Oddiy moddalarga xos xususiyatlar – rang, qaynash va suyuqlanish, agregat holat. Elementlarga xos xususiyatlar – tartib raqam, atom og’irligi, yadro zaryadi, proton, neytron, elektron, izotop. Yettita oddiy modda molekulyar ko’rinishda yozilishi lozim. H2, O2, Cl2, N2, J2, Br2, F2.
Moddalar tarkibiga ko'ra(Kurnakov taklif) 1.Daltonidlar - Molekulyar tuzilishli, o'zgarmas tarkibli birikmalar. 2.Bertolitlar - Nomolekulyar tuzilishli (atom, ion, metall panjarali), o'rgaruvchan tarkibli birikmalar. Olinish sharoitiga bog'liq. ( UO₂,₅-UO₃, VO₀,₉-VO₁,₃, ZrN₀,₅₉,ZnN₀,₆₉,ZrN₀,₇₄,ZrN₀,₈₉).
Do'stlaringiz bilan baham: |