Hind huquqiy tizimi. Ikki ming yillik tarixga ega bo‘lgan bu huquq
tizimi hozir ham o‘zining tartibga soluvchi ta’sir kuchiga ega. Hind huquqining bunday uzoq muddat davomida saqlanib qolishining asosiy sababi, uning jamoa va varnaviy-kastaviy tabaqalanishi hamda din bilan birikib ketganligidir. Ikki ming yillik tarixda yaratilgan qadimiy vedalar – hind diniy qo‘shiqlar to‘plami, ibodatlar, madhiyalarda, alohida misralarda yurish-turish va axloq qoidalari ifodalangan. Bular huquq manbayi sifatida kamroq ta’sir ko‘rsatadi.
Musulmon dunyosida bo‘lgani kabi XI–XII asrda asta-sekinlik bilan shakllangan hind huquqiy maktablari uch muhim masala: meros huquqi, yagona oiladagi alohida a’zolar mulkining huquqiy tartibi, oila mulkining taqsimlanishini hal qilishga turlichi yondashuvlari bilan farq qiladi.
Hind huquqida ham musulmon huquqi kabi maktablar ikkiga dayabaa
va mitaksharaga bo‘linadi. Bundan tashqari, hind huquqida ayrim mintaqa, kasta, urug‘ yoki oilada qadimdan saqlanib kelayotgan odat huquqining manbayi sifatida qaralishi mumkinligi tan olingan. Ularda kohin yuristlari mavjud. 1955-yilda «Nikoh huquqi to‘g‘risida»gi, 1956-yilda uchta «Voyaga yet-
maganlar va vasiylik to‘g‘risida»gi, «Meros haqida»gi va «Farzandlikka olish va oila a’zolarini boqqanlik uchun to‘lov to‘g‘risida» gi qonunlar kuchga kirdi.
«Hind huquqi» bo‘yicha yuridik ma’lumotnomalarda, qoida tariqasida,
«shaxsiy huquqqa» taalluqli bo‘lmaganligi uchun tabaqalanish masalasi yori- tilmaydi. Mamlakatda «tabaqa institutlari» va «tabaqa avtonomiyasi» haqida gapirish qabul qilingan. Bular Hindiston Konstitutsiyasining 26-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra: «har qanday diniy oqim, mazhab, agar u jamoat tartibiga, axloqqa, sog‘liqni saqlashga xilof bo‘lmasa: a) diniy yoki xayr-ehson maqsadida muassasalar tuzish va saqlash; b) diniy masalalarda boshqaruvni amalga oshirish huquqiga ega». Bunda shunday ma’no borki, kasta diniy aqidalarni buzgan a’zolariga jazo belgilashi mumkin. Agar kelish- movchilik diniy xususiyatga ega bo‘lsa, unda tartibbuzar bo‘ysunishdan voz kechganligi uchun jamoadan haydalishi mumkin.
Binobarin, kasta ibodat qilish, ovqatlanish, nikoh va sig‘inishning boshqa masalalariga taalluqli ichki tartibni saqlashi mumkin. Sud kasta qoidalari- ni qayta ko‘rishi mumkin emas, u ushbu qoidalarga rioya qilinishi va to‘g‘ri qo‘llanilishini kuzatish huquqigagina ega. Agar kastalar qarori mazmunan milliy sudlov tartibiga qarshi chiqsa, sud uni belgilasa, bekor qilishi mum- kin. Shunday qilib, «hind huquqi» deganda, hindlarning qonunlarida va (ma- salan, Birma, Malayziya, Singapurda hali amalda bo‘lgan) odatlarida shaklan, o‘zgargan shaxsiy huquqlari tushuniladi. Hind huquqi huquq tarmog‘i sifatida Hindistonda, shuningdek, yuqorida eslatib o‘tilgan mamlakatlarda, bundan tashqari, qonunlarda o‘zgargan shaklda Sharqiy Afrika mamlakatlari (Keniya, Uganda)da ham bevosita yoki bilvosita qo‘llanilmoqda1.
Do'stlaringiz bilan baham: |