6.1. Shaxsning psixologik xarakteristikasi. Psixologiyada shaxs tushunchasi. Inson, odam koplab fanlarning organish obekti bolib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishi va boshqalarni organadi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda boluvchi ongli faoliyat subekti sifatida organadi. Psixologiya fanida odamni tariflashda koplab tushunchalar qollaniladi. Shu jumladan «Shaxs», «individ», «individuallik» tushunchalari ham qollaniladi.
Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Katta yoshdagi kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni ozlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar) ham individdir. Individ tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha kishilar odamlar individdir. Yangi tugilgan chaqaloqning ham, katta yoshning ham, tafakkurni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin.
Individ sifatida kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bolib yetishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina Shaxsga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina Shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Malumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan ozaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani ozlashtirishda shakllanadi. Binobarin Shaxs ham faqat jamiyatdagina Shaxsga aylanishi mumkin.
Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, ozlashtiradi, ozi uchun ozgartiradi-bu jarayon davomida ozi ham Shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi ozi hayot uchun yol tanlashida, bu yolni egallashida. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi tasirlar, shu jumladan ijtimoiy tasirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha tasir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli oquvchilarga turlicha tasir qiladi.
Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi: sotsiolligi, ongi va tilidir.
Inson Shaxsining xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir.
Individuallik - Shaxs psixologik, ijtimoiy, fiziologiya xususiyatlarining birikmalarining qaytarilmasligidir. Shaxs individualligi uning xarakteri, temperamenti, psixik jarayonlarning dinamikasi, hissiyotlari, faoliyatining motivlari, qobiliyatlari va shunga oxshashlarning yigindisiga bogliq. Bularning hammasini birga qoshib, mujassamlashtirsak ikkita bir xil odam bolmagan va bolmaydi.
Individuallik kishining oziga xosligini uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlaridan odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlarga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da Qobiliyatlarda faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon boladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini ozida mujassamlashtirgan odam yoq inson shaxsi oz individualligi jihatidan betakrordir. Shunday qilib, individuallik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta jihati bolib hisobalanadi, xolos.
Malumki odam jamiyatda turli guruhlarda (oilada, oqishda, ishda, davrada) boladi. Har bir guruhda oziga xos bazan butunlay bir-biriga oxshamaydigan rollarni oynaydi. Lekin shunga qaramay, kopincha odam turli vaziyatlarda oxshash sifatlarni namoyon qiladi. Shaxsning psixologik korinishi, psixologik xususiyatlarining birikmalari har bir odamda nisbatan doimiylikka ega. Odamning psixik holatlari, ozini tutishi ozgarib tursa ham shaxsning psixologik qiyofasi malum darajada barqaror bolib qolaveradi.
6.2. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar
Do'stlaringiz bilan baham: |