Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet123/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Qonun ijodkorligi Huquq ijodkorligining eng yuqori da-
3-§.jarayoni va rajada tashkillashgan, uyushgan va takomil-
bosqichlari lashgan shakli qonun ijodkorligidir. Shu bois, uning tabiati va xususiyatlariga mufassalroq
to‘xtalamiz. Qonun davlat hokimiyatining maxsus faoliyati mahsuli sifatida vujudga keladi. Davlat amrining oliy ifodasi bo‘lmish qonun, hokimiyatning alohida vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladigan murakkab jarayon natijasida yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo‘yicha 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum yakunlari va shu asosda «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini shakllantirish, qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishishdan iborat edi. Bu borada tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillaridan tashkil topgan yuqori palata – Senatning hududlar manfaatlarini ifoda etishi, quyi – Qonunchilik palatasi esa, o‘z faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshirishi hisobga olindi.
Parlamentning jamiyat hayotidagi rolini yanada kuchaytirish, uning qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyatini sifat jihatidan tubdan yaxshilash masalalariga O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida alohida e’tibor qaratildi1. Qonun ijodkorligini izchil takomillashtirib borish jamiyatni modernizatsiya qilish sharoitida davlat qurilishining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Qonun ijodkorlik (qonunni yaratish) jarayoni – davlat oliy vakillik organining konstitutsiyada belgilangan tartibda yangi qonunlarni yaratishga, amaldagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishga qaratilgan, shuningdek eskirgan qonunlarni bekor qilish borasidagi harakatlari yig‘indisi bo‘lib, u qonun bilan tartibga solinishi zarur bo‘lgan munosabatlarni aniqlash, qonun loyihasini tayyorlash, uni muhokama etish va qabul qilishni o‘z ichiga oladi. Qonunchilik jarayoni muayyan tartib, tashkillashganlik ifodasi sifatida mamlakatda qonunchilik hokimiyatini amalga oshirish shakli hisoblanadi. Qonunning oliyligi, jamiyat hayotidagi ustuvor mavqei qonunchilik jarayonining ilmiy va amaliy ahamiyatini belgilab beradi. Zero, qonun yaratish jarayonining mukammal tartibga solinganligi sifatli va talab darajasidagi qonunning vujudga kelishi uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Qonun ijodkorlik jarayonining ta’rifi ikki ma’noga ega: birinchidan, bu qonun loyihasining parlamentga kiritilishidan boshlab, u qabul qilingunga qadar davlat organlari tomonidan ro‘yobga chiqariladigan vakolatlar bo‘lsa; ikkinchidan, qonunchilik hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etadigan turli subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi protsessual qoidalar ifodasi(shakli)dir. Qonunchilik jarayonining muhim xususiyati shundaki, uning mazmunini tashkil etuvchi harakatlar tartibi va ularni amalga oshirish tartibi konstitutsiyaviy tarzda belgilab qo‘yiladi.
Qonun ijodkorligida muayyan munosabatlarni huquq vositasida tartibga solish obyektiv zarurligini anglab yetish, shunga ijtimoiy ehtiyoj borligini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Qonun yaratishdan oldin jamiyatda shunday qonun vujudga kelishga ehtiyoj bormi, degan savolga javob berish lozim. Qonun ishlab chiqishga kirishishdan avval mavjud ijtimoiy voqelik, hayot, muammoli vaziyat atroflicha o‘rganilishi talab etiladi. Bu borada ruminiyalik huquqshunos Anita Nashitsning fikri diqqatga sazovor. U huquq yaratishning birinchi bosqichida jamiyatda sodir bo‘layotgan jarayonlarni anglash, psixologik va irodaviy omillarni baholash, huquqni shakllantiruvchi omillarni tahlil etish va shu asosda hukmron irodani ifodalash ro‘y beradi, deb ta’kidlaydi. Bu bosqichda huquqni yaratish jarayoni o‘zining hayotga moslashuvchanligi bilan, turfa xilligi va dinamizmi bilan, qonunchilik sohasida tashabbus ko‘rsatishga imkon beruvchi tashkiliy shakllar miqdorining ko‘pligi bilan ajralib turadi. So‘ngra, huquqning ijtimoiy mansablari qonun yaratishning ikkinchi bosqichiga – huquqiy qarorni, ijobiy huquq normasini o‘rnatishga – o‘tilishini shart qilib qo‘yadi. Bu huquq normasini chiqarishga vakolatli bo‘lgan organlarning yuridik ahamiyatli faoliyati tufayli amalga oshadi1.
Shunday qilib, u yoki bu qonunning yaratilishiga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish – qonunchilik jarayonining boshlang‘ich nuqtasidir. Bordi-yu, qonunga ehtiyoj bo‘lmasa, qonun chiqaruvchi «rejalashtirgan» huquqiy tartibga solish ro‘y bermaydi, qabul qilingan qonun ishlamaydi, u amaldagi huquqiy tizimga singishib ketolmaydi, pirovard natijada qonunning ijtimoiy obro‘sizlanishi kelib chiqadi.
Qonun yaratish ehtiyoji ijtimoiy taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlariga muvofiq hayotning o‘zidan kelib chiqqani ma’qul. Masalan, bugungi bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi tegishli huquqiy zamin vujudga
1 Qarang: А. Нашиц. Правотворчество: Теория и законодательная техника. М., Прогресс, 1974.
– 136-bet.
15–18-8
keltirilishini taqozo etmoqda. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda bir qator yangi qonunlar, jumladan, «Tadbirkorlik to‘g‘risida», «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida», «O‘zbekistonda chet el investitsiyalari to‘g‘risida», «O‘zbekistonda investitsiya to‘g‘risida», «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida», «Bandlik to‘g‘risida», «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida», «Reklama to‘g‘risida», «Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish to‘g‘risida», «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunlar, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunlar qabul qilindi.
Qonun ijodkorligi jarayoni, an’anaga ko‘ra, ushbu jarayonning turli bosqichlarida ishtirok etuvchi organlar o‘rtasidagi vakolatlarni taqsimlash ma’nosida talqin etiladi. Garchand, qonun chiqarish faoliyatida u yoki bu mustaqil subyektlar ishtirok etsalar-da, qonunchilik jarayoni asosan parlamentning qonun yaratish faoliyati tartibi bo‘lib qolaveradi.
Yuridik adabiyotlarda qonun ijodkorligi jarayoniga ma’no jihatidan yaqin turuvchi bir qator iboralar, ya’ni: «qonunchilik jarayoni», «qonun chiqarish jarayoni», «qonunchilik tartib-taomili» (zakonodatelnaya protsedura») kabi kategoriyalar keng qo‘llaniladi. Qonun chiqarish jarayonining mazmuni va bosqichlari asosan konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlansa, «qonunchilik tartib-taomili», odatda, parlament (uning palatalari) reglamentlarida, ichki nizomlarida batafsil belgilab qo‘yiladi. Qonunchilik tartib-taomili deganda, qonun loyihalarining parlament doirasida ko‘rib chiqilishi, muhokama etilishidan tortib to qabul qilinishi va kuchga kiritilishigacha bo‘lgan barcha xatti-harakatlarni amalga oshirish tartibi (ketma-ketligi) tushuniladi. Qonunchilik protsedurasi, – deydi professor M.N. Marchenko, – qonun loyihalarini tayyorlash va qabul qilish bilan bog‘liq yuridik mustahkamlangan qoidalarning bir butun majmuidan iborat1.
Yuqoridagi mulohazalarni umumlashtirib aytish mumkinki, qonun ijodkorligi qonunlarni tayyorlash, muhokama qilish va qabul qilish bosqichlari va harakatlari bilan bog‘liq qonunchilik jarayonidir.
Ikki palatali parlament sharoitida qonun ijodkorligi jarayoni quyidagi besh bosqichdan iborat bo‘ladi:

  1. qonunchilik tashabbusi;

  2. qonun loyihasini muhokama qilish;

  3. qonunning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi;4) qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi; 5) qonunni imzolash va e’lon qilish.

Mazkur bosqichlarga alohida-alohida to‘xtalamiz.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish