Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet150/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqiy mafkura – har xil huquqiy hodisalar haqidagi nuqtayi nazar, nazariy tushuncha, g‘oya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan tizimidan iborat. Huquqiy ongning huquqiy mafkura qismida aks etgan huquqiy hodisalar huquqqa bag‘ishlangan maxsus nazariy izlanishlarda o‘z rivojini topib, ilmiy darajada anglab yetiladi. Bunday ilmiy manbalarning mazmuni odamlar ma’naviy mulkiga aylanib, ularning ongiga aniq huquqiy bilimlarni, mulohazalarni, e’tiqod va kayfiyatni olib kiradi. Insonning ongidagi huquqni anglash jarayoni, yuqorida zikr etganimizdek yoki shunga yaqinroq tarzda kechadi. Inson huquqiy ongi orqali huquqni anglash bilan uni qo‘llash jarayonida, sud ishlarida, qonuniylik va qonun to‘g‘risida axborot olinadi. Shunday axborot asosida huquqiy madaniyat darajasi yuksaladi, insonning huquqiy bilimi rivojlanadi va teranlashadi. Insonning huquqiy fe’l-atvori qandayligi, pirovardida, uning huquqiy madaniyati darajasiga, huquqiy bilimining kengligi va teranligiga bog‘liqdir. Huquqiy mafkura – shaxsning huquqiy ongini ilmiy asosda shakllantira borib, huquqqa, insonning unga bo‘lgan munosabatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Huquqiy ruhiyat – ong doirasidagi huquqiy hodisalar bilan bog‘liq holda, ongda yuzaga keladigan va unga singib ketgan his-tuyg‘u, kechinmalar sohasini ifodalaydi. Huquqiy ruhiyat – huquqiy hodisalarni hissiyot bilan tiklash sohasidir. Inson hissiz, o‘ylamay o‘z-o‘zidan fikr yuritadigan qurilma emas, balki u fikr yuritish bilan birga sezadigan tirik zotdir. Shuning uchun, inson ijtimoiy hodisalarni, shu jumladan, huquqiy hodisalarni ham nafaqat aql, balki sezgi bilan ham anglab yetadi. Huquqiy hodisalarni tushunib yetish jarayoni insonning ishtirokisiz rivojlana olmaydi, shu sababli unda tabiiy tarzda g‘oyaviy va hissiy jarayonlar qo‘shilib ketadi.
Masalan, loyihalashtirilayotgan qonunning mazmuni bilan shunchaki tanishib chiqish, shaxsda har xil hayajonlanishni (shodlanish va qanoatlanish, anglashilmovchilik va achinish, e’tirof etish va hafa bo‘lish kayfiyatini) keltirib chiqaradi yoki uning to‘lqinlanishiga olib keladi. Inson o‘zining ruhiy holatiga ko‘ra huquqni mensimaslik, noqonuniylik, zulm va inson erkini kamsitish bilan bog‘liq salbiy huquqiy voqeliklarga befarq, loqayd qaray olmaydi. Uning huquqiy kechinmalari va kayfiyati qahr-g‘azab va norozilik ko‘rinishlarida namoyon bo‘lib, ijtimoiy-huquqiy hayotning salbiy hodisalariga tanqidiy qarash uchun ruhiy asosni vujudga keltirib, insonparvarlik g‘oyalari negizida insonda qayta yaratish, bunyodkorlikka intilish hissini keltirib chiqaradi.
Har qanday bilimning huquqiy ong doirasida shakllanishi idrok etish jarayonini teranlashtira borib, ular aks ettirgan hodisalarni o‘zlashtirishda hissiy tus oladi. Huquqni takomillashtirishda insonning xuddi shu hissiyoti (buni eslatib o‘tish joiz) oldingi o‘rinlardan birida turadi. Huquqiy ong sohasida kechadigan fikrlash jarayoni odamlar talabi va manfaatini ifoda etuvchi inson hissiyoti bilan yo‘g‘rilgan yoki shu hissiyotdan tuzilgan. Huquqiy ong sohasida vujudga keladigan huquqiy g‘oyalar, tushunchalar va taassurotlar, aql va sezgining shunday noaniq chalkashib ketishi oqibatida, inson fe’l-atvorini tartibga solishda jiddiy ta’sirchan kuchga ega bo‘ladi. Shuning uchun, huquqiy ongni o‘rganishga katta ahamiyat beriladi.
Huquqiy ongning strukturasini tahlil qilish, bir tomondan, huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyat kabi uning tabiiy tarkibiy qismlarining o‘zaro ta’siri tabiati va o‘zaro nisbatini ochadi, boshqa tomondan, ijtimoiy hayotda bugun hodisa sifatida uning vazifasini ochib berishga yordamlashadi.
Huquqiy fan huquqiy ong sohasini ijtimoiy va shaxsiy (individual) turlarga ajratadi. Ammo bu chegaralash, ular o‘rtasidagi o‘zaro dialektik bog‘liqlikni mutlaqo inkor etmaydi. Huquqiy ong har bir turining nisbatan mustaqilligini tan olgan holda, ularga xos xususiyatlarni ochadigan huquqning umumiy nazariyasi ularning har ikkisi ham jamiyat mahsuli bo‘lganligi uchun ular birligini yagona ijtimoiy hodisa sifatida tan olishdan kelib chiqadi. Ijtimoiy ong huquqiy ongning yanada yuqoriroq darajasi hisoblanadi, chunki unda huquqiy voqelikka xos bo‘lgan barcha xususiyatlar mujassam. Uning mazmuni huquqni bilish va hayotga tatbiq qilishda inson tafakkurining ijodiy yutuqlari va ijtimoiy-huquqiy amaliyoti bilan sug‘orilgan.
Individual huquqiy ongga kelsak, u o‘z mazmuniga ko‘ra katta hajmli va keng emas. Bundan tashqari, u huquqiy tafakkur tarixida to‘plangani uchun, huquqiy bilimlar yig‘indisini qamray olmaydi. Shaxsiy huquqiy ong bilish imkoniyatlari jihatidan bir qadar cheklangan. Hammaga ma’lumki, har bir insonning hayoti alohidadir. Bir shaxsda huquqiy bilim olish imkoniyati katta bo‘lsa, boshqasida kamroq. Shuning oqibatida, shaxsiy huquqiy ong har xil rivojlanish darajasiga ega. Huquqiy ong ma’lum darajada jamiyat a’zolarining huquqiy axborotlashuviga ham bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, fuqarolarning huquqiy madaniyat darajasini ko‘tarishga ko‘mak beradigan huquqiy axborot tizimini tashkil qilish masalasi alohida amaliy ahamiyat kasb etadi. Huquqiy madaniyat darajasiga qarab, huquqiy ong turlari uchga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy. Oddiy huquqiy ong, odatda, o‘z-o‘zidan vujudga keladi va insonning shaxsiy tajribasi va huquqiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy vaziyatlar haqidagi tushunchasi bilan belgilanadi. Bunga uning ishga joylashuv payti yoki oliy o‘quv yurtiga kirish qoidalari yoxud yo‘l qoidasini buzgani uchun javobgarligi haqidagi bilimlar misol bo‘la oladi.
Insonlardagi shaxsiy huquqiy tajriba, kundalik hayot doirasida kechib, nisbatan tor bo‘lganligi sababli huquqiy ong juda chegaralangandir. Huquqiy ong bizni o‘rab turgan borliq haqidagi oddiy tushunchalar chegarasida muttasil qola olmaydi va doimo rivojlana borib, tabiiy ijtimoiy qonuniyatlar darajasiga chiqadi, shu bilan nazariy, ilmiy tushunchaga aylanadi.
Ilmiy huquqiy ong ijtimoiy-huquqiy haqiqatni u yoki bu darajada to‘g‘ri aks ettiruvchi bilimlar tizimini o‘z ichiga oladi. Ilmiy huquqiy ong huquqni ijod qilish faoliyatining birinchi darajali manbayi bo‘lgani uchun huquqiy amaliyotni takomillashtiradi. Unda huquqiy nazariya va huquqiy g‘oyalar, tasavvurlar va tushunchalar tizimi bilan bir qatorda, huquqshunoslarning kasbiy huquqiy ongi ham ajratiladi.
Huquqshunoslar huquqiy ong jihatidan qonunga bo‘ysunuvchi fuqarolarning huquqiy mulohazalaridan o‘zlarining huquqiy me’yor va nuqtayi nazarlari, bilimining teranligi hamda katta hajmi va eng muhimi, huquq qoidalari va me’yorlarini qo‘llashni bilishlari bilan farq qiladilar. Huquqshunoslar huquqqa, shuningdek uning amalda qo‘llanilishiga kasbiy malaka bilan yondashadilar. Bu qonunchilik bilan yuqori darajada mos kelish, huquqni qo‘llash foydaliligi va uni chuqur tushunish zarurligini nazarda tutadi. Kasbiy huquqiy ong huquqiy oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish natijasida shakllanadi, so‘ngra huquqiy amaliyot jarayonida sayqallanadi.
Huquqshunos-olimlar huquqiy ong funksiyalari masalasini ham tahlil etadilar va huquqiy ongning axborot olish, baholash va tartibga solish funksiyalarini ko‘rsatadilar.
Axborot olish funksiyasi jamiyat barcha a’zolarining turli shakldagi huquqiy bilimlarga ega bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Huquqiy ongning axborot olish funksiyasi ketma-ket paydo bo‘luvchi ruhiy hodisalardan tuzilgan: birinchidan, u asosan sezish, eshitish va ko‘rishdan vujudga keladi; ikkinchidan, qabul qilish, xotira, esda saqlash, xotiradagilarni qayta tiklash, tanish jarayonlari vositasida huquqqa oid bilimlarni to‘playdi va ularni har hil huquqiy tasavvurlar shaklida ifoda etadi; uchinchidan, tafakkur oliy darajadagi bilish jarayoni hisoblanib, huquqiy g‘oyalar, tushuncha va e’tiqodlar uning mahsulidir.
Baholash funksiyasi huquqiy ongning o‘sishi natijasida insonlarning huquqiy va huquqqa zid bo‘lgan ko‘rinishlarni bir-biridan ajrata olishishga erishishiga xizmat qiladi.
Tartibga solish funksiyasi esa, shaxslarning yuqori darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishi, ularni huquqqa asoslangan holda harakat qilishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, adabiyotlarda huquqiy ongning gnoseologik, boshqaruv va huquqiy shakllantirish funksiyalari alohida shaklda ajratib ko‘rsatiladi.
Gnoseologik funksiya obyektiv borliqdagi mavjud huquqiy holatlarni bilishni tavsif etadi. Boshqaruv – o‘z fe’l-atvorini huquq talablari bilan qiyoslash vositasida o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishdir.
Huquqiy ongning o‘zini boshqarish funksiyasi inson orzu-intilishlarini oqilona ro‘yobga chiqarish huquqiy ongning amaliy tomoni hisoblanib, u iroda orqali amalga oshiriladi. U huquqiy bilimlarni aniqlash, ichki tuyg‘ular bilan mavjud huquqiy e’tiqodlar, mavjud obyektiv borliq, jamiyatda amal qilayotgan huquqiy normalarni muvofiqlashtirish, maqsadni aniqlash, qaror qabul qilish va qarorni ijro etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Huquqiy ong qabul qilayotgan huquqiy axborotni «qayta ishlash» va o‘zlashtirishda inson fe’l-atvorini boshqaruvchi murakkab mexanizmlar muhim o‘rin egallaydi, u manfaatni anglash, maqsadni aniqlash, asoslar tizimi va istagini namoyon etish kabi holatlarni o‘z ichiga oladi.
Huquqiy ongning tashkil etish, uyushtirish funksiyasi – huquq subyektlari xulqi, xatti-harakatlarini shakllantirish, uyushtirish, tashkil etishdan iborat bo‘lib, u ijtimoiy hayot va taraqqiyot uchun juda muhim hisoblanadi. Shu ma’noda huquqning yaratuvchanlik, bunyodkorlik salohiyati xususida gapirish mumkin.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish