1.Sof modda va aralash moddalar. Aralashmalarni ajratish usullari.
1. Kimyoviy toza bo’lgan moddani aniqlang.
A) olmos B) dengiz suvi C) generator gazi
D) benzin
2. Quyidagilardan kimyoviy toza moddalarni belgilang.
A) bronza B) tabiiy gaz C) havo D) soda
3. Qanday yo‘l bilan osh tuzi eritmasidan tuzni ajratib olish mumkin?
A) Filtrlash yo‘li bilan B) Bug‘latish yo‘li bilan
C) Magnit yordamida D) Ajratish voronkasi bilan
4. Qanday yo‘l bilan temir qirindisi va oltin qirindisini bir biridan ajratib olish mumkin?
A) Filtrlash yo‘li bilan B) Bug‘latish yo‘li bilan
C) Magnit yordamida D) Ajratish voronkasi bilan
5. Tabiatda sof moddalar ko’pmi, aralash moddalar ko’pmi?
A) sof moddalar ko’p B) aralash moddalar ko’p C) har ikkisi teng miqdorda tarqalgan D) aralash moddalar deyarli uchramaydi
6. Moddalarni qattiq holatdan suyuqlanmasdan bug‘ holatiga o‘tib ketish hodisasiga ...................... deyiladi.
A) kondensatlanish B) sublimatlanish
C) dissosiyalanish D) konveksiyalanish
10. Sublimatsiya xossasiga ega bo’lgan birikmalarni ko`rsating.
I – Iod kristallari II – Muz
III – CO2 (qattiq) IV – Osh tuzi
A) I, II B) II, III C) I, III D) II, IV
11. Aralashmalarni tanlang?
1) yodlangan osh tuzi 2) suv bug’i 3) asal 4) mis sim 5) sut 6) o’simlik moyi
A) 1,2,5 B) 3,4,6 C) 2,4 D) 1,3,5,6
12. Sof moddalarni tanlang?
1) yodlangan osh tuzi 2) suv bug’i 3) asal 4) mis sim 5) sut 6) o’simlik moyi
A) 1,2,5 B) 3,4,6 C) 2,4 D) 1,3,5,6
13. Tarkibi va xossalari butun hajmi bo’yicha bir xil bo’lgan modda ........ modda deyiladi.
A) aralash B) sof C) oddiy
D) murakkab
14. Gomogen (a) va geterogen (b) aralashmalarni farqlang?
I) shakarning suvli eritmasi II) loyqa suv III) osh tuzining suvli eritmasi
A) a-I; b-II,III B) a-I,II; b-III C) a-I,III; b-II D) a-III; b-I,II
15. Geterogen aralashmalarni ajratish usullarini tanlang?
1) filtrlash 2) distillash 3) bug’latish 4) tindirish
A) 1,2 B) 1,4 C) 2,3 D) 2,4
16. Gomogen aralashmalarni ajratish usullarini tanlang?
1) filtrlash 2) distillash 3) bug’latish 4) tindirish
A) 1,2 B) 1,4 C) 2,3 D) 2,4
17. Osh tuziga qum aralashgan, qanday tartibni bajarib toza osh tuzini ajratib olish mumkin?
1) ifloslangan osh tuzi 2) eritmani filtrlash 3) ifloslangan osh tuzini suvda eritish 4) filtratni bug’latish 5) toza osh tuzi
A) 1→2→4→3→5 B) 1→4→2→3→5
C) 1→2→3→4→5 D) 1→3→2→4→5
18. Sizga oltingugurt, temir qipig’i va shakar moddalarining aralashmasi berilgan. Bu aralashmani tarkibiy qismlarga ajratish ketma ketligini toping?
1) suvda eritish 2) magnitlash 3) filtrlash 4) bug’latish
A) 1→2→4→3 B) 2→4→1→3
C) 2→1→3→4 D) 1→3→2→4
19. Suvda eriydigan tuzlarni suvdan ajratish usulini belgilang?
A) filtrlash B) distillash C) bug’latish
D) tindirish
20. Qaynash xarorati turlicha bo’lgan gomogen suyuqliklar aralashmasini ajratish usulini belgilang?
A) filtrlash B) distillash C) bug’latish
D) tindirish
21. Tinishi qiyin yoki uzoq vaqtga cho’ziladigan geterogen aralashmani ajratish usulini belgilang?
A) filtrlash B) distillash C) bug’latish
D) tindirish
Do'stlaringiz bilan baham: |