Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet178/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Oila huquqi huquq tarmog‘i sifatida mazmunan fuqarolik huquqiga yaqin turadi. Ushbu huquq tarmog‘i oila-nikoh munosabatlari sohasidagi mulkiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Uning normalari nikoh tuzish hamda uni bekor qilish, er-xotinlar, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi, shuningdek farzandlikka olish, vasiylik va xomiylikka oid munosabatlarni, oila a’zolarining mulkiy ahvoliga, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlariga doir masalalarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi oila huquqining asosiy normativ hujjati hisoblanadi. Bu huquq tarmog‘ining tartibga solish usuli taraflarning tengligiga asoslanadi va dispozitiv xususiyatga ega bo‘ladi.
Jinoyat huquqi yordamida davlat tomonidan qanday ijtimoiy xavfli xattiharakatning jinoyat deb hisoblanishi va uning uchun qanday jazo tayinlanishi belgilanadi. Jinoyat huquqi jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan mutasaddi davlat organining vakolatlarini, jinoyatchilarni jinoiy javobgarlikka tortish asoslari va shartlarini, ularga nisbatan davlatning qoralov siyosati prinsiplarini, aniq jinoyatlar tarkibi va ularga tayinlanadigan jazolar tizimi hamda turlarini, aybning shakllarini, turlarini o‘z normalarida mustahkamlaydi.
Jinoyat huquqining bosh normativ hujjati – O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidir. Bu huquq tarmog‘ining ijtimoiy munosabatlarga ta’sir o‘tkazish usuli jamiyat uchun xavfli qilmish, harakat va harakatsizliklarni qat’iy man etish, davlat majburlovini amalga oshirishdan iboratdir.
Jinoyat-ijroiya huquqi – mahkumlarning huquqiy holati, jazolar va boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar tizimi, ularning faoliyatini tekshirish va nazorat etish, jazo turlarini ijro etish tartibiga doir normalarni o‘z ichiga oladi.
Mazkur huquq tarmog‘ining usuli – tarbiyalash va rag‘batlantirish jarayonlarini hokimiyat va bo‘ysunish usuli bilan ko‘shib olib borishga asoslangan. Asosiy huquq normalari O‘zbekiston Respublikasining Jinoyatijroiya kodeksida jamlangan.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish