Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet307/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Musulmon huquq oilasi. Musulmon huquqi VIII asrlarda Arabiston

yarim orolida vujudga kelgan bo‘lib, hozirda Saudiya Arabistoni, Sudan, Livan, Misr, Eron, Arabiston yarim oroli va fors ko‘rfazlari mamlakatlarida amalda qo‘llanilmoqda. Ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, islom dini o‘z mazmuniga ko‘ra, birinchidan, musulmon kishi nimalarga e’tiqod qilishi va nimalardan o‘zini tiyishi lozimligini belgilovchi ilohiy aqidadan iborat; ikkinchidan, musul- mon qanday amallarni bajarishi va qanday xatti-harakatlardan tiyilishi lozimli- gi haqidagi qoidalardan iborat. Islom dinida bunday ko‘rsatmalarning yig‘indisi

«shariat» («haq yo‘l» ma’nosini anglatadi) deb nomlanib, u aslida musulmon huquqidir.

Shariat ikki qismdan – diniy, ya’ni e’tiqod qoidalari (aqida)dan va huquq (fiqh)dan iborat.

Fiqh, ya’ni musulmon huquqi ikki qismga bo‘linadi: birinchisi (muoma- lat) musulmonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, ikkinchisi esa, (ibodat) musulmonning Alloh oldidagi majburiyatini belgilaydi. Bu ikkala qism huquqiy maktablar tomonidan qanday belgilangan va o‘rganilgan bo‘lsa, xuddi shunday ko‘rinishda yuridik fanlar predmetini tashkil qiladi. Fiqhning asosiy vazifasi musulmon davlati qonunchiligi bilan uning birlamchi manbalari orasidagi uzviy bog‘liqlikni saqlab qolishdir. Musulmon huquqi fanlari bilan dunyoviy yuridik fanlar o‘rtasidagi farq shundaki, musulmon huquqiy tizimi Qur’ondan boshlanib, huquqni insoniyat aql-idroki va ijtimoiy shart-sharoitning mahsuli deb emas, balki Alloh tomonidan berilgan tuhfa, marhamat deb hisoblaydi.

Islom dunyoviy dinlar ichida eng yoshi bo‘lsa-da, juda keng tarqalgan. Turli hisob-kitoblarga qaraganda, dunyoda 750 milliondan 1 milliardgacha ki- shi Islom diniga e’tiqod qilar ekan. Ular 51 davlatda ko‘pchilikni yoki aholining katta qismini tashkil qiladi. Biroq, musulmon huquqining amal qilish doirasi musulmon aholisi bor mamlakatlarning jo‘g‘rofiy chegaralariga mos tushmaydi. Islomga din sifatida e’tiqod qiluvchi, lekin musulmon huquqini qabul qilmagan millatlar va etnik guruhlar ham mavjud1.

Musulmon huquqiy fanlari asosini kazuistik uslub tashkil qiladi. U «ilm- al-furu» yoki ishlarni hal qilish (masa’il) nomi bilan tanilgan. Sunniylar va shia- lar hamma maktablari tarmoqlarining boshida ta’limotlari tan olingan – Madina maktabi va Iroq maktablari turadi. Ushbu qadimgi maktablar o‘z nazoratidagi hududlarda ildiz otib, oddiy huquqdan foydalanib, uni yangi dinlarning ehti-






1 Qаrаng: Теория государства и права / Под ред.проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 606-bet.
yojlariga moslashtirganlar. Tarixiy sabablarga ko‘ra bugunga kelib musulmon huquqining to‘rtta sunniylar (xanafiylar, molikiylar, shofiiylar, hanbaliylar) maktabi, shuningdek, uchta shialar (ja’fariylar, ismoiliylar, zaydiylar) maktabi bor. Har bir maktab o‘zining yuridik uslubi va qarashlari tizimiga ega, shuning uchun ularning har biri musulmon huquqining alohida tizimi bo‘lib hisoblanish uchun da’vogarlik qiladi.

Musulmon huquqi mustahkam tizimga ega bo‘lgan, rad qilish mumkin bo‘lmagan dalillarga asoslanadi. Musulmon huquqshunoslari muayyan dara- jada tasodifiy yoki noaniq bo‘lgan hamma narsalarni qoralaydilar. Musulmon huquqshunoslari tomonidan shakllantirilgan huquqiy normalar o‘z tuzilishlari- ga ko‘ra doimo tashqi dalillarga asoslanadi1.

Islom aqidalariga muvofiq, musulmon huquqi Alloh kalomi asosida shakllangan qoidalar mujmuidir. Islom diniy doktrinasida Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning shaxsi muhim o‘rin tutadi. Uning hayoti va faoliyati musul- mon huquqining ma’no-mazmunini tushuntirishda belgilovchi ahamiyat kasb etadi.

Islomshunos olimlarning fikricha, musulmon huquqi tarkibida ikkita o‘zaro bog‘liq me’yorlar guruhi Qur’on va Sunnaning yuridik yo‘l-yo‘riqlari mavjud.

Musulmon huquqining asosiy manbayi sifatida Allohning o‘z payg‘ambarlari va elchilaridan oxirgisi Muhammad alayhissalomga yo‘llagan vahiylardan nozil bo‘lgan Qur’on e’tirof etiladi. Qur’on huquq kodeksi emas. Qur’ondagi yuridik xarakterdagi qoidalar, bir tomondan, kodeks tuzishga kamlik qiladi, ikkinchi tomondan, bu me’yorlar orasida mavhum diniy va axloqiy yo‘l-yo‘riqlar shak- lidagi umumiy qoidalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Uning ta’sir ko‘rsatish cho- ralari ham talaygina bo‘lib, ular tilga olinsa-da, ayrim hollardagina jazolaydigan darajaga keltiriladi.

Musulmon huquqining ikkinchi manbayi Muhammad alayhissalom mulo- hazalaridagi ilohiylashtirilgan hodisalar ta’sirida kelib chiqqan og‘zaki rivoyat- lar majmui – sunnadir.



Musulmonlar Qur’on va sunna yuridik me’yorlarining kelib chiqishi ilo- hiy bo‘lib, aslo o‘zgarmasdir, deb hisoblaydilar. Lekin, hayotda ijtimoiy munosabatlarning barchasi ham Qur’on va sunnaga bog‘liq emas. Qur’ondagi 6200 dan ortiq oyatning aksariyati diniy-axloqiy masalalarga taalluqli bo‘lib, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra esa 250 tasi huquqiy xususiyatga egadir. Bu no- mutanosiblikni to‘ldirish ham musulmon huquqiy ta’limotining davomchilari bo‘lgan musulmon ilohiyotchi-fiqhlariga ishonib topshirilgan edi. Ular Qur’on




1 Qаrаng: Tаdjiхаnоv U., Sаidоv А. Huquqiy mаdаniyat nаzаriyasi. Dаrslik. / Mаs’ul muhаrrir аkаdеmik Sh.Z. O‘rаzayev. 1-tоm. – T., 1998. – 98–99-betlar.
va sunnaning mohiyatini o‘zgartirmagan holda, Qur’onning talqini (tavsir)ni berib, huquq sohasida paydo bo‘ladigan bahslar natijasida kelishilgan fikrlar (ijmo)ni bera boshladilar. Tavsir va ijmo ham musulmon huquqi manbalariga taalluqlidir. Musulmon huquqshunoslarining fikricha, ijmo musulmon huquqiga moslashtiriladigan mavzulardan bahs etadi, u yangidan paydo bo‘ladigan ijti- moiy munosabatlarni tartibga solish imkonini beradi.

Musulmon huquqining to‘rtinchi manbayi bo‘lgan qiyosga yoki taqqoslash bo‘yicha xulosa chiqarishga yanada katta ahamiyat beriladi. Bu usul ma’lum me’yorni, agar taqqoslashning maqsadi va asosi mazkur me’yor maqsadi va asosiga mos bo‘lib tushsa, o‘zi bevosita nazarda tutgan hodisaga nisbatan qo‘llash imkonini beradi. IX-X asrlarda mazhablar musulmon huquqi nazariy yo‘nalishlari asosini tuzgan eng nufuzli huquqshunos olimlarning asarlari mu- sulmon huquqining asosiy manbayi bo‘lib qoldi. Qur’on bugungi kunda mu- sulmon huquqining g‘oyaviy, diniy asosi, uning mafkuraviy manbayi sifatida e’tirof etiladi. R. Sharllning ta’kidlashicha, musulmon huquqi tarixan bevosita Qur’ondan boshlanmaydi. U ko‘pincha muqaddas kitobdan alohida shakllangan amaliyot asosida rivojlangan. I. Shaxdning fikricha esa, «musulmon huquqi» fiqh huquqining ajoyib namunasidir. Bu huquq xususiy mutaxassislar tomoni- dan yaratilgan va rivojlantirilgan edi. Musulmon huquqi me’yorlarining katta- gina qismi – uning nazariy ishlanishi yakunidir. Buning ustiga, agar ta’limot avval boshida muayyan hodisalar bo‘yicha yechimlar bergan bo‘lsa, keyinchalik u har qanday muayyan huquqiy normani qo‘llashda boshlang‘ich nuqta sifatida tan olinadigan umumiy, mavhum qoidalarni shakllantira boshladi.

Qur’on, musulmon huquqshunos ilohiyotchilar ijodi bo‘lgan sunna, ijmo,

qiyos – musulmon huquqining shubhasiz, asosiy manbalaridir. Ayrim tadqiqotchi- lar bu huquq manbalariga musulmon huquqshunoslari ishlab chiqqan shariat (hidoya), urf-odat, yurisprudensiya (amal), qonun normalarini qo‘llash bo‘yicha qo‘llanmani ham kiritadilar.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish