Kelishuv protsedurasi deganda, davlat hokimiyati organlari, boshqa subyektlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqishning ixtiyoriy e’tirof etilgan huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan tartibi tushuniladi. Kelishuv protseduralarining quyidagi turlari mavjud.
Birinchidan, yuridik ixtiloflarni ko‘rib chiqish va bartaraf etish uchun
davlat organlari tenglik (paritet) asosida kelishtiruv komissiyalarini tuzadilar. Kelishuv komissiyalarining ishlash tartibi va ular tomonidan kelishuv qarorla- rini qabul qilish shartlari tomonlarning (tegishli davlat organlarining) imzosi bilan mustahkamlangan bayonnomada yoki ikki tomonlama shartnoma(bitim) da belgilanadi.
Ikkinchidan, parlament palatalari o‘rtasida ixtilof yoki kelishmovchiliklar
yuzaga kelganida kelishuv komissiyasini tuzish qonunchilikda nazarda tutil- gan institutdir. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlarda, shuningdek palatalarning Reglamentlari to‘g‘risidagi qonunlarda kelishuv komissiyasiga bag‘ishlangan qoidalar mavjud. Masalan, quyi palata to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunda quyidagi qoida mustahkamlangan:
«Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komis- siyasini tuzishi mumkin. Kelishuv komissiyasining har bir palatada ko‘rsatilgan a’zolari o‘z tarkibidan ko‘pchilik ovoz bilan komissiyaning hamraisini saylaydi. Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi qonunning Senat e’tiroz bildirmagan ayrim moddalari tahririni o‘zgartirish to‘g‘risida, agar bunday o‘zgartirishni Senatning takliflari asosida ishlab chi- qilgan qonun moddalarining tahriri taqozo etadigan bo‘lsa, qaror qabul qilishga haqli. Kelishuv komissiyasi ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa qabul qilinadi. Keli- shuv komissiyasini tuzish tartibi, komissiyaning tarkibi va ishi Reglamentda
belgilanadi».
Uchinchidan, tashkilotlar o‘rtasida nizo kelib chiqqanda hakamlik su- rishtiruvlari o‘tkazish ham mumkin. O‘zbekiston Respublikasining «Hakam- lik sudlari to‘g‘risida»gi Qonuni 2006-yil 8-fevralda Oliy Majlisning Qonun- chilik palatasi tomonidan qabul qilinib, shu yil 25-avgustda Senat tomonidan ma’qullangan. Mazkur qonunga binoan, hakamlik sudi fuqarolik huquqiy mu- nosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida vujudga keluvchi xo‘jalik nizolarini hal etuvchi nodavlat organdir.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi va muvaqqat hakamlik sudlari tashkil etilishi mumkin. Doimiy hakamlik sudi yuridik shaxs tomoni- dan tashkil etilib, uning huzurida faoliyat ko‘rsatadi. Muvaqqat hakamlik sudi hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan muayyan nizoni hal etish uchun ular tomonidan tashkil etilib, nizo ko‘rib chiqilganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
Hakamlik sudlari ma’muriy, oila va mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizo- larni hal etmaydi. Hakamlik sudining tarkibini shakllantirish tartibi, hakamlik sudyasiga qo‘yiladigan talablar, doimiy va muvaqqat hakamlik sudlari faoli- yatini tugatish asoslari, hakamlik tartibida nizolarni hal etish tartib-taomillari qonunda mufassal belgilangan1.
Yuridik ixtiloflar, nizo va kelishmovchiliklarni hal etishda sud protse-
Do'stlaringiz bilan baham: |