Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet152/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Tor ma’nodagi huquqiy tarbiyada shaxslarning rasman yuridik o‘quv yurtlarida oladigan huquqiy bilimlarining yig‘indisi tushuniladi. Huquqiy tarbiya – shaxsning bir maqsad yo‘lida, ongli ravishda jamiyat taraqqiyoti va siyosatidan kelib chiqib, olib boradigan bir tizimdagi ijobiy faoliyatidir. Huquqiy jihatdan shaxsning o‘zini o‘zi tarbiyalashi – bu ongli ravishda bir maqsad yo‘lida, o‘z xarakterida ijobiy-huquqiy yo‘nalishni shakllantirishidir.
Keng ma’nodagi huquqiy tarbiya – shaxsning oila va bog‘chada huquqiy bilim olishi, o‘qishi, o‘zining huquqiy bilimlarini mustaqil boyitishi, umuman o‘z ustida mustaqil ishlashi orqali olinadigan huquqiy bilimlarining yig‘indisidir.
Huquqiy tarbiyaga yuqorida berilgan izohlarni tahlil qilgan holda, huquqiy tarbiya – davlat organlari, nodavlat organlari, mansabdor shaxslar va alohida shaxslar guruhining aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan maxsus murabbiylik faoliyati hisoblanadi.
Tarbiya jarayonlarining yo‘nalishlarini farqlashda qo‘llaniladigan muhim mezonlardan biri – ong shakllarining turlicha ekanligi. Chunki, alohida olingan tarbiya jarayonlarining har qaysisi, inson ongining hamma tomonlarini emas, faqat uning ayrim ko‘rinishlarini qamrab oladi. Masalan, siyosiy tarbiya – siyosiy ongni; ma’naviy tarbiya – ma’naviy ongni; estetik tarbiya – estetik ongni shakllantiradi va hokazo.
Tabiiyki, huquqiy tarbiya, ongning o‘ziga xos shakli bo‘lgan, huquqiy ong bilan bog‘liq. Huquqiy tarbiya ikki xil vazifani bajaradi. Birinchisi – tarbiyalanuvchilarga ma’lum miqdordagi huquqiy bilimlar, ko‘nikmalar va malakaning berilishi. Ikkinchisi – tarbiyalanuvchilarda huquqiy g‘oyalar, xissiyotlar, e’tiqodni shakllantirish. Shu vazifalardan kelib chikib huquqiy tarbiyada fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish quyidagicha kechadi: birinchidan, asosiy huquqiy qoidalar tizimini bilish, ularning mazmuni va mohiyatini tug‘ri tushu- nish; ikkinchidan, huquq, qonunlar, qonuniylik va huquqiy tartibotni chuqur hurmat qilish; uchinchidan, huquqiy bilimlarni amalda mustaqil qo‘llay olish; to‘rtinchidan, o‘z odatlarini olingan huquqiy bilimlar bilan moslashtirish; beshinchidan, huquqiy normalarning har qanday buzishlariga nisbatan qat’iy murosasizlik ko‘nikmasini hosil qilish.
Huquqiy tarbiya jarayoni odamlar orasida muayyan munosabatlar orqali amalga oshadi. Shu bois huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy tarbiya doirasiga kiradi. Unda tarbiyalanuvchilar (shaxslar, ijtimoiy guruhlar) huquqiy ongining shakllanishi ro‘y beradi. Huquqiy tarbiya jarayonida kishilarning muayyan huquqiy bilim darajasiga ega bo‘lishiga erishish maqsad qilib qo‘yiladi. Ularning shaxsiy e’tiqodidan kelib chiqadigan qonunga, huquqqa bo‘lgan hurmatni shakllantirish huquqiy tarbiyaning o‘zagini tashkil etadi.
Mazkur qamrovga kiruvchi huquqiy ongning tarkibiy qismlari shaxsga nisbatan kerakli psixologik va mafkuraviy yo‘l-yo‘riqlarni tashkil qiladi, uning o‘z huquqiy bilimlarini turmushda faol tatbiq qila olishiga imkoniyat yaratadi. Mana shu tayyorgarlik darajasi huquqiy tarbiya ishlarining samaradorligi ifodasidir.
Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko‘rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi, uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko‘zlagan holda ta’sir ko‘rsatishdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, yaqin o‘tmishda ham huquqiy tarbiyaga unchalik jiddiy e’tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda ham shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so‘z borar edi-yu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Huquqiy tarbiyaning tarbiyaviy ishning mustaqil yo‘nalishi sifatida belgilab qo‘yilmaganligi o‘sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi.
Shubhasiz, huquqiy, siyosiy, va ma’naviy ongning o‘zaro bog‘liqligini esdan chiqarmaslik kerak, lekin shuni nazarda tutish lozimki, ularni bir-biri bilan qo‘shib yuborish ham mumkin emas. Tarbiyaviy ishning o‘ziga xos yo‘nalishi sifatida huquqiy tarbiyaning mustaqilligi avvalo uning mazmuni bilan bog‘liq. Huquqiy tarbiya mustaqil huquqiy ongni shakllantiradi, bu esa, tarbiyaning o‘ziga xos shakllari va usullarini izlab topish hamda qo‘llanish zaruriyatini taqozo etadi. Tarbiyachilar zarur hajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollangan, huquqiy ongi shakllangan, huquqiy madaniyati yuksak bo‘lishi lozim. Huquqiy tarbiya tamoyillariga ilmiylik, amaliyot bilan uzviylik, o‘ziga xoslikni ham kiritish mumkin. Huquqiy tarbiyaning ilmiyligi uni amalga oshirish jarayonida hozirgi zamon huquqiy va boshqa fanlari, avvalo, huquqiy faoliyat, shaxs tarbiyasi (sotsiologiya, ruhshunoslik, pedagogika va boshqalar) bilan bevosita munosabatdor yutuqlardan foydalanishni ifodalaydi. Ayni vaqtda, huquqiy tarbiyaning ilmiyligi uning mavjud holatini aks ettirmaydigan subyektivizm bilan, huquqiy voqelikni baholashda mafkuraviy andozalardan foydalanish bilan chiqisha olmaydi.
Davlatimizning rivojlanish istiqbollari har tomonlama bilimli, yuqori malakali yoshlar qo‘lida bo‘lib, bu ulardan yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish huquqni puxta bilishni talab qiladi. Bozor iqtisodiga o‘tish hamda huquqiy demokratik davlat qurish, qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolatning qaror topishini ta’minlash, aholini huquqiy jihatdan tarbiyalash va uning huquqiy ongini rivojlantirishga bog‘liqdir.
Yuridik amaliyotda aholiniing huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida bir qancha huquqiy tarbiya usullaridan foydalaniladi. Chunonchi, ishontirish, axborotlashtirish, huquqiy targ‘ibot, rag‘batlantirish, majburlash va jazolash shular jumlasidandir.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish