Har birimizning qachondir kimgadir baho berishimizga to'g'ri keladi. Lekin har doim ham kishilarga holisona baho bera olarmikinsiz? To'g'ri, bu inson psixologiyasini o'rganuvchi mutahassislarning ishi. Lekin siz ham psixologiyadan qanchalik xabaringiz borligini sinab ko'rishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi test savollariga javob berib, ballaringizni jamlashtirib, so'ngra natijaga e'tiboringizni qaratishingiz lozim.
1. Sizningcha har doim xushmuomala odamlar:
a) yaxshi suhbatdosh - 2 ball;
b) qattiq intizom usuli bilan tarbiyalaganlar - 4 ball
v) haqiqiy fe'l-atvorlarini yashiradilar - 1 ball
2. Siz hech qachon urishmaydigan er-hotinlarni bilasiz. Sizningcha:
a) ular baxtlilar - 2 ball
b) bir-birlariga befarqlar - 1 ball
v) ularda bir-birlariga nisbatan ishonch yo'q - 4 ball
3. Birinchi arta ko'rib turgan insoningiz siz bilan hazillashsa, qiziqarli voqealarni aytib bersa u haqida nima deb o'ylaysiz?
a) gapga usta - 1 ball
b) o'ziga ishonmaydi va bu bilan hozirgi vaziyatdan ketmoqchi bo'layapti - 2 ball
v) sizga yaxshi taassurot qoldirmoqchi - 4 ball
4. Qiziq mavzu yuzasidan suhbatlashayapsiz. Suhbatdoshingiz imo-ishoralar bilan gapiryapti. Nima deb o`ylaysiz, u:
a) hayajonlanayapti - 4 ball
b) samimiy emas - 1 ball
5. Yaqin kishingizni sinab ko'rmoqchisiz. Nima qilish kerak deb o'ylaysiz?
a) do'stlaringiz davrasiga taklif qilasiz - 2 ball
b) amalda sinash kerak deb hisoblaysiz - 1 ball
6. Restoranda bir kishi xizmatchi qizga ko'proq choychaqa berdi. Nima deb o'ylaysiz, u:
a) yaxshi taassurot qoldirmoqchi - 2 ball
b) unga xizmatchi qiz yoqib qoldi - 2 ball
v) qo`li ochiq inson - 4 ball
7. Nima deb o'ylaysiz, agar inson hech qachon birinchi bo'lib gap boshlamasa u:
a) uyatchan - 2 ball
b) meni tushunmaydi, deb o'ylaydi - 1 ball
8. Insonning peshonasi pastroqda. Nima deb o'ylaysiz, u:
a) yaxshi eshitmaydi - 2 ball
b) o'jar - 2 ball
v) aniq hech narsa deyolmaydi - 4 ball
9. Birovning ko'ziga qarolmaydigan inson haqida nima deyishingiz mumkin?
a) o'ziga ishonmaydi - 1 ball
b) samimiy emas - 4 ball
v) hotirjam emas - 2 ball
10. O'ziga to'q odam har arzon narsalarni sotib oladi. Nima deb o'ylaysiz u:
a) tejamkor - ball
b) kamtar - 2 ball
v) ziqna - 1 ball
35 va undan ortiq ball. Siz boshqalarga juda osonlik bilan baho bera olasiz. Bir nazar tashlashingiz bilanoq kishilarning fe'l-atvorini bilib olish qobiliyatingiz tufayli ularga o'z fikrlaringizni bemalol gapiraverasiz. Shunday bo'lsa ham, o'ylab ko'ring, birinchi marta ko'rib turgan odamingizga u haqidagi fikrlaringizni aytishingiz o'rinlimikan? Yoki odamlarga bir zumda baho bera olishingizni namoyon qilmoqchimisiz? Bu bilan hech kim hech qachon sizni laqillata olmasligini isbotlay olarmikinsiz? Bu oqilona fikr emas.
26-34 ball. Siz odamlarni va vaziyatni to'g'ri, xolisona baholay olasiz. Insonlarning fe'l- atvorlari siz uchun o'qigan kitoblaringizdek ravshan, lekin shunday bo'lsa ham fikrlaringizni yagona to'g'ri fikr deb hisoblamaysiz. Agar fikringiz noto'g'ri bo'lsa, buni tan olishdan qo'rqmaysiz. Bu rahbarlar va o'qituvchilarning yaxshi jihatlaridan biridir. Sizdan yaxshi psixolog-mutaxassis chiqishi mumkin.
16-25 ball. Ba'zida odamlarga to'g'ri baho bera olasiz, lekin ko'proq boshqalarning fikrlariga quloq solasiz. Shu bilan fikringizning to'g'riligiga shubhalanasiz. Natijada esa shaxsiy fikringizni umuman ayta olmaysiz.
15 va undan kam ball. Siz odamlarga haddan tashqari ishonasiz, ularni faqat yurish-turishlari va ko'rinishlaridan baholashga o'rganib qolgansiz. Noto'g'ri baho berishingizni bilganingizda esa, qattiq afsuslanasiz va ulardan hafa bo'lmaysiz. Sizning ketma-ket qilayotgan hatolaringiz insonlarga to'g'ri baho bera olamaganingizdandir.