Fayllarni ochish
Fayllarni ochish uchun ochilsin buyrug‘idan yoki Fayl menyusidagi xuddi shunday tugmadan foydalaniladi. Ekranda saqlab qolish darchasiga o‘xshash muloqot darchasi paydo bo‘ladi.
Tegishli papkani ochish yoki darchaning ish maydoni (sohasi)dagi tegishli hujjatni tanlash yo‘li bilan faylni ochish amalga oshiriladi (fayl ochiladi). Buni hujjatning nishonga qo‘shaloq qilib chertib yoki uni tanlagach, ochilsin tugmasini chertib ham amalga oshirish mumkin.
Ma’lumotlarni tahrir qilish va jadvallarni
formatlashtirish
Endi, eng oddiy jadvallarni tuzishni o‘rganib olganimizdan keyin jadvalning yacheykalaridagi ma’lumotlarni tahrir qilish haqida va shuningdek jadvalning tashqi ko‘rinishi va uni formatlashtirish usullari haqida so‘z-lashib olish vaqti yetdi.
Nazorat savollari:
Do'stlaringiz bilan baham: |