Tayanch iboralar
Informatika degan nomlari lotincha informatic so'zidan kelib chiqqan bo'lib, tushuntirish, xabar etish, bayon qilish ma'nosini bildiradi. Ingliz tilida bu Computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan ) sinonimi mos keladi.
Informatika — informatsion texnologiyalari yordamida Axborotni uzatish , qabul etish, saqlash, uni ishlov berish, uzatish usullarini, ya'ni informatsion jarayonni va informatsion texnologiyalari vositalari ishlash jarayonlarin , ularni boshqarish usullarini tizimli ravishtda o'rganuchi fan.
Axborotlashgan jamiyat— jamiyatning ko'pchilik a'zolari Axborot, ayniqsa, uning yuqori shakli bo'lgan bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, ishlov berish va amalga oshirishlik bilan band bo'lgan jamiyat.
Informatsion tizim— belgilangan maqsadga erishish yo'lida Axborotni yig'ishtirmoq, saqlash, ishlov berish va uzatmoqlik uchun qollanatuǵın usullar, vositalar va shaxslarding o'zlarara bog'langan muhiti.
Texnalogiya grekcha sanat, mohirlik degan ma'nosini bildiradi.
Texnalogiya — bu sun'iy obektlern iyaratuvga qaratilgan jarayonni boshqarish.
Informatsion texnalogiya — bu informatsion ma'lumottı bitta ko'rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan yangi tusga keltirish, Axborotni yig'ishtirmoq, ishlov berish va uzatmoqlikding usul va vositalari yig'indisidan foydalanish jarayoni
Birinchi mikrosxemalar yaratilganidan bir necha yil o'tib, 1969 yilda Intel firmasi tomonidan ikki kilobit hajmga ega tezkor xotira mikrosxemasi yaratildi. Unda birinchi marta 10000 dan ortiq tranzistor bitta kristallga joylangan edi. Tezkor xotira qurilmasi bir turdagi xotira uyachalarining to'plami bo'lgani sababli ularni bitta mikrosxemaga joylash anchagina oson kechdi. Lekin kompyuterning boshqa qurilmalarini mikrosxema ko'rinishida ishlab chiqish bu qadar oson emas edi, bu qurilmalarda tranzistorlar xotira qurilmasidagi kabi regulyar (takrorlanuvchi) tarzda joylashgan emas. Bu mikrosxemalarning topologiyasini ishlab chiqish, ya'ni unda joylashtiriladigan minglab tranzistorlarning o'zaro joylashishi va bir-biri bilan bog'lanishini bexato amalga oshirish eng qiyin va tijorat tomonidan eng qimmat qadam edi.
Kompyuter deganda, turli hajmdagi, har xil ko‘rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmani tushinish mumkin. Kompyuter-inglizcha so‘z bo‘lib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda hisoblovchi bo‘lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning 5 guruhi keng qo‘llanilmoqda.
Kompyuterlar-xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad
to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab 5 guruhga bo‘linadi:
super kompyuterlar (Super computer);
katta kompyuterlar (Manframe computer);
kichik kompyuterlar (Mini computer);
shaxsiy kompyuterlar (PC - Personal computer);
bloknot kompyuterlar (Notebook).
Do'stlaringiz bilan baham: |