Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet162/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqiy munosabatlar subyektlari – huquqiy normalar tufayli muayyan munosabatlar ishtirokchisi hamda subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar egasi bo‘lgan insonlar yoki tashkilotlardir. Ushbu ta’rifdan ma’lum bo‘lishicha, huquqiy munosabatlar subyektlari ikki toifaga bo‘linadi: insonlar (jismoniy shaxslar) va tashkilotlar (jamoaviy subyektlar). Jismoniy shaxslarga tegishli davlatning fuqarolari, shu mamlakat hududida turgan xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi. Huquqning jamoaviy subyektlariga turli-tuman davlat va nodavlat tashkilotlar hamda idoralar, shuningdek davlatning o‘zi ham kiradi. Jamoaviy subyektlar sifatida ba’zan ijtimoiy birgaliklar ham tushuniladi: masalan, referendum yoki saylovlar o‘tkazilgan chog‘da – xalq, saylovchilar (elektorat) ana shunday subyekt hisoblanadi. Fuqaroviyhuquqiy munosabatlarda jamoaviy subyektlar yuridik shaxslar sifatida maydonga chiqadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida jismoniy va yuridik shaxslar ta’rifi berilgan. Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. Qonun barcha fuqarolarning teng ravishda huquq va burchlarga ega bo‘lish qobiliyatini (huquqiy layoqatini) e’tirof etadi. Kodeksning 39-moddasida yuridik shaxs tushunchasi bayon etilgan. Unga muvofiq, o‘z mulkiga, xo‘jalik yuritishida yoki kundalik boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan javob bera oladigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxsning huquqiy layoqati va muomala layoqati bir vaqtda, ya’ni u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va uni tugatish yakunlangan paytdan e’tiboran tugatiladi. Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. Yuridik shaxslar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi. Yuridik shaxslar – davlat, davlat idoralari, jamoat va shirkat tashkilotlari, korxona, muassasa va tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalaridir, ba’zan yakka tadbirkor ham.
Davlat idoralari va nodavlat tashkilotlar quyidagi hollarda huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo‘ladilar:

  1. o‘zlarining hokimiyat yoki qonunda belgilangan vakolatlarini amalga

oshirish orqali;

  1. jamiyat va davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida (faoliyatida) ishtirok etish orqali;

d) xo‘jalik va mulkiy munosabat bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish
orqali.
Davlatning o‘zi to‘lig‘icha huquq egasi bo‘lish holatlari ham mavjud. Masalan, xalqaro huquqiy munosabatlarda, ya’ni xorijiy davlatlar bilan muloqotga kirishganda; davlat-huquqiy munosabatlarda, ya’ni federatsiya bilan uning subyektlari o‘rtasida aloqalar amalga oshganda, yoki davlat fuqaroligiga qabul qilishda, yoxud davlat o‘z fuqarosiga faxriy unvonlar berganda va h.k.; fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda, ya’ni davlat mulki bilan bog‘liq munosabatlarda, ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan tarixiy, milliy, ilmiy, madaniy va moddiy boyliklarga davlat merosxo‘r (voris) bo‘lgan hollarda; jinoiy-huquqiy munosabatlarda, ya’ni jinoiy ish bo‘yicha hukm yoki fuqarolik ishi bo‘yicha hal qiluv qarori davlat nomidan e’lon qilinadi.
Davlat ishtirok etadigan mulkiy munosabatlar davlat mulki, tashqi savdo, kredit, boj va qarz masalalarida vujudga keladi. Ba’zi hollarda davlat yagona huquq subyekti sifatida maydonga chiqadi. Masalan, Konstitutsiya va amaldagi qonunlarga muvofiq, O‘zbekistonda yer, yer osti boyliklari, suv va o‘rmon, temir yo‘l, havo va suv transportiga, aloqa vositalariga egalik qilish huquqi faqat davlatga tegishlidir. O‘zbekiston Respublikasi – xalqaro huquqiy munosabatlar subyekti, ya’ni ma’lum huquq va majburiyatlar egasidir.
Huquqiy munosabatning subyekti bo‘lish uchun tashkilot yoki jismoniy shaxs huquqdorlik maqomiga ega bo‘lishi lozim. Faqat huquqdor, ya’ni huquqiy layoqat va muomala layoqatiga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy munosabat ishtirokchisi deb tan olinadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish