Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet160/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquq sohalariga ko‘ra, ya’ni huquq normalarining muayyan huquq sohasiga tegishliligiga qarab huquqiy munosabatlar quyidagi turlarga bo‘linadi: davlat-huquqiy (konstitutsiyaviy) munosabatlar; fuqaroviy-huquqiy munosabatlar; jinoiy-huquqiy munosabatlar; mehnat-huquqiy munosabatlari; moliyaviyhuquqiy munosabatlar va hokazo. Shuningdek, mazkur tasniflash doirasida moddiy va protsessual huquqiy munosabatlar; xususiy-huquqiy hamda ommaviy-huquqiy munosabatlar haqida gapirish lozim.
Huquqiy munosabatlar o‘z mazmuniga ko‘ra, tartibga soluvchi (regulyativ) va qo‘riqlovchi (negativ) turlarga ajratiladi. Bu yerda tasniflash mezoni – huquqning dinamik va statik, ya’ni tartibga soluvchi funksiyalaridir. Tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar huquq subyektlarining mo‘tadil xulqatvori, ya’ni huquqqa muvofiq xatti-harakatlari natijasida yuzaga keladigan munosabatlardir. Qo‘riqlovchi huquqiy munosabatlar – huquqbuzarlik sodir etish va buning uchun jazo tarzida davlat majburlov chorasini qo‘llash zaruriyati asosida kelib chiqadigan munosabatlardir.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari tengligi yoki hokimlik-bo‘ysunish (iyerarxik) tarzidaligiga qarab bu munosabatlar farqlanadi. Tomonlar huquq va majburiyatlarining tengligiga asoslangan (avtonom) huquqiy munosabatlar, masalan, fuqaroviy-huquqiy, oilaviyhuquqiy munosabatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Hokimlik va bo‘ysunish (ya’ni, avtoritar) mazmunidagi huquqiy munosabatlar, jumladan, jinoiy-huquqiy, ma’muriy-huquqiy munosabatlar shaklida bo‘ladi. Bunda bir taraf ustuvor huquqqa, hokimiyat vakolatlariga ega. Ikkinchi taraf esa, bo‘ysunish holatida bo‘lib, asosan majburiyat o‘taydi.
Adabiyotlarda kompleks huquqiy munosabatlar haqida ham so‘z yuritiladi. Bunday munosabatlar uzoq davom etuvchi, nisbatan turg‘un, murakkab tarkibli bo‘lib, ulardagi o‘zaro huquq va majburiyatlar ko‘p qirraliligi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu turdagi munosabatlarga er-xotin o‘rtasidagi yoki korxona ma’muriyati bilan xodim o‘rtasidagi munosabatlar va boshqalar misol bo‘la oladi. Kompleks huquqiy munosabatlar, o‘z navbatida, bir necha oddiy huquqiy munosabatlarga bo‘linadi. Kompleks huquqiy munosabatlar ular tarkibiga kiruvchi oddiy huquqiy munosabatlardan o‘zining vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi asoslariga (yuridik faktlarga) ko‘ra farq qiladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish