Huquqiy munosabatlar – huquq normalari bilan tartibga solinadigan
ijtimoiy munosabatlar. Huquq sohalariga ko‘ra ular: konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, jinoiy-huquqiy munosabatlar, ma’muriy-huquqiy munosabatlar, fuqaroviy-huquqiy munosabatlar va boshqa turlarga ajraladi.
Huquqiy tartibga solish mexanizmi jamiyatda turli-tuman ijtimoiy
munosabatlarga muntazam ravishda va muayyan ketma-ketlikda ta’sir etish jarayonidir. Ijtimoiy munosabatlar mazmuni hamda huquqiy normalar ruhi mam- lakat intilayotgan maqsad va vazifalar, ya’ni: bozor iqtisodiyotiga o‘tish, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish manfaatlari bilan chambarchas bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |