Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet145/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Qo‘riqlovchi normalar huquq normalari tizimida o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, asosan jamoat tartibini saqlash funksiyasini bajarishga qaratiladi va ular jamiyatda o‘rnatilgan talablar buzilgan taqdirda yuzaga keladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 97–103-moddalarida ifodalangan huquqiy normalar insonlarning hayotidan mahrum etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy xavfli qilmishlarni jazo qo‘llash tahdidi ostida jinoyat deb topadi, taqiqlaydi va tegishli javobgarlik choralarini ko‘zda tutadi. Shu asosda Konstitutsiyamizning 13-moddasida oliy qadriyat sifatida tan olingan inson hayoti va sog‘lig‘ini qo‘riqlaydi, muhofaza etadi.
Deklarativ normalar axborot berish, bayonot berish vazifasini bajaradi va qoidaga ko‘ra, ushbu normalar dasturiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur toifadagi normalar ijtimoiy munosabat ishtirokchilariga muayyan huquqlar berish yoki majburiyatlar yuklashdan cheklangan holda, faqatgina ma’lumot berish bilan kifoyalanadi, xolos.
Tezkor (operativ) normalar. Ular yordamida huquq tizimining eskirgan, mavjud ijtimoiy hayot talablariga javob bermay qolgan normalari chiqarib tashlanib, yangilari joriy qilinadi yoki tegishli qo‘shimchalar bilan to‘ldiriladi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar to‘g‘risida»gi 2003, 2007, 2008, 2011, 2014 va 2017-yillardagi Qonun normalari shular jumlasidandir.
Kollizion normalar. Ularda biron-bir holat bir emas, bin necha huquqiy normalar ta’siriga tushib qolishi mumkin va bu holda o‘sha normalar o‘rtasida nizo – «to‘qnashuv» sodir bo‘ladi, bu holatni hal etish uchun kollizion normalar qabul qilinadi. Mohiyatan olganda, kollizion norma chet el huquqini muayyan milliy yurisdiksiya doirasida qo‘llanishiga ruxsat beradi. Shunga ko‘ra, kollizion normalar «bir tarafdan davlatlarning huquq-tartibotidagi mavjud tafovutlar va xilma-xillikni, ikkinchi tarafdan esa, davlatlarning milliy huquqiy tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni aks ettiradi». Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 71-bobidagi ko‘pchilik huquq normalari kollizion xarakterga ega.
Ziddiyatli vaziyatlarni hal etganligi bois kollizion normalar «hakam-norma» deb yuritiladi. Masalan, bironta munosabat qonun normasi va hukumat qarori bilan turlicha tartibga solinadigan bo‘lsa, u holda ushbu munosabat yuridik kuchi yuqori bo‘lgan norma, ya’ni qonun normasi bilan tartibga solinadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish