Qonuniylik prinsipi. Huquq ijodkorligi jarayoni subyektlari tomonidan
normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va nashr etish qonunlar, avvalo, Konstitutsiya asosida amalga oshiriladi. Qonuniylik tamoyilining asosiy ma’nosi shundaki, qonun chiqaruvchi organ – parlamentning ham, huquq ijod etuvchi boshqa organlarning ham faoliyati qo- nun asosida qat’iy amalga oshirilishi lozim.
Sudlov jarayoni hamda huquqni amalga oshirishda ish ko‘radigan barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ham batamom qonunga mos ravishda bo‘lishi talab etiladi. Mazkur faoliyatda qonuniylik prinsipi barcha mutasaddi organlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning xatti-harakatida qonunga itoat etish, uning talabiga og‘ishmay rioya qilishda namoyon bo‘ladi. Qonuniylik umumiylik va yagonalik sifatlari bilan tavsiflanadi. Qonunga itoat etish barcha subyektlar uchun umumiy talabdir. Ayni vaqtda, qonundagi har bir qoida huquqiy munosabatning barcha ishtirokchilari uchun yagona talab si- fatida maydonga chiqadi. Boshqacha aytganda, qonun ustuvor va butun mam- lakat hududida yagonadir. U bir xilda tushunilishi va bir xilda bajarilishi lozim. Insonparvarlik prinsipi. Buning ma’nosi shundaki, huquq jamiyat – inson – davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va tartibga solishda adolat, insonni sevish, shaxsni e’zozlash va uning sha’nini qadrlash, unga hayot kechirish uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish nuqtayi nazaridan kelib chiqadi. Huquqning insonparvarligi qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan
1 Karimov I.А. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: хavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: «O‘zbekiston», 1998. – 156–157-betlar.
ijtimoiy tuzumning shaxs uchun qulay iqtisodiy shart-sharoitlar, imtiyozlar yaratishini nazarda tutadi. Huquqda shaxsni tahqirlovchi, qiynovchi, unga nis- batan noinsoniy munosabatni yoqlab chiquvchi qoidalar bo‘lishi mumkin emas. Mamlakatda vujudga keltirilgan kafolatlar tizimi fuqarolarni g‘ayrihuquqiy xat- ti-harakatlar hamda ularning oqibatlaridan himoya qilishi kerak.
Albatta, fuqarolar huquq va erkinliklarining to‘la kafolati faqat de- mokratik huquqiy davlat sharoitidagina bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda in- sonparvar huquqning shakllanishi mustaqillik, davlat suverenitetining qo‘lga kiritilishi hamda mustahkamlanishi davri bilan chambarchas bog‘liqdir. Xu- susan, O‘zbekiston Konstitutsiyasida: oila jamiyat va davlat muhofazasi- dadir (63-modda). Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi (64-modda). Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida gamxo‘rlik qilishga majburdirlar (66-mod- da), – deb ta’kidlanganligida insonparvarlik g‘oyalari mujassam ekanligini ko‘rish mumkin. Bunday insonparvarlik bilan yo‘g‘rilgan huquqiy qoidalarni Oila, Mehnat kodekslarida, «Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlarda ko‘plab uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |