2-§.
Qonuniylik prinsiplari va kafolatlari
Mamlakatimiz huquqiy tizimi muayyan huquqiy prinsiplar asosida amal qiladi. Jami- yat hayotida qonuniylikni ta’minlashga bir qan- cha muhim prinsiplarga rioya qilish orqali eri-
shiladi. Qonuniylikning o‘ziga xos xususiyatlari uning quyidagi prinsiplarida ifodalanadi:
Qonuniylikning yagonaligi. Qonunlar mamlakat hududida bir xilda
qo‘llaniladi. Qonuniylik barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatning butun hududida yagona ma’no kasb etishi, bir xilda qo‘llanishi, hammaning qonun oldida tengligi, aholining biron-bir guruhi uchun imtiyoz va cheklashlar yo‘qligini bildiradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsi- yasining 18-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qo- nun oldida tengdirlar».
Respublikamizda qonunning yagonaligi va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, birinchidan, O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarini uning butun hududida amal qilishini va barcha normativ-huquqiy hujjatlar qonun aso- sida qabul qilinib, ularga zid bo‘lmasligini anglatadi. Ikkinchidan, O‘zbekiston qonunlari uning ijtimoiy va davlat tuzumini, barcha millat va elatlarning man- faatlarini qo‘riqlaydi. Uchinchidan, mamlakatning butun hududida qonunlar bir xilda qo‘llaniladi.
Qonunning ustuvorligi va hamma uchun majburiyligi. Jamiyatda qonunlar oliy yuridik kuchga ega, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ham- masi qonun asosida qabul qilinadi. Biror-bir huquqiy norma qonunga zid bo‘la olmaydi, agar qonun bilan boshqa huquqiy norma o‘rtasida shunday nomuvo- fiqlik paydo bo‘lsa, bunday holda qonun amal qiladi. Bu prinsip Konstitutsi- yamizning 15-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, unda shunday deyilgan:
«O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Davlat uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqa- rolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar».
Qonuniylik va maqsadga muvofiqlik prinsipi. Mamlakat hududida
amaldagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni aniq bajarish har qaysi davlat organi, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun shartdir. Ammo, barcha fuqarolar ham amaldagi qonunlarga bir xilda ixtiyoriy va vijdonan rioya qilavermaydilar. Ayrim fuqarolar qonun talablarini bajar- maydi va amaldagi ba’zi qonunlarning eskirib qolganligi hamda ularni hozirgi davr talablariga javob bermasligini ro‘kach qiladilar. Mamlakatda o‘rnatilgan
qonunchilik tartibiga ko‘ra vakolatli organ tomonidan amaldagi qonunlar ras- miy ravishda bekor qilinguniga qadar u yuridik kuchga ega bo‘ladi va unga rioya qilish hamma uchun majburiydir. Jamiyatda o‘zining yuridik ahamiyatini yo‘qotgan biror-bir qonun yo‘q. Agar qonunlarning birortasi jamiyat manfaat- lariga zid yoki uning talablariga to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lsa, bunday holda qo- nunchilik tashabbusi huquqiga ega subyektlar mazkur qonunlarni bekor qilish to‘g‘risidagi tashabbus bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga murojaat etadilar. Qonun o‘rnatilgan tartibda bekor qilingandagina, o‘zining yuridik kuchi va ahamiyatini yo‘qotgan hisoblanadi.
Qonuniylikning aholi madaniy darajasi bilan bog‘liqligi. Qonuniy-
lik madaniyatni oshirishga, o‘z navbatida, madaniyatning rivojlanishi esa, qo- nuniylikni mustahkamlashga yordam beradi. Qonuniylik aholining huquqiy madaniyat darajasi bilan bevosita bog‘liq. Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qonunlarga rioya qilish va ularning bajarilishi shunchalik samarali bo‘ladi. Aholining huquqiy ongi va madaniyat darajasi yuqori bo‘lmasa, bunda qonuniylikka erishish amri mahol. Basharti, fuqarolar qonun chiqaruvchi organning qonunlarda mustahkamlan- gan erki-irodasi, unda qo‘yilgan talablarni bilmas ekan, bundan ijobiy natija kutib bo‘lmaydi. Asosiysi, fuqarolar qonunlarda qanday imtiyozlar berilganligi yoki qanday harakatlar taqiqlanganligidan bexabar qoladi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlash maqsa- dida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda
«Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» qabul qilingan bo‘lib, u huquqiy savodxonlik, huquqiy tafakkur va ma’rifatni shakllantirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mamlakatda qonuniylikni ta’minlashda ularni kafolatlash muhim aha- miyat kasb etadi. Qonunlar orqali kishilar o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solinar ekan, ularni hayotda to‘g‘ri tatbiq etish uchun qonuniylik tegishli usul- lar vositasida amalga oshiriladi. Bunday usullar davlat tomonidan belgilangan bo‘lib, qonuniylik kafolatlari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |