lashning mukammal tizimini tashkil qilish. Huquqshunos-yuristlar tay- yorlash va ularning malakasini oshirish; huquqshunoslik fanini rivojlantirish va ilmiy tavsiyalarni huquqiy islohot manfaatlariga, uning samarasini oshirishga xizmat qilishga yo‘naltirish o‘ta muhim vazifalardan biridir. Hozirgi payt- da Adliya vazirligi qoshida sudyalar va adliya idoralari xodimlarining ma- lakasini oshirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzurida prokuror va tergov xodimlarining malakasini oshirish Oliy kurslari faoliyat ko‘rsatmoqda; Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida rahbar xodimlarning ma- lakasini oshirish fakulteti ish olib bormoqda. Bu borada ta’lim va malaka oshirishning uzluksizligi hamda muntazamligi ta’minlanishiga katta e’tibor berilmoqda.
Mamlakatda davlat qurilishini erkinlashtirishga, boshqaruv tizimini de- mokratlashtirish hamda uning oqilona shakllarini ishlab chiqishga, davlatning markaziy organlari funksiyalarini mahalliy va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqa- rish organlariga o‘tkazishga yo‘naltirilgan ma’muriy islohotlar ham huquqiy islohotlarning muhim bo‘g‘inidir.
Aholining keng qatlamlari ichida huquqiy umumta’limni joriy
etish. Milliy istiqlol ruhi bilan sug‘orilgan huquqiy mafkurani va huquqiy madaniyatni shakllantirish fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim shartidir. 1997-yil avgustidan boshlab mamlakatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- lisi qabul qilgan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» hayotga joriy etilmoqda. Respublikada huquqiy targ‘ibot markazlari faol ishlab, aholi huquqiy madaniyatini oshirishga sezilarli hissa qo‘shmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning quyidagi so‘zlari muhim: «20 yil avval bu borada qabul qilingan Milliy dasturni yangi- dan ishlab chiqishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Parlamentimiz jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha yangi Milliy dasturni yaratishda bosh-qosh bo‘lishi maqsadga muvofiq»1.
Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni muvaffaqiyat bilan hayot- ga tatbiq etish yangicha huquqiy ong, huquqiy madaniyatni shakllantirish bilan ko‘p jihatdan bog‘liq. Huquqiy madaniyatni ijtimoiy ongga singdirish hamda aholining yurish-turishi hamda fe’l-atvorida tegishli ko‘nikmalarni shakllan- tirish jo‘ngina uddalanadigan ish emas. Huquqiy madaniyatni shakllantirish barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, nodavlat tash- kilotlar, mahalla jamoalari, maktab, oila, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bahamjihat, maqsadga yo‘naltirilgan ulkan ma’rifiy-tashkiliy faoliyati natijasida amalga oshadigan ishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |