Odilqoriyev, N. Azizov, X


Angliyada huquqning asosiy belgilari



Download 0,99 Mb.
bet42/100
Sana28.03.2023
Hajmi0,99 Mb.
#922729
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ TARIXI (2012)

Angliyada huquqning asosiy belgilari. Dastlabki davrlardagi Ang- liya feodal huquqi o‘zining murakkabligi, chalkashligi va ustamonlik bilan qilinganligi (kazeistikligi) bilan ajralib turgan. Bu holat uning alohida yo‘llar bilan rim huquqi ta’sirisiz shakllanganligiga bog‘liqdir.
XV asrda normandlar bosqiniga qadar Angliyada huquqning asosiy manbalari odatlar va qirollik qonunlari hisoblangan. Odat huquqining sudnoma va qonunnomalar deb yuritiluvchi ko‘plab to‘plamlari tuzilgan. Bularga misol tariqasida Etelbert sudnomasi, Ien qonunlari, Buyuk Alfred sudnomasi, Etelstan va Knut qonunlari sigari yetakchi rol o‘ynaganlarini ko‘rsatish mumkin. Bulardan tashqari huquqning muhim manbalari qatoriga joriy qonunlarni ham kiritish mumkin. Jumladan, Xlotar (673– 685-y.), Edrik (685–686-y.), Eduard (899–925-y.), Edmund (939–946-y.),
Edgar (959–975-y.), Etelred II (979–1014-y.) va boshqa qonunlar.
Angliyaning XI asr boshlarida Daniya qiroli Knut tomonidan bosib olinishi natijasida Daniya (Knut) qonunlariga Angliya qonunlari bilan teng huquq berilgan. Angliya Normandiya tomonidan egallanishi oqibatida esa qirollar ingliz-sakslarning eski va asl odatlariga rioya etishga qaratilgan siyosat yuritadi.
XII asrda qirollik sayyor sudlarining doimiy faoliyat yuritishi natijasida mamlakatning umumiy huquqi tashkil topadi. Umumiy huquq qonunchilikdagi kamchilik natijasida normand va ingliz-sakslar odat huquqlari asosida vujudga keladi. Sayyor sudlar «sudya harakatdagi huquq normasini qo‘llaydi», degan prezumpsiyadan foydalangan. Ular tomonidan o‘rnatilgan tamoyil sud odatiga aylanib, barcha sudyalar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan. Faqat yuqori sud organlari tomonidangina
bekor qilinishi mumkin edi. Ulardan foydalanish uchun qulaylik yaratish, nazorat o‘rnatish maqsadida sud ishlari materiallarining e’lon qilinishi bilan birga sud pretsedenti nazariyasi ham shakllandi. So‘ngra ilgarigi qarorlarda mustahkamlangan rahbariy tamoyil kelajakda shunga o‘xshash masalalarni ko‘rishda asta-sekin namuna kuchiga ega bo‘la boshladi.

  1. asrda tarixiy sharoitlar ta’sirida Angliyada adolat sudi paydo bo‘la boshladi. Shu bilan birga, yana bir huquqiy tizim – adolat huquqi shakllanib boradi. U sudlarda himoyalanmaganlarni himoyaga olish barobarida yuzaga kelgan. XIV asr boshida lord-kansler huzurida adolat me’yorlariga tayanuvchi sud organi ish olib borgan.

  2. asrdan olimlarning muhim va murakkab huquqiy masalalar bo‘yicha traktatlari paydo bo‘la boshladi. Ular amaldagi (statut) huquq normalari bo‘yicha qo‘llanma asarlar bo‘lib, ingliz huquqining o‘ziga xos manbai xarakteriga ega bo‘lgan.

Qirollik qonunlari assizalar, xartiyalar, ammo ko‘proq ordonanslar, statutlar deb atalgan. Ayrim qirollarning qonunlari ma’lum darajada umumiy huquqning shakli va mazmunini belgilagan. Uning asosiy qoidalari va tamoyillarini ishlab chiqqan.
Angliyaning o‘rta asrlardagi huquq manbalari ichida savdo va kanonik huquqi me’yorlari alohida o‘rin tutadi. Ularning huquqiy kuchi ko‘pincha qirollik statutlari bilan mustahkamlangan.


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish