Odilov adhamning mikroiqtisodiyot fanidan



Download 131,87 Kb.
bet10/13
Sana31.12.2021
Hajmi131,87 Kb.
#209295
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Odilov Adham kurs ishi

Lorents egri chizig’i


Grafikning gorizontal o’qida aholi hissasi (foizi ), vertikal o’qida daromad hissasi (foizi) ko’rsatilgan. Agar jamiyatda daromad mutlaq baravar taqsimlangan deb faraz qilsak, ya’ni 20 foiz aholi jami daromadning 20 foiziga, 40 foiz aholi 40 foiziga ega bo’lsa, unda mutlaq tsnglikning bu vaziyatini ifodalovchi chiziq bissektrisa ko’rinishiga ega bo’lar edi. Ammo, hayotda aholi o’rtasida daromadlarning taqsimlanishi bir xil emas. Masalan, agar aholining 20 foizi A nuqta bilan belgilangan daromadlarning ozgina qismini olsa, aholining 40 foizi B nuqta bilan belgilangan qismini oladi va hokazo. Bunday holatda daromadning haqiqatda taqsimlanishini bildiruvchi chiziq Lorents egri chizig’i deb ataladi. Bissektrisa va Lorents egri chizig’i o’rtasidagi uzilish yoki maydon qancha katta bo’lsa, daromad taksimlanishining tengsizlik darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Bu uzilish kattaligi tengsizlik darajasini ifodalaydi. O’zbekistonda eng past va eng yuqori daromad oladigan aholi guruhlari o’rtasidagi tafovut darajasi so’nggi yillarda 8 barobarga to’g’ri kelmoqda. Ko’pgina, shu jumladan, qo’shni davlatlarda bu raqam mamlakatimizdagi ko’rsatkichdan bir necha barobar yuqori ekani, ya’ni o’ta kambag’al va nochor aholi guruhlari va o’ta boylar guruhi orasidagi tafovut oshib borayotganini ta’kidlash lozim.

YaIM 255,3 trln. so‘mni tashkil etdi va 0,2% ga o‘sdi, o‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 6% ga o‘sdi. Sanoatning yalpi qo‘shilgan qiymatining o‘sishi 0,3% ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning birinchi yarmida kichik bo‘lsada iqtisodiy o‘sish sur’atlari saqlanib qolindi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 255,3 trillion so‘mni tashkil etib, o‘sish ko‘rsatkichi 0,2 %ni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 6 %ni tashkil etgandi.Sohalarda yalpi qo‘shilgan qiymat o‘sishi 0,3 % ni tashkil etdi.

Iqtisodiyotning aksariyat tarmoqlarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish dinamikasi sekinlashgan bo‘lsa-da, o‘sish davom etmoqda. Ushbu ko‘rsatkich xizmat ko‘rsatish sohasida 2,6 %, qurilish xizmatlarida 7,3 %, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish tarmog‘ida 1,2 %ga oshdi.

Hududlar kesimida YaHM o‘sish tendensiyalari bo‘yicha Andijon (5%), Navoiy (4.3%) va Namangan (3.1%) viloyatlarida yuqori rivojlanish ko‘rsatkichlriga ega. YaIM strukturasini qaraydigan bo‘lsak yaratilgan qo‘shilgan qiymatning 24,0 %i qishloq xo‘jaligida, 37,7 %i sanoatda va 38.8 %i xizmatlar sohasida yaratildi.

Taqqoslash uchun, qo‘shni davlatlar iqtisodiyotlarida retsessiya boshlanganligi qayd etilmoqda. Xususan, Qozog‘istonda birinchi yarim yillikda YaIM hajmi 1,8 %ga, Qirg‘izistonda esa 5,3 %ga pasaygan.Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki hisob-kitoblariga ko‘ra, YaIMning yillik pasayishi 9,5-10 %ni tashkil qiladi.Xitoy iqtisodiyoti ikkinchi chorakda 3,2% o‘sganiga qaramay, birinchi yarim yillikda jami 1,6 %ga qisqargan.

O‘zbekistonda iste’mol narxlari indeksi iyun oyida o‘tgan yilning dekabriga nisbatan 104,6% ni tashkil etdi, 2019 yilning 6 oyi davomida iste’mol narxlari indekslari 105,6% ni tashkil etdi.Shu bilan birga, yillik hisobda iyun oyida o‘tgan yilning iyuniga nisbatan tovarlar va xizmatlar narxlari 14,2 %ga, 2018 yil iyunidan 2019 yilning iyunigacha esa 13,6% ga o‘sishi kuzatilgandi.


Download 131,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish