5-§.
Normativ shartnomalar
Iqtisodiyotda bozor munosabatlari, jamiyatda ijtimoiy sheriklik rivojlanayotgan sharoitda serqirra manfaatlar ko‘lami nafaqat
davlat amri bilan, balki tashkilotlar, fuqarolarning (ular uyushmalarining) nor- mativ mazmundagi shartnomalari qoidalari bilan ham me’yorlanmoqda. Shu bois, ijtimoiy munosabatlarning ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni tartibga soluvchi manba sifatida normativ shartnomalar alohida mavqega ega.
Normativ shartnoma deb ikki yoki undan ortiq subyektlar o‘rtasida tuziladigan,
ularning huquq va majburiyatlarini o‘rnatadigan, o‘zgartiradigan va bekor qiladi- gan, og‘zaki yoki yozma shaklda ifodalangan bitimga aytiladi. Normativ shartno- malar huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa manbalardan farqli o‘laroq o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Normativ shartnomalar ikki yoki undan ortiq subyektlar o‘rtasida, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa muayyan bir sohalarda tuziladi. Normativ mazmundagi shartnomalar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi: 1) umumiy mazmundagi normani ifodalaydi; 2) shartnoma ixti- yoriy tuziladi; 3) manfaatlar umumiyligiga asoslanadi; 4) tomonlar teng bo‘ladilar;
5) tomonlar shartnomaning barcha jihatlari bo‘yicha umumiy kelishuvga erishadi- lar; 6) aynanlik (ekvivalentlik) va odatda, zarar to‘lov bilan qoplanadi; 7) majburi- yatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun o‘zaro javobgarlik nazarda tutiladi; 8) huquqiy jihatdan ta’minlanadi.
Normativ shartnomalar turli xil mezonlar asosida tasniflanadi. Jumladan, ishtirokchilar soniga ko‘ra oddiy yoki murakkab turlardan iborat bo‘ladi. Oddiy shartnomada ishtirok etuvchi taraflar faqatgina ikki subyektning qatnashuvini talab etadi, xolos. Murakkab shartnomada esa, biror-bir masala yuzasidan ko‘pchilik ishtirokchilarning soni talab etiladi. Masalan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kabi tashkilot- larga uyushish murakkab shartnomalar asosida tuzilgan. Shuningdek, shart- nomalar ifodalanish shakliga ko‘ra yozma va og‘zaki bo‘lishi mumkin. Og‘zaki shartnomalar asosan kundalik turmushimizdagi maishiy xizmat sohalarida tez- tez uchrab turadi. Masalan, yo‘lovchi va konduktor o‘rtasidagi o‘zaro munosa- bat yoki kichik hajmdagi oldi-sotdi munosabatlari yuzaga kelgan vaqtda so- tuvchi va xaridor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar og‘zaki shakldagi shartnoma
asosida amalga oshadi. Jamiyatdagi muhim va rasmiy munosabatlar faqatgina yozma shakldagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Davlatlararo shart- nomalarning barchasi yozma shaklda tuziladi.
Shartnomalar tuzilish muddatining davomiyligiga ko‘ra qisqa muddatli
va uzoq muddatli shartnomalarga ham bo‘linadi. Oila va nikoh munosabat- larida tuziladigan shartnomalar (nikoh shartnomasi) uzoq muddatli bo‘lib hi- soblanadi. Qisqa muddatli shartnomalar esa muayyan ishni ma’lum bir vaqt ichida amalga oshirish bilan yakunlanadigan hollarda tuziladi.
Dunyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar hech bir davlatning qo- nun yoki qonun osti hujjati bilan tartibga solinmaydi. Xalqaro munosabatlarda shartnoma huquq manbayi sifatida maydonga chiqadi. Xalqaro shartnoma – davlatlararo yoki boshqa shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘lib, xalqaro huquq asosida tuziladi va tartibga solinadi. Xalqaro shartnomlar tuzilgan vaqt- da yoki tan olinganida (ratifikatsiya qilinganida), uning matnida ifodalangan majburiyatlarni taraflar bajarishi shart ekanligi belgilab qo‘yiladi. Ayrim hol- larda davlatlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar amal qilish muddati tugamas- dan ham bekor qilinishi mumkin. Buni xalqaro huquqda denonsatsiya qilish deb nomlanadi. Vena konvensiyasining 2-moddasida xalqaro shartnoma huquqi haqida shunday tushuncha berilgan: «Shartnoma – bu davlatlar o‘rtasidagi kelishuv bo‘lib, yozma ravishdagi xalqaro huquq bilan tartibga solinadi». Masa- lan, 1990-yilgi 12-sentabrda «GFR va GDRni yagona Germaniya davlatiga bir- lashtirish to‘g‘risida» tuzilgan xalqaro shartnoma ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi huquq manbayi sifatida xizmat qilmoqda. GDR bilan GFR davlatlarini birlashtirgan xalqaro shartnoma ularning keyingi harakatlari uchun asosiy huquqiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Xalqaro-huquqiy shartnoma: kelishuv, akt, konvensiya, deklaratsiyalar xalqaro huquqning man- bayi hisoblanib, davlatlarning o‘zaro siyosiy (hamdo‘stlik, o‘zaro yordam, hu- jum qilmaslik, qurolsizlanish to‘g‘risidagi), iqtisodiy (savdo, iqtisodiy yordam ko‘rsatish, qarz berish, kredit berish haqidagi) va boshqa toifa hamkorligini tartibga solishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va maxsus masalalar bo‘yicha bir qancha shartnomalar tuzgan va bu borada 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasining «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalqaro shartnomalarning qoidalari O‘zbekiston qonunlariga nisbatan ustunlikka ega.
Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy manbalaridan biri sifa-
tida davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi turli xil munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatdir. Xalqaro shartnomalar huquqi xalqaro huquqning alohida so- hasi sifatida maydonga chiqadi.
14–18-8
Do'stlaringiz bilan baham: |