Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Qonunchilik tizimining gorizontal tuzilishi



Download 1,37 Mb.
bet181/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Qonunchilik tizimining gorizontal tuzilishi sohaviy (tarmoq) tasniflash bo‘lib, huquqiy tartibga solishning predmeti, ya’ni ijtimoiy munosabatlar yo‘nalishi va mazmuniga asoslanadi. Bu mezonga muvofiq, huquq tarmoqlariga mos keluvchi qonunchilik tarmoqlari ajratiladi (masalan, konstitutsiyaviy huquq – konstitutsiyaviy qonunchilik, fuqarolik huquqi – fuqarolik qonunchiligi, jinoyat huquqi – jinoyat qonunchiligi, mehnat huquqi – mehnat qonunchiligi, ma’muriy huquq – ma’muriy qonunchilik). Har bir huquq tarmog‘iga mos ravishda qonunchilik tarmog‘i shakllanadi, masalan, fuqarolik protsessual huquqiga – fuqarolik protsessual qonunchiligi mos keladi, yer huquqiga – yer qonunchiligi muvofiq bo‘ladi.
Qonunchilik tizimining vertikal (pog‘onama-pog‘ona, iyerarxik) tuzilishi davlat hokimiyati organlarining vakolatiga ko‘ra pog‘onama-pog‘ona joylashuvini va normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchiga ko‘ra joylashuvini aks ettiradi. Normativ-huquqiy hujjatlar tizimi markazida Konstitutsiya turadi, undan so‘ng konstitutsiyaviy qonunlar, joriy qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, vazirlik va davlat qo‘mitalarining normativ hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ hujjatlari joylashadi. Sanab o‘tilgan hujjatlarning mana shu joylashuvi ularning yuridik kuchini ham aks ettiradi. Barcha normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatimizda eng oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan Konstitutsiyaga mos bo‘lishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, birorta ham qonun yoki normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
Qonunchilik tizimining kompleks tuzilmalari huquqiy tartibga solish obyektining xususiyati va davlat boshqaruvining mazmunidan kelib chiqib shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimi o‘z ichki mantig‘iga ko‘ra, quyidagi qonunchilik tuzilmalarini qamrab oladi. Birinchisiqonunchilik sohalari bo‘lib, muayyan huquq sohasining predmeti hisoblangan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig‘indisidan iborat. Buning ma’nosi shuki, qonunchilik tizimining ichki tuzilishi huquqiy tartibga solish obyektlari, ya’ni ijtimoiy munosabatlarning mazmuniga ko‘ra tasniflanishidan kelib chiqadi. Masalan, inson va davlat (uning ijroiya hokimiyat organlari timsolida) o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish haqida so‘z yuritganda, ma’muriy huquq qoidalari (normalari) amal qiladi, mulkiy munosabatlarni tartibga solish haqida so‘z yuritganimizda esa, fuqarolik huquqi sohasiga oid normalar amal qiladi va hokazo. Ikkinchisi – qonunchilik sohasi ichidagi yirik tuzilma, sohaviy ijtimoiy munosabatlarning muayyan turlarini tartibga soluvchi qonunchilik institutini ifodalaydi (masalan, fuqarolik qonunchiligi sohasining tarkibiga kiruvchi mualliflik, meros, hadya, oldi-sotdi, ijara institutlari). Uchinchisi – qonunchilik tizimining asosini, uning sohalari va institutlari tashkil topishining boshlang‘ich bo‘g‘inini yuridik norma, ya’ni qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatning normasi (moddasi) tashkil etadi. Qonunchilik tizimining ushbu boshlang‘ich qismini shartli ravishda qonunchilik normasi deb atash mumkin. Qonunchilik normasi deganda, Konstitutsiyaning normasini, qonunning qoidasi (moddasi)ni, farmonning normasini, hukumat qarorlarining normasini tushunish lozim.
To‘rtinchisi – o‘z mazmuniga ko‘ra ijtimoiy hayotning nisbatan mustaqil sohalarini tashkil etuvchi har turli ijtimoiy munosabatlar majmuini tartibga soluvchi, bir necha huquq sohalariga oid huquq normalarini o‘z ichiga oluvchi normativ tuzilma qonunchilikning kompleks sohasi (masalan, transport, baliqchilik xo‘jaligi, harbiy, temir yo‘l munosabatlariga oid qonunchilik) deb ataladi1. Masalan, qonunchilikning kompleks sohasi sifatida harbiy qonunchilik Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligi, harbiy xizmat o‘tash tartibi, harbiy xizmatchilar hamda ular oilalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash va qo‘riqlash bilan bog‘liq davlat, ma’muriy, yer, moliya, jinoyat va boshqa huquq sohalariga tegishli normalarni o‘z ichiga oladi.
Taassufki, milliy huquqshunosligimizda «huquq» bilan «qonun»ni bir-biridan farqli hodisalar ekanligini anglamasdan, ularni aynanlashtirish holatlari mavjud. Shu bois aksariyat tadqiqotchilar «huquq sohasi» va «qonunchilik sohasi» kategoriyalarini yetarlicha farqlamaydilar. Ba’zi olimlar «huquqning kompleks sohalari» bo‘ladi, deb hisoblaydilar1. Aslida, kompleks sohalar, yuqorida isbot qilganimizdek, faqat qonunchilikda mavjud bo‘lishi mumkin. Shuni yana bir karra yodga solish lozimki, huquq sohalarini shakllantirish (alohida ajratish) mezoni huquqiy tartibga solish predmeti va tegishli huquqiy tartibga solish metodidir. Ular har bir huquq sohasi uchun alohida va o‘ziga xos hodisadir2. Qolaversa, huquq sohasining predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar bir turliligi, mazmunan bir toifaga mansubligi, ta’bir joiz bo‘lsa, «bir jinsliligi» bilan tavsiflanadi, va aslo, kompleks xususiyatga ega emas.
Qonunchilikning kompleks sohasi to‘la shakllanib, amal qilishi uchun kompleks normativ hujjatlarning tizimi (yig‘indisi) mavjud bo‘lishi lozim. Shunday qilib, kompleks mazmundagi hujjatlarning yig‘indisi, majmuasi qonunchilikning kompleks sohasini hosil qiladi. Bitta qonunchilik hujjatida turli huquq sohalariga tegishli normalarni jamlash qonun chiqaruvchi organga masalalarni keng qamrovli, ya’ni kompleks tarzda hal qilish imkoniyatini beradi. Masalan, bitta qonunchilik hujjatida ijtimoiy muhim masalaning ham fuqaroviyhuquqiy, ham ma’muriy, ham jinoiy-huquqiy va boshqa jihatlari kompleks tarzda aks ettiriladi.
Qonunchilikning kompleks (majmuiy) tuzilmalari qatoriga, masalan, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi, transport qonunchiligi, kapital qurilish sohasiga oid qonunchilik, fuqarolarning ijtimoiy himoyasiga oid qonunchilik, xo‘jalik qonunchiligi kabilarni kiritish mumkin. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan bir sharoitda yangi huquq tarmoqlari paydo bo‘lmoqda. Masalan, korporativ huquq, budjet huquqi, bojxona huquqi, parlament huquqi, tadbirkorlik huquqi, sug‘urta huquqi, axborotlashtirish huquqi, ijtimoiy ta’minot huquqi, munitsipal huquq va boshqalar shular jumlasidandir.
Qonunchilik tizimini yanada chuqurroq ta’riflash maqsadida uni huquq tizimi bilan qiyoslab tahlil yuritamiz.
Avvalo, huquqning tarkibiy tuzilishi (strukturasi) jamiyatning iqtisodiy tizimi mazmuni bilan belgilanadi. Huquq tizimi qonun chiqaruvchi organning xohishiga ko‘ra shakllantirilmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, huquq tizimining elementlari quyidagilardan iborat: huquq normalari, huquq institutlari, huquq tarmoqlari (ba’zan u yoki bu huquq tarmog‘i ichidagi bir turdagi yirik tuzilmani «tarmoq osti huquq sohasi» deb yuritiladi). Huquq tizimining rivojlanishi va yangilanishi ijtimoiy munosabatlarning takomillashuviga bog‘liq.
Qonunchilik huquq normalarini o‘rnatish, rasmiylashtirish va hayotga joriy etish vositasi hisoblanadi. Qonunchilik hujjatlari huquqiy normalarni umumlashtiradi va rasmiy ifoda etadi. Biroq, qonunchilik tizimi normativhuquqiy aktlarning oddiy yig‘indisi emas, balki bunday hujjatlarning mantiqiy mutanosib va uyg‘unlashtirilgan tizimidir. Normativ-huquqiy hujjatlar tizimini shakllantirishda tartibga solinadigan munosabatlarning xususiyatlari va qonun chiqaruvchi organning istagi, manfaati hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Huquqning ichki tuzilishi (strukturasi) qonunchilik tizimini shakllantirish uchun obyektiv asos bo‘lib xizmat qiladi. Huquqni ijod etish yoki qonun chiqarish jarayonida vakolatli organ huquq tarmog‘i va huquq tuzilmalarining xususiyatlaridan kelib chiqib ish tutishi lozim.
Qonunchilik tizimi bilan huquq tizimi o‘rtasida quyidagi farqlar mavjud:
birinchidan, huquq tizimining birlamchi, boshlang‘ich elementini huquqiy norma tashkil etadi; qonunchilik tizimining boshlang‘ich elementini qonunning moddasi yoki normativ-huquqiy hujjatning qoidasi tashkil etadi; ikkinchidan, qonunchilik tizimi o‘z mazmuniga ko‘ra ba’zan huquq tizimidan kengroq bo‘lishi mumkin. Masalan, qonunchilik hujjatlarida dasturiy, maqsadni ifodalovchi qoidalar ham bayon etiladi. Bular huquqiy norma yoki institut mazmuni uchun ahamiyat kasb etmaydi; uchinchidan, huquq tizimini tarmoqlarga va institutlarga bo‘lish asosida
huquqiy tartibga solish predmeti va metodi yotadi; qonunchilik tarmoqlari davlat hayotining yo‘nalishlari va o‘z predmeti mavjudligi bilan izohlanadi, ammo yagona tartibga solish metodiga ega bo‘lmaydi; to‘rtinchidan, huquq tizimi, uning tarmoqlari mazmuni bir turli bo‘ladi; qonunchilik tizimi va tarmoqlari esa, turli yo‘nalishdagi hamda xarakterdagi munosabatlarni tartibga soladi; beshinchidan, huquq tizimining ichki tuzilishi qonunchilik tizimining ichki tuzilishi bilan aynan mos kelavermaydi. Qonunchilik tizimining vertikal tuzilishi davlat organlari iyerarxiyasini aks ettirsa, huquq tizimining vertikal tuzilishi – uning normalarga, institutlarga, sohalarga bo‘linishini aks ettiradi; oltinchidan, huquq tizimi obyektiv xususiyatga ega bo‘lsa, qonunchilik tizimi subyektiv omilga, ya’ni qonun chiqaruvchi organning xohish-irodasiga bog‘liq.
Shunday qilib, huquq tizimi bilan qonunchilik tizimi o‘rtasidagi nisbatni, munosabatni aniqlash ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Bu vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi huquq tizimi bilan qonunchilik tizimini bir-biriga yaqinlashtiradi, hayotda qo‘llanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish