamiyati shakllanishi va ma’lum bir muxolifat bo‘lishi zarur.
Yuqorida keltirilgan belgilarning birgalikda amal qilishi jamiyat va dav- latda huquqning hukmronligi, umume’tirof etilganligi va ustunligiga olib kela- di. Bu ijobiy natija hisoblanadi. Zero, huquq – insoniyat taraqqiyotining buyuk ne’mati, huquqiy tartibga solish, boshqarish va ta’sir etish borasida to‘plangan ijtimoiy tajribaning asosiy mohiyati, umuminsoniy qadriyatlar va adolat, de- mokratiya va tartib-intizom kabi yuksak g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Huquqning jamiyat hayotidagi ulkan ahamiyati va vazifasini anglab yetgan davlatni huquqiy davlatlar qatoriga qo‘shish mumkin.
Demak, huquqiy qadriyatlarning ustunligi, ularning ham aholi, ham dav- lat xizmatchilari orasidagi nufuziga e’tibor beradigan, o‘z faoliyati davomida huquq bilan bog‘liq bo‘lgan hamda qonun talablari doirasida amal qilgan holda inson huquq va erkinliklarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaydigan davlat chinakam huquqiy davlat hisoblanadi.
Huquqiy davlat – bizning kelajagimiz, biroq unga erishish murakkab
vazifa bo‘lib, rivojlanishning bir qator bosqichlarini qamrab oladi hamda dav- lat organlari, mansabdor shaxslar, jamoatchilik va fuqarolardan jiddiy faol-
likni talab etadi. Davlat va jamiyat hayotini faollashtirish, ularning yuridik va ma’naviy-axloqiy asoslarini rivojlantirish, huquqni yangilash, uni qo‘llash va muhofazalashni takomillashtirish, fuqarolarda qonunga hurmat hissini shakllan- tirish, ijtimoiy hayotga demokratik huquqiy qadriyatlar va yuridik mexanizm- larni joriy etish zarur. Oldimizda turgan ustuvor vazifa huquqiy davlatga mos huquqiy tafakkurni, yuksak huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishdan ibo- rat. Bunday kompleks yondashuv huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish borasidagi sa’y-harakatlarimiz muvaffaqiyatining garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |