MICROSOFT ACCESSDA MA’LUMOTLAR OMBORINI YARATISH
Biror ma‘lumotlar omborini loyihalash va yaratish uchun Microsoft Access dasturini ishga tushirish kerak. Buning uchun WINDOWS oynasining masalalar panelidagi ‘pusk‘ tugmachasi ustiga Sichqoncha ko’rsatkichini olib borib chap tugmachasini bosamiz va «Программы» bo’limiga o’tib, Microsoft Access qismini tanlab olamiz.
Dastur ishga tushgandan keyin quyidagi oyna hosil bo‘ladi.
MBning dastlabki oynasida yuqorida sanab o’tilgan 6 ta asosiy obyektlarning ilovalaridan tashqari, yana 3ta buyruq tugmachalari mavjud. Bular: «Открыть» (ochish), «Конструктор» (Tuzuvchi), «Создать» (Yaratish) tugmachalaridir.
«Открыть» (Ochish) tugmachasi tanlangan obyektni ochadi, «Конструктор» (Tuzuvchi) ham tanlangan obyektni ochadi, lekin u obyektning tuzilmasinigina ochib, uning mazmunini emas, balki tuzilishini to’g’rilash imkonini beradi. Agar obyekt jadval bo’lsa, o’nga yangi maydonlar kiritish mumkin. «Создать» (Yaratish) tugmachasi yangi obyektlarni: jadvallar, So’rovlar, shakllar va hisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi.
Biror MBni yaratishdan oldin, albatta, uning loyihasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun MOning tuzilmasini aniqlab olish kerak bo’ladi. MBning yaxshi tuzilmasi talablarga mos keladigan, samarali MOni yaratish uchun asos bo’ladi.
MS Accessda MBni yaratishning ikki usuli mavjud. Ulardan biri bo’sh bazani yaratib, so’ngra unga jadvallar, shakllar, hisobotlar va boshqa obyektlarni kritishdan iborat. Bu usul ancha yengil va qulay bo’lgani bilan MOning har bir elementlarini alohida aniqlashga to’g’ri keladi. Shuning uchun ikkinchi usuldan ko’proq foydalaniladi.
Unda «Мастер» (usta) yordamida barcha kerakli jadvallar, shakllar va hisobotlarga ega bo’lgan ma‘lumturdagi MO birdaniga yaratiladi, so’ngra tegishli o’zgartirishlarni bajarish mumkin. Bu boshlang’ich MOni yaratishning eng sodda usulidir. MOni «Мастер» (Usta) yordamida yaratish. 1.MS Access ishga tushirilgandan keyin paydo bo’lgan oynadan «Запуск мастера» (Ustani ishga tushirish) parametrini tanlab, OK tugmachasini bosamiz. Agar MO oldindan ochilgan bo’lsa yoki dastlabki muloqot oynasi yopilgan bo’lsa, uskunalar panelidagi «Создать базу данных» (MOni yaratish) tugmachasini bosish kerak.
2. Sichqoncha ko’rsatkichini kerakli MOning shabloni (andazasi) ustiga joylashtirib, chap tugmachasini ikki marta bosish kerak.
3. Ochilgan «Файл новой базы» (Yangi baza fayli) muloqot oynasidagi «Папка» (Jild) ro’yxatidan, yaratilayotgan MOni saqlab qo’ymoqchi bo’lgan papkani tashlash, «Имя файл» (Fayl nomi) maydonida MOning nomini kiritish va «Создать» (Yaratish) tugmachasini bosish kerak.
Keyingi muloqot oynasida Usta yaratilayotgan MO qanday axborotni saqlashi kerakligi haqida ma‘lumot chiqadi. Ushbu muloqot oynasining quyi qismida quyidagi tugmachalar joylashgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |