Huquqiy mafkura davlatchilik, siyosiy tizim va huquqiy hayot haqidagi
siyosiy-huquqiy g‘oyalar, qarashlar va bilimlarning umumlashtirilgan tizimidir.
3-§.
Huquqiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari
Huquqiy tizimining mazmun-mohiyati, uni isloh qilish hamda moder-nizatsiyalash xususida gap borganda, avvalo ikki o‘zaro uyqash tushuncha: «huquqiy islohotni
ta’minlash» va «islohotlarni huquqiy ta’minlash» iboralari-ning ma’nosini aniqlab olish lozim. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar barcha iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy, ma’naviy sohalarni qamrab olgan. Har bir yo‘nalishda islohotlarni ro‘yobga chiqarish uchun tegishli huquqiy ba- zani yaratish, rejalashtirilgan islohiy tadbirlarni ro‘yobga chiqarishning huquqiy mexanizmini vujudga keltirish katta ahamiyat kasb etadi.
Islohotlarni samarali amalga oshirish uchun, avvalo, ularning asosiy tamo- yillarini belgilab olish muhim edi: «Biz, eng avvalo, huquqiy asosni tayyorladik. Jamiyatimizning asosiy aqidalari, uning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy yo‘nalishlari belgilab berilgan Konstitutsiyamiz ham ana shu asosga qurilgan. Biz qonunchilik bazasini barpo etib, butun davlat tuzilmasini o‘zgartirdik. U bozor maqsadlariga ja- vob beradi...»1. O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoev ta’kidlaganidek: «O‘tgan davr mobaynida Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan tamoyil va qoidalar negizida yurtimizda milliy qonunchilik tizimi barpo etildi. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalishiga, hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilgan samarali islohotlarga asos bo‘ldi»2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan (2017-y. 7-fevral)
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategi- yasi» tasdiqlangani mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarga, ay- niqsa, huquqiy islohotlarga jiddiy salohiyat, quvvat baxsh etdi, bu islohotlarni tom ma’noda yangi bosqichga ko‘tardi. Mazkur Strategiyada mamlakatimiz- ni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha beshta ustuvor yo‘nalishi belgilandi:
1 Kаrimоv I.А. Vаtаn sаjdаgоh kаbi muqаddаsdir. T.3. – T.: «O‘zbekiston», 1996. – 135-bet.
2 Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrо- vоnligining gаrоvi. – T., 2017. – 6-bеt.
Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
Ijtimoiy sohalarni rivojlantirish;
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish1. Yurtimizda ochiq va odil demokratik jamiyatni barpo etish, bozor mu- nosabatlarini vujudga keltirish xalqaro e’tirof etilgan konstitutsiyaviy hamda huquqiy asoslarda amalga oshirilmoqda. Bu asoslar iqtisodiyotni isloh qilish, uning keng qo‘lamda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun kuchli huquqiy kafolatlar va shart-sharoitlarni ta’minlab beradi. Konstitutsiya va mus- taqillik yillari mobaynida qabul qilingan fundamental qonunlar hayotimizning barcha jabhalarini demokratlashtirishning, jamiyatni tubdan yangilash, uni
modernizatsiya qilishning qudratli kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.
Demokratik jamiyat, bozor iqtisodiyoti sari boshlangan sa’y-harakatning ortga qaytmasligi va barqarorligi uning huquqiy asoslarini mukammal tarzda shakllantirishga bevosita bog‘liqdir. «Mustahkam huquqiy asos bo‘lgandagina, o‘z umrini yashab bo‘lgan tuzumni to‘la ishonch bilan qayta qurish, rivojlan- gan yuqori samarali bozor iqtisodiyotiga ega yangi jamiyatni qurish mumkin bo‘ladi»2.
Yuqoridagi mulohazalar islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashning zarurligi va ahamiyatini to‘la tasdiqlaydi. Shunga ko‘ra, qabul qilingan qonun- lar va huquqiy normalarni uch yo‘nalishda guruhlashtirish mumkin:
siyosiy islohotlarni, davlat qurilishiga oid faoliyatni huquqiy ta’minlash;
iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta’minlash;
sud-huquqiy tizim sohasidagi islohotlarni, shuningdek huquqni muho- faza qilish organlari faoliyatini isloh qilishni huquqiy ta’minlash.
Boshqacha aytganda, islohotlarni huquqiy ta’minlash deganda, barpo
etilayotgan demokratik davlatchilik qurilishini, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni, mustaqil sud hokimiyati qaror topishi hamda inson huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish mexanizmini huquqiy rasmiylashtirish nazarda tutiladi.
Bugungi sharoitda mamlakatda islohotlarning mustahkam huquqiy ba- zasi vujudga keltirildi. Bular – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, huquqning asosiy sohalari manbayi bo‘lmish 16 ta kodeks, 850 dan ziyod qonunlar, 5000 ga yaqin Prezident farmonlari va 1500 dan ziyod qarorlari,
1 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining fаrmоni. O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidа / Rаsmiy nаshr / – T.: «Аdоlаt», 2017. – 31-bеt.
2 Islоm Kаrimоv Kоnstitutsiya to‘g‘risidа. – T., 2001. – 116–117-betlar.
11000 ga yaqin Vazirlar Mahkamasi qarorlari, 2700 dan ortiq vazirliklar va davlat qo‘mitalarining normativ hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlardir.
«Harakatlar strategiyasi» amalga oshirila boshlangach, 2017-yilning bi- rinchi yarim yilida besh ustuvor yo‘nalishda amaliy faoliyatni ta’minlash doira- sida 20 dan ortiq qonunlar, Prezidentning 180 dan ortiq farmon va 450 dan ziyod qarorlari qabul qilinib, faol qo‘llana boshlandi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |