Huquq tarmog‘i – bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartib- ga soluvchi yuridik normalar va huquq institutlarining umumiy majmui. Huquq tarmog‘i huquqni tizimlashning ancha yuqori darajasi hisoblanadi va u ma’lum yaxlitlik va mustaqillik bilan tavsiflanadi. Ta’kidlash joizki, ba’zi adabiyotlarda huquq tizimining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy elementlaridan tashqari yana huquq tarmoqchasi va subinstitutlar ham ajratiladi. Huquq tizimida tarmoqlarning ajralib chiqishiga unga bo‘lgan obyektiv zarurat asos bo‘lib hisoblanadi, davlat esa bu zaruratni o‘z vaqtida anglab, uni rasmiylashtiradi, xolos. Huquq tarmog‘i qonun chiqaruvchi or- gan tomonidan o‘ylab topilmay, balki ijtimoiy va amaliy ehtiyoj mahsuli sifatida shakllanadi. Ijtimoiy munosabatlar u yoki bu sohasining sifat jiha- tidan turdoshligi muayyan huquq tarmog‘ining shakllanishini taqozo etadi. Shu bois, u yoki bu huquq tarmog‘ining mavjudligi yoki mavjud emasligi huquqiy tartibga solishga «muhtoj bo‘lgan» ijtimoiy munosabatlarning te-
gishli sohasi mavjud yoki mavjud emasligiga bog‘liq bo‘ladi. Ayni paytda, huquq tarmoqlari ham o‘zlarining hajmi, ijtimoiy munosabatlarga ta’siri va umuman huquqiy tartibga solishda tutgan o‘rni bilan farqlanadi hamda bu farq ko‘p jihatdan ular tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va ahamiyati bilan belgilanadi. Mustaqil huquq tarmog‘i tashkil topishi uchun quyidagi shartlar bo‘lishi lozim:
ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xosligi (tur jihatdan birligi);
bu munosabatlarning hajmi va murakkabligi;
vujudga kelgan munosabatlarni boshqa huquq tarmoqlari normalari yordamida tartibga solishning imkoni yo‘qligi;
bu munosabatlarni tartibga solishning alohida usulini qo‘llash zarurligi. Adabiyotlarda huquqning konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliyaviy, mehnat, fuqarolik, oila, jinoyat huquqi, yer huquqi, qishloq xo‘jaligi huquqi, ekologiya huquqi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoqlari
ko‘rsatiladi.
Shunday qilib, huquq tizimi murakkab, ko‘p qirrali harakatdagi yaxlit tuzilma bo‘lib, professor S.S. Alekseev ta’kidlaganidek, quyidagi bir necha darajalarni:
alohida normativ qoida tuzilmasini;
huquqiy institut tuzilmasini;
huquqiy tarmoq tuzilmasini;
huquqning yaxlit umumiy tuzilmasini o‘z ichiga oladi.
Ushbu darajalarning hammasi bir butun yaxlit holda ancha murakkab ij- timoiy tarkibni tashkil etadi. Ayni paytda, huquq tizimi darajalari mantiqan va mazmunan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini sabab va oqibat nisbati tarzida taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |