partiyalar bilan davlat organlari funksiyalarini ajratish;
davlat boshqaruvini demokratlashtirish;
huquqiy madaniyatni yuksaltirish;
yangi huquqiy tafakkur va huquqiy qadriyatlarning vujudga keltirilishi. Huquqiy davlatda tabiiy-tarixiy huquq va erkinliklar, davlat bilan muno- sabatlarda fuqarolar manfaatining ustunligi, huquqda umuminsoniy asoslar, in- sonning oliy qadri ta’minlanadi. «Huquqiy davlat» tushunchasi – demokratiya, insonparvarlik, inson huquqlari, siyosiy va iqtisodiy erkinliklar, liberalizm kabi muhim umuminsoniy qadriyatlardan biri. Huquqiy davlatning mohiyati – ijti- moiy va siyosiy hayotda huquqning ustunligi, suveren huquqiy hokimiyatning mavjudligida ifodalanadi. Hokimiyatning bo‘linishi prinsip yordamida davlat huquqiy usulda tashkil topadi va faoliyat ko‘rsatadi, bu siyosiy hayotning de-
mokratiyalashuvi mezonidir. Huquqiy davlatning oddiy davlatdan farqi nimada? Oddiy davlat butun hokimiyatni o‘z qo‘lida jamlaganligi, huquq bilan chega- ralanmaganligi, davlatning jamiyatdan ustunligi, fuqaroning davlat organlari va mansabdor shaxslar o‘zboshimchaligidan himoya qilinmaganligi bilan tavsifla- nadi. Undan farqli o‘laroq, huquqiy davlat huquq bilan bog‘langan bo‘ladi, qo- nunning ustunligidan kelib chiqadi, jamiyat tomonidan belgilangan mezonlar doirasida ish ko‘radi, jamiyatga bo‘ysunadi, fuqarolar oldida mas’ul bo‘ladi, fuqarolarning ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta’minlaydi. Аyni vaqtda, boshqa har qanday davlat singari, huquqiy davlat ham umumiy jihatlarga ega bo‘ladi. Ular quyidagilardan iborat:
ommaviy-siyosiy hokimiyat ichki va tashqi siyosat olib borish vositasi sifatida huquqiy davlatga xosdir;
huquqiy davlat jamiyatning tegishli ijtimoiy-iqtisodiy negiziga asoslan- gan siyosiy tashkilotidir;
demokratik davlat mexanizmiga ega bo‘ladi;
soliqlar va boshqa yig‘imlar hisobidan ta’minlanadi;
davlat suverenitetini xalq suverenitetiga muvofiq amalga oshiradi. Huquqiy davlatning mohiyatini huquqning oliyligi, hukmronligi, qonun-
ning ustunligi tashkil etadi. Qonunning ustunligini ta’kidlaganda shu narsa muhimki, har qanday qonunning ustunligini ta’minlash bu hali huquqiy dav- latchilik vujudga keldi degani emas. Chunki, qonunlar o‘z mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, mustabid, totalitar, avtoritar, fashistik dav- latlarda nohaqlik, zo‘ravonlik va johillikni ifodalovchi qonunlar amal qilishi mumkin. Bunday qonunlarning ustunligini ta’minlash huquqiy davlatchilik bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Huquqiy davlatda tom ma’noda xalq iroda- sini ifodalovchi adolatli, demokratik, insonparvar qonunlarning ustuvorligi ta’minlanishi nazarda tutiladi. Xuddi shu ma’noda haqqoniy, huquqiy qonun haqida gapiriladi.
Huquqiy davlatda hokimiyatning diqqat markazida turadigan asosiy nar- sa – bu fuqarolarning, shaxsning huquq va erkinliklarining kafolatlanganligi- dir. Huquq, qonun erkinlik va adolat me’yori sifatida maydonga chiqadi. Qonun yordamida shaxs erkinliklarining ta’minlanishi – huquqiy davlatning muhim funksiyasidir.
Huquqiy davlat huquq va qonunning ustunligi, qonun va sud oldida barchaning tengligi ta’minlanadigan, fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlangan, davlat hokimiyati vakolatlari demokratik taqsimlash asosida tash- kil etiladigan adolatli davlat sifatida maydonga chiqadi. Zamonaviy huquqiy davlat – avvalo, inson huquq va erkinliklari, hokimiyatni amalga oshirishda (bevosita yoki vakillari orqali) xalqning ishtiroki ta’minlanadigan demokra-
tik davlat. U yuksak huquqiy va siyosiy madaniyat, rivojlangan fuqarolik jamiyatini nazarda tutadi. Huquqiy davlatda fuqarolarga o‘z qarashlari va e’tiqodlarini qonun doirasida himoya qilish imkoniyati ta’minlanadi. Bu, xu- susan, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining shakllanishi va faoliyat olib borishi, siyosiy plyuralizm, so‘z va matbuot erkinligi hamda shu kabi- larda o‘z ifodasini topadi.
Huquqiy davlat uchun fuqarolarning davlat oldida va davlatning fuqarolar oldida o‘zaro mas’ulligi xosdir. Davlat har bir insonga tug‘ilishidan boshlab tegishli ajralmas huquq va erkinliklarni nafaqat tan oladi, balki ularni hayotga real tatbiq etish va tajovuzlardan himoyalashni ham kafolatlaydi. O‘z navba- tida, fuqarolar o‘z huquq va manfaatlaridan davlat, boshqa fuqarolar, ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga zarar yetkazmagan holda foydalanish- lari mumkin, ya’ni ular o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlarni qat’iy bajarishlari lozim1.
Huquqiy davlat mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat. Uning barcha tarkibiy qismlari va elementlari hokimiyatning bo‘linishi prinsipi asosida, o‘z ijtimoiy vazifalariga muvofiq ravishda ish olib boradi. Huquqiy davlatning hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan organlari o‘z faoli- yatida jamiyat xohish-irodasini ro‘yobga chiqaradi. Huquqiy davlatning tarkibiy qismlari va elementlari o‘z faoliyatini amaldagi qonunlarga muvofiq tashkil etadi va amalga oshiradi. Mansabdor shaxslar fuqarolarning konstitutsiya va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan huquqlari va erkinliklariga tajovuz qilganlik uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari huquqiy davlat organlari tomonidan ta’minlanadi. Huquqiy davlat funksiyalari uning apparati yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib, huquqiy davlat mexanizmining demokratik xususiyati uning o‘zi xizmat qiladigan jamiyat oldida javobgarligi bilan belgilanadi. Huquqiy davlatning rivojlanish bosqichlari fuqarolik jamiyatining rivojlanish bosqichlariga mutanosib bo‘ladi.
Huquqiy davlatda davlat hokimiyati mutlaq bo‘lmaydi. Bu nafaqat huquqning ustunligi, davlat hokimiyatining huquq bilan bog‘liqligi, balki davlat hokimiyatining tuzilishi, uni amalga oshirish shakllari bilan ham belgilanadi. Bu yerda hokimiyatning bo‘linishi nazariyasiga murojaat etish o‘rinli bo‘ladi. Bu nazariyaga binoan, hokimiyatlar(qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari)ning birikib ketishi, bir organda, bir shaxs qo‘lida jamlanishi shaxs erkinligini yo‘qqa chiqaradi. Shu bois, huquq bilan bog‘liq bo‘lmagan av- toritar mutlaq hokimiyat vujudga kelishining oldini olish uchun hokimiyatning ko‘rsatilgan tarmoqlarga bo‘linishi amalga oshadi.
1 Оdilqоriyev Х.T., Chiniboyev Х.J. Dаvlаt hоkimiyati: mоhiyati, funksiyasi vа zаmоnаviy tаlqini. – T., 2015. – 31–36-bеtlаr.
Hokimiyatning bo‘linishi yordamida davlat huquqiy usulda tashkil topadi va faoliyat ko‘rsatadi: davlat organlari bir-birining o‘rnini bosmay o‘z vakolat- lari doirasida ish olib boradilar; qonunchilik, ijro va sud hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida muvozanat, mutanosiblik, o‘zaro nazorat o‘rnatiladi.
Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi prinsipi ularning har biri mustaqil ish ko‘rishi va boshqa tarmoqlar ishiga aralashmasligini anglatadi. Bu prinsip izchil amalga oshirilgan taqdirda u yoki bu hokimiyat tarmog‘ining boshqa tarmoq vakolatini o‘zlashtirish im- koniyatiga chek qo‘yiladi. Hokimiyat tarmoqlarining «o‘zaro muvozanat va cheklovlar» tizimi yaratilsa, hokimiyatning bo‘linishi prinsipi yashovchan xu- susiyat kasb etadi. Mazkur tizim bir hokimiyat tarmog‘i boshqa tarmoq vako- latlarini qonunga xilof ravishda tortib olish imkoniyatini cheklaydi va davlat organlarining normal faoliyatini ta’minlaydi.
Hozirgi ilg‘or demokratik davlatlarda davlat hokimiyatining klassik «uch tarmoq»qa bo‘linishi bilan bir qatorda, uning federativ tuzilishi ham hokimiyat- ni taqsimlash va nomarkazlashtirish usuli hisoblanishiga e’tibor berish lozim.
Demokratik jamiyat uchun hokimiyatning bo‘linishi prinsipi ayniqsa muhimdir. U nafaqat davlat organlari o‘rtasida mehnat taqsimotini, balki dav- lat hokimiyatining bir qo‘lda jamlanishi, avtoritar yoki totalitar hokimiyatga aylanishining oldini oluvchi barqarorlik, «taqsimlanganlik»ni ifodalaydi. Bu prinsip demokratik jamiyatda har uch hokimiyatning ham bir xil, teng kuchga ega ekanligi, bir-birini muvozanatga solish va cheklash vositasi bo‘lib xizmat qilishi, biri boshqalaridan ustun bo‘lishiga, masalan, boshqaruv hokimiyati av- toritar hokimiyatga, qonunchilik hokimiyati esa – boshqaruvni ham, odil sud- lovni ham bo‘ysundirgan totalitar hokimiyatga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligini nazarda tutadi. Biroq, hatto hokimiyatning bo‘linishi talabi bajarilgan, «o‘zaro muvozanat va cheklovlar» tizimi yaratilgan bo‘lsa ham davlat albatta, huquqiy bo‘lavermaydi. Shu bois huquqiy davlatning navbatdagi belgisi – qonun ustu- vorligi belgisi alohida ahamiyat kasb etadi.
Huquqiy davlatda biron-bir davlat organi, mansabdor shaxs, jamoa yoki jamoat tashkiloti, biron-bir odam qonunni buzishi mumkin emas. Qonunni buz- ganlik uchun ular qat’iy yuridik javobgarlikka tortiladi. Qonunning ustunligi to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, bu barcha qonun osti hujjatlari qonunga muvofiq bo‘lishi lozimligi, mansabdor shaxslar uni bajarishdan bo‘yin tovlamasligi yoki uni buzmasligi nazarda tutiladi. Bundan tashqari, barcha oddiy fuqarolar ham o‘z faoliyatida qonunga rioya qilishlari lozim. Buning uchun ular qonun maz- munidan xabardor bo‘lishlari kerak.
Huquqiy davlat Konstitutsiyaning barqarorligini ham nazarda tutadi. Uni tez-tez o‘zgartirish, to‘ldirish va yangilash maqsadga muvofiq emas. Zero, bu holda u davlatning barqaror, uzoq muddatli xususiyatga ega Аsosiy qonuni bo‘lmay qoladi. Аgar konstitutsiya jamiyatning davlat darajasidagi xohish-iro- dasini ifodalasa, uni o‘zgartirish, yangilash xususiy xohish-irodaga emas, balki konstitutsiyaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Qonuniylikni mustahkamlash – huquqiy davlatning bosh mezoni. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinuvchi barcha normativ – huquqiy huj- jatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaga mos bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy sanalgan farmon- lar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Hukuma- ti qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi, ularning ijrosini ta’minlaydi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmon- lariga asoslanadi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etish uchun majburiydir. Qonuniylik va huquqiy davlat – ko‘p jihatdan uzviy kategoriyalardir, biroq ular o‘rtasida farq bor. Qonuniylik huquq sohasidagi barcha subyektlarning qonunlarga so‘zsiz rioya etishlarini talab qiladi, huquqiy davlat esa, xuddi shunday talabni xalq hokimiyati funksiyalarini bajaruvchi davlat tuzilmalariga nisbatan ham qo‘yadi. Shu sababli huquqiy davlatchilik, eng avvalo, hokimiyat tuzilmalari, chunonchi, davlat hokimiyati, boshqaruv, sud va prokuratura organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonun ustuvorligini anglatadi.
Huquqiy davlatda inson huquqlari poymol etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Boz ustiga, huquqiy davlat bu huquqlarni amalga oshirishni qat’iy va izchil ta’minlashi va ularni himoya qilishi lozim. Shu munosabat bilan jamiyat va davlat hayotining turli jabhalarida huquqiy tenglik muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Uning yechimi davlat bunday tenglikni ta’minlovchi ishonchli kafo- latlarni yaratishini nazarda tutadi.
Huquqiy davlatga xos bo‘lgan inson va fuqaro huquq va erkinliklari ro‘yxati xalqaro hujjatlarda ifodalangan. Bu, eng avvalo, BMT Bosh Аssambleyasi 1948-yil 10-dekabrda qabul qilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1966-yil 16-dekabrda qabul qilgan «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt» hamda «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt» va boshqalardir.
Ko‘rsatilgan hujjatlarda e’lon qilingan huquq va erkinliklar ro‘yxati huquqiy davlatlarning konstitutsiyalarida mustahkamlab qo‘yilgan va kafolatlangan. Ularda shaxsni yuridik himoya qilishga alohida e’tibor beriladi. Ma’lumki, aybsizlik prezumpsiyasisiz shaxsni yuridik himoya qilishni ta’minlash mumkin
32–18-8
emas. Аybsizlik prezumpsiyasi haqiqiy demokratik davlatda fuqarolarning u yoki bu jinoyatni sodir etishda aybdorligi yoki aybsizligi bilan bog‘liq barcha masalalarni faqat sud hal qilishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |