Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv. Huquqni tushunishga
tarixiy yondashuv XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida mantiqan shakllandi. Uning asosiy namoyandalari Gustav Gugo (1764-1844), K. Savin (1779-1861),
G. Puxta (1798-1846) va boshqa olimlardir. Mazkur yondashuv tarafdorlari tabiiy huquqiy ta’limoti hamda qonunchilik hokimiyati organlarining huquq yaratuvchi faoliyati natijasida sun’iy ravishda yaratiladigan pozitiv huquq g‘oyasini tanqid qiladilar. Ularning fikricha, huquq o‘z-o‘zidan vujudga keladi, shu nuqtayi nazardan u tilning kelib chiqishiga o‘xshaydi. Til shartnoma, biror shaxs yoki davlat organining ko‘rsatmasi bilan o‘rnatilmagani, xudo tomonidan ato etilmagani kabi, huquq ham faqat qonun ijodkorlik faoliyati bilan emas, balki xalqning turmush sharoitlari asosida tegishli normalarning tasodifiy shakllanishi bilan ham vujudga keladi.
Huquqiy normalarning va institutlarning shakllanishi va taraqqiyoti obyektiv rivojlanish natijasidir. Ushbu rivojlanish o‘z-o‘zidan, davr talabi va ehtiyojlariga muvofiq amalga oshadi. Shuning uchun insonlar bu jarayonga aralashmasliklari lozim. Huquqqa tarixiy yondashuvning mashhur vakili K. Savi- nining fikricha, milliy ruhning harakati bilan huquq ham tasodifiy rivojlanadi. Taraqqiyotning birinchi bosqichida huquq odatlar shaklida namoyon bo‘ladi, ikkinchisida huquqshunos olimlar tomonidan ishlov beriladi, bunda u o‘zining ildizi – xalqning umumiy e’tiqodi bilan aloqasini yo‘qotmaydi. Xalq ruhi bilan sug‘orilmagan huquq jamiyatda yashab keta olmaydi.
Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyalari:
huquq – tarixiy hodisa bo‘lib, til kabi faqat biror kishining kelishu- vi yoki kimningdir ko‘rsatmasi bilan emas, muayyan tarixiy sharoitdan kelib chiqadi va rivojlanadi.
huquq – dastavval huquqiy odatlar (yuridik oqibatlar keltirib chiqaruv- chi, tarixan shakllangan xulq-atvor qoidalari)dir. Qonunlar «milliy ruh», «xalq ongi» zamirida huquqdan kelib chiquvchi qoidalar majmuidir.
bu nazariya namoyandalari inson huquqlarini inkor etib, yirik yer egaligi hukmron bo‘lgan vaqtda insonning tabiiy huquqlarini tan olishi mum- kin bo‘lmagan.
Huquqni tarixiy tushunish nazariyasining ham o‘ziga xos kamchiliklari yo‘q emas:
bu nazariya yirik yer egaligi tuzumi inqirozga uchragan bir paytda tabiiy huquq nazariyasiga qarama-qarshi nazariya sifatida eski tuzumni saqlab qolish niyatida vujudga kelgan;
huquqiy odatlarning ahamiyatini qonunlardan ustun qo‘yishga harakat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida huquqiy urf-odatlar ijtimoiy mu- nosabatlarni tartibga solishda davlat organlarining huquqiy hujjatlarisiz ojizlik qilib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |