Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet220/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Dunyo huquqiy Hozirgi zamonda ikki yuzdan or-
2-§.tizimlarining tiq mamlakatlarda alohida milliy huquqiy tasniflanishi tizimlar amal qilmoqda. Bir tomondan, bar-
cha huquqiy tizimlar o‘zaro o‘xshash jihat-
larga ega; ikkinchi tomondan, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi bois milliy huquqiy tizimlar bir-biridan farq qiladi. Har bir davlatda yashovchi xalqlarning o‘z urf-odatlari, an’analari, o‘ziga xos qonunchilik hujjatlari, yurisdiksion organlari, huquqiy mafkurasi, huquqiy ongi (mentaliteti) va huquqiy madaniyati mavjud. Mamlakatning huquqiy jihatdan alohidaligi, uning o‘ziga xosligi tegishli jamiyatning alohida huquqiy tizimga (huquqiy ong, huquqiy normalar, an’analar, munosabatlar va muassasalarga) ega bo‘lishini taqozo etadi. Biroq, hozirgi dunyoda turli-tuman milliy huquqiy tizimlar bo‘lishiga qaramay, ularni bir necha huquqiy oilalarga birlashtirishga (taqsimlashga), guruhlashtirishga imkon beruvchi umumiy jihatlar, o‘xshash belgilar mavjud.
Mazkur umumiy belgi va xususiyatlar huquqiy tizimlarni alohida huquqiy guruhlarga, huquqiy oilalarga tasniflash imkonini beradi. Tasniflash usuli deyarli barcha fanlar tomonidan qo‘llaniladi, masalan, lingvistikada – roman, slavyan, ingliz, turkiy til guruhlari; dinshunoslikda – islom, nasroniylik, buddizm, iudaizm va hokazo; tabiiy fanlarda (hayvonot va jonzotlar borasida) – o‘txo‘rlar va sudralib yuruvchilar; quruqlikda yashovchilar va suvda yashovchilar kabi tasniflar uchraydi. Huquqshunoslik fanida tasniflash orqali biz huquqiy tizimlarning ayrim juz’iy jihatlariga berilmagan holda ularning muhim xususiyatlariga ko‘ra, huquqiy oilalarga ajratib mohiyat-belgilarini tadqiq etish maqsadiga erishamiz. Ushbu tasniflashga falsafiy yondashiladigan bo‘lsa, bunda huquqiy oila – umumiylik, huquqiy guruh – alohidalik va milliy huquqiy tizim – xususiylik hodisasini aks ettiradi.
Hozirgi dunyo huquqiy tizimlarining tarkibiy tuzilishi jihatidan murakkab bo‘lgan huquqiy oila, huquqiy guruh va alohida milliy huquqiy tizimlar tarzida tasniflash ilmiy afzallik va maqbullikka ega. Bunda huquqiy oilaning tarkibida yanada aniqroq tasniflash o‘tkazib, uni alohida huquqiy guruhlarga, huquqiy tuzilmalarga ajratish mumkin. Masalan, roman-german huquqiy oilasi tarkibida fransuz huquqi guruhini va german huquqi guruhini ajratish mumkin; umumiy huquq oilasida – ingliz huquqi guruhini va amerika huquqi guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Turli mamlakatlardagi huquqiy tizimlarni tasniflashning bir qancha mezonlari mavjud:
Vujudga kelish va rivojlanish genezisining umumiyligi. Ushbu tizimlar tarixan o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, umumiy davlat – huquqiy ildizdan o‘sib chiqqan (ular qadimgi davlatlardan o‘sib chiqqan va yagona huquqiy ibtido, huquqiy prinsiplar va mezon – normalarga tayanadi).
Huquqiy normalarning mustahkamlanish va ifodalanish shakli (manbalari) ning umumiyligi. Gap huquqni ifodalashning tashqi ko‘rinishi haqida bormoqda. Bunda huquq normalari qanday o‘rnatiladi, qaysi manbalarda ifodalanadi (qonundami, sud qarori yoki shartnomadami?), ularning roli va ahamiyati, nisbati kabilar aniqlanadi.
Strukturasining (tarkibiy tuzilishining) yagonaligi, o‘xshashligi. Dunyoning bir huquqiy oilasiga kiruvchi huquqiy tizimlar normativ-huquqiy materialni joylashtirishning (shakllantirishning) o‘xshash strukturasiga ega. Bu o‘xshashlik, odatda, birinchidan, bu mikro darajada, ya’ni huquqiy normaning tarkibiy tuzilishi darajasida, ikkinchidan, makro darajada – normativ material yirik tuzilmalari (huquq tarmog‘i, subtarmog‘i, qonunchilikning kompleks tuzilmalari) ning tarkibiy tuzilishi (strukturasi) darajasida ko‘rinadi.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish prinsiplarining umumiyligi. Bu prinsiplar ba’zi davlatlarda subyektlarning erkinligi, tengligi g‘oyalarida, odil sudlovning obyektivligida ifodalansa, boshqa davlatlarda diniy asoslarda namoyon bo‘ladi, uchinchi mamlakatlarda – milliy sotsialistik g‘oyalarda ifodalanadi.
Yuridik kategoriya va tushunchalarning, terminlar va yuridik texnika qoidalarining yagonaligi, huquq normalarini tizimlashtirishning birligi. Huquqiy jihatdan «qarindosh», turdosh bo‘lgan mamlakatlar, odatda, o‘z ahamiyati va ma’nosi bo‘yicha o‘xshash iboralarni, tushunchalarni ishlatadilar. Bu hol ularning kelib chiqishi umumiyligi bilan bog‘liq1. Shu sababli, bir huquqiy tizimga (huquqiy oilaga) kiruvchi davlatlarning qonun chiqaruvchi organlari huquqiy hujjatlarning matnini yaratishda bir xil yuridik konstruksiyalardan, normativ materialni shakllantirish usulidan, ularni tartibga solish va tizimlashtirishning o‘xshash uslublaridan foydalanadilar.
Hozirgi zamonda faoliyat yuritayotgan asosiy huquqiy tizimlarni tasniflashda huquqshunos tafakkur yuritib, uncha ko‘p bo‘lmagan huquqiy tizimlar tahlili bilan cheklanishi lozim. Chunki, kimki tasniflash chog‘ida sayyoramizdagi barcha huquqiy tizimlarni qamrab olishga intilsa, u juda katta empirik material ummoniga g‘arq bo‘lib ketadi. Bugungacha mavjud biron – bir xalqaro ensiklopediyada dunyodagi barcha huquqiy tizimlar ro‘yxati to‘la aks ettirilmagan.
Huquqiy tizimlar tahlili bilan shug‘ullanadigan huquqshunos, eng avvalo, tarixan tarkib topgan asosiy (shajarani boshlab beruvchi) huquqiy tizimni aniqlab olishi, so‘ngra uning geografik yoyilishini, ya’ni resepsiya qilinganligini kuzatishi (o‘rganishi) lozim. Agar dunyo huquqiy xaritasiga e’tibor bilan razm solinsa, davlatlarning uchdan ikki qismi ikki asosiy huquq tizimiga (huquqiy oilaga): roman-german va ingliz huquqiy tizimlariga daxldor hisoblanadi.
Tasniflash mezoni sifatida quyidagi asoslar olinadi: birinchidan, huquqiy tizimning geografik jihatdan qanchalik keng yoki tor yoyilganligi, ikkinchidan, huquqiy tizimning tarixiy ildizlari va rivojlanish yo‘llari; uchinchidan, tizim tarkibidagi yuridik institutlar va huquqiy tarmoqlar hisobga olinadi. Ushbu mezonlardan foydalanishda madaniy, etnik, milliy, geografik, diniy, huquqiytexnikaviy, huquqiy-uslubiy va hokazo omillar ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Huquqiy tizimlarni tasniflashning mazmuni buning uchun tanlab olinadigan mezonga bog‘liq bo‘ladi. Bunday mezonlar yana formal – yuridik, ma’rifiy (sivilizatsiyali), ma’naviy, madaniy-tarixiy, ijtimoiy-siyosiy (formatsiyaviy) bo‘lishi mumkin. Bu mezonlarning turli kombinatsiyalarda qo‘llanilishi zamonaviy qiyosiy huquqshunoslikda tasniflashning o‘ziga xos jihatidir. Chunki, bitta mezon dunyoning yuridik xaritasi haqida mufassal bilim hosil qilishi mushkul. Masalan, hozirgi Xitoyning huquqiy tizimi formal – yuridik mezonga ko‘ra, roman-german huquqiy oilasiga taalluqli bo‘lsa, ma’rifiy va ma’naviy mezonga muvofiq – an’anaviy (odat huquqi tizimiga) tizimga, ijtimoiy-siyosiy mezonga binoan – sotsialistik huquqiy oilaga mansubdir. Ba’zi mamlakatlarning huquqiy tizimi o‘z tarixiy rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra hech bir huquqiy oilaga mos kelmaydi. Masalan, Shotlandiyaning huquqiy tizimi umumiy (anglo-sakson) huquq bilan kontinental (roman-german) huquq tizimlarining uyg‘unlashgan ko‘rinishi sifatida maydonga chiqadi. Shuningdek, anglo-sakson va roman-german tizimlarining uyg‘unlashgan ko‘rinishi AQSh ning Luiziana shtati, Kanadaning Kvebek provinsiyasida kuzatiladi. Hozirgi Isroilning huquqiy tizimi uch huquqiy oilaning, ya’ni musulmon, roman-german va anglo-sakson huquq oilalarining ta’sirida shakllangan1. Tahlil jarayonida ta’kidlangan mezonlar va omillarga tayanib huquqiy tizimlar tasniflanadigan bo‘lsa, ularni ikki asosiy yo‘nalishga ajratish mumkin. Tabiiyki, mazkur yo‘nalishlardan har biri muayyan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan bir qancha turlarga bo‘linadi.
Birinchi yo‘nalish fransuz olimi R. Davidning asarlarida o‘z aksini topgan. Uning uch tomlik asarida uchta (roman-german, anglo-sakson, sotsialistik) «huquq oilalari» ajratib ko‘rsatiladi va ularga dunyo xaritasining beshdan to‘rt qismini o‘z ichiga oladigan hamda «diniy va an’anaviy tizimlar» deb nomlangan butun yuridik dunyo tutashadi2. R. Davidning tasnifi mashhur bo‘lib, Fransiya universitetlarida «Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlari» fanining o‘qitilishi xuddi shu tasniflash asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchi yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakili buyuk nemis yuristi K. Svaygert hisoblanadi. U tasniflashga besh omilni, ya’ni: 1) huquqiy tizimning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti; 2) yuridik fikrlashning o‘ziga xosligi; 3) o‘ziga xos huquqiy institutlar; 4) huquq manbalari va ularni sharhlash usullari; 5) mafkuraviy omillarni nazarda tutuvchi «huquqiy uslub» («huquq uslubi»)ni mezon qilib oladi.
Shu asosda K. Svaygert sakkizta «huquqiy doira»ni, huquq oilasini, ya’ni roman-german, anglo-sakson, skandinaviya, sotsialistik, musulmon huquqi, odat huquqi, hind huquqi, Uzoq Sharq mamlakatlari huquqi, Afrika va Lotin Amerikasi huquqiy oilalarini ajratadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish