Odilqoriyev X. T


-§. Fuqarolik jamiyatining tarkibiy tuzilishi va asosiy prinsiplari Fuqarolik jamiyati



Download 1,25 Mb.
bet370/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

2-§.
Fuqarolik jamiyatining tarkibiy tuzilishi va asosiy prinsiplari

Fuqarolik jamiyati yuksak darajada uyushgan, batartib munosabatlar tizimiga tayangan, o‘zini o‘zi boshqarish mexanizm- lari mukammal qaror topgan jamiyatdir. Bu jamiyat sharoitida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini

aks ettiruvchi, muhofaza etuvchi turli-tuman uyushmalari, birlashmalari, nodavlat tashkilotlari va organlari mavjud bo‘ladi. Ular davlat hokimiyatidan mustaqil bo‘lib, o‘zini o‘zi boshqarish prinsipi asosida aktiv faoliyat ko‘rsatadi. Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy hayotga katta ahamiyat beriladi. Uning asosiy maqsadi inson hayotini saqlash, uning maqsadlarini, hayotiy orzu-niyat- larini shu jamiyatdagi tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, guruhlar, oila va boshqa birlashmalar orqali amalga oshirishdir. Bu tashkilotlar, institutlar va guruh- lar alohida shaxsga uning hokimiyat manbayi ekanligini, uning layoqati va

harakati, obro‘si yuksak qadriyat ekanligini tushuntirishga yordam beradilar. Insonlar ushbu tashkilotlar va birlashmalar orqali o‘zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlarini amalga oshiradilar.


Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilariga:

  1. ko‘ppartiyaviylik;

  2. siyosiy hayot va siyosiy institutlarning, mafkura va fikrlarning xilma- xilligi;

  3. o‘zini o‘zi boshqarish organlari mavqeining balandligi;

  4. jamiyatni boshqarishda ommaviy axborot vositalari rolining kattaligi kiradi. Fuqarolik jamiyatida ma’naviy hayot umumbashariy qadriyatlar asosida amalga oshirilganligi, insonning muqaddasligi, erkinligi, qonun oldida tengligi, ijtimoiy adolatning to‘liq qaror topganligi bilan belgilanadi.

Demak, fuqarolik jamiyati – teng huquqli insonlarning jamiyati, yakka

shaxslar yoki jamoalar manfaatlarini amalga oshirishga ko‘maklashadigan ja- moat va nodavlat institutlarining tizimidir. Shuni ham ta’kidlash kerakki, fuqa- rolik jamiyati jamoat birlashmalarining yig‘indisidangina iborat bo‘lmay, balki ular faoliyati natijasida paydo bo‘ladigan munosabatlar tizimi hamdir. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini milliy va diniy an’analarsiz, odatlar, odob-axloq normalari va milliy qadriyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu jamiyat iqti- sodiy, kasbiy, madaniy, diniy va boshqa manfaatlarni shakllantirishga va ularni amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy aloqalar tizimini ham o‘z ichiga oladi.



O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi har bir insonning ehtiyojlari, manfaatlari, huquq va erkinliklarini amalga oshirishga qaratilgan. Konstitutsiya insonni eng katta boylik sifatida alohida ko‘rsatgani holda fuqaro, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning oqilona, huquqiy hal etilishini siyosiy jihatdan rasmiylashtiradi. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, ularning inson manfaatlarini himoya qilishga va ijtimoiy munosabatlarni maqbul holga keltirishga yo‘naltirilganligi fuqarolik jamiyati asoslarini qaror toptirishning asosiy omillaridir.

Fuqarolik jamiyatida huquq va qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini

o‘zi kamol toptirishiga yordam beradi, shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘liq ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Аyni vaqtda, bu barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart ekanligini ham bildiradi.

O‘zbekiston fuqarolari Konstitutsiyada ko‘rsatilgan huquqlaridan foy- dalanib, davlatning siyosiy hayotida tobora keng ishtirok etmoqdalar. «O‘tmish davri sharoitida fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni yuz berayotgan bir paytda O‘zbekiston aholisi turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda etishi lozim bo‘lgan keng tarmoqli, ko‘ppartiyaviy tizim kabi demokratik institutlar hamda boshqa jamoat tashkilotlarining qaror topishi ham muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan olganda, davlatning roli siyosiy partiya- lar va jamoatchilik harakatlarining vujudga kelishi, qaror topishi va rivojlani- shi sekinlashtirib qo‘yadigan har qanday g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etishdan iboratdir»1.

Fuqarolik jamiyatidagi mavjud manfaatlarni qanoatlantirish, ro‘yobga chiqarish uchun tegishli tashkiliy tuzilmalar va institutlar shakllanadi.



Fuqarolik jamiyatining ichki tizimini quyidagicha tasniflash mumkin.

Birinchidan, iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi tuzil- malar:

    1. xususiy mulk asosida vujudga keladigan va faoliyat yuritadigan nodav- lat tashkilotlar;

    2. shirkat xo‘jaliklari va ularning uyushmalari;

  1. ijara asosida ishlovchi jamoalar;

  2. hissadorlik jamiyatlari;

  3. moliyaviy jamg‘arma hamda uyushmalar;

  4. ishlab chiqarish korporatsiya, konsernlari va birlashmalari;

  5. tadbirkorlar uyushmalari (palatasi) va hokazo.

Ikkinchidan, ijtimoiy sohadagi manfaatlarni ifodalovchi tuzilmalar:

  1. oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar;

  2. ta’lim-tarbiya muassasalari (maktab, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim mua- sasasalari);

  1. jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar;

  2. fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;

  3. mustaqil ommaviy axborot vositalari;

  4. diniy tashkilotlar;

  5. milliy-madaniy markazlar;

  6. ko‘ngilli jamiyatlar;

  7. jamoatchilik fikrini aniqlash va o‘rganish institutlari;

  8. turli ijtimoiy ixtiloflarni adolatli hal etuvchi tuzilmalar va hokazo.

Uchinchidan, siyosiy sohadagi manfaatlarni aks ettiruvchi institutlar va tuzilmalar:

  1. huquqiy davlatning mavjudligi;

  2. siyosiy partiyalar;

  1. ijtimoiy-siyosiy harakatlar;

  2. siyosiy muholifatning mavjudligi;

  3. inson huquqlarini himoyalovchi institutlar va hokazo.





1 Kаrimоv I.А. O‘zbеkistоn XXI аsr bo‘sаg‘аsidа: хаvfsizlikkа tаhdid, bаrqаrоrlik shаrtlаri vа tаrаqqiyot kаfоlаtlаri. – T.: «O‘zbekiston», 1997. – 174-bet.
Yuqorida keltirilgan tasnif umumiy bo‘lib, u eng asosiy tarkibiy tuzil- malarni ifodalaydi. Аlbatta, fuqarolik jamiyati o‘zining rang-barangligi, turli- tumanligi bilan tavsiflanadi. Unda turfa ko‘rinishdagi ma’rifiy, madaniy va boshqa mazmundagi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishi mumkin.






Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish