Odamlarda parazitlik qiladigan soxta oyoqlilarning muhim vakillari, umumiy tavsifi, sistematik o’rni va keltirib chiqaradigan kasalliklari



Download 0,49 Mb.
bet2/4
Sana03.04.2022
Hajmi0,49 Mb.
#526908
1   2   3   4
Bog'liq
Odamlarda parazitlik qiladigan soxta oyoqlilarning muhim vakilla

l-rasm. Ichburugʼ 4 amyobasi hayot siklining sxemasi:

1-hazm yo‘liga tushgan sista;
2-amyobaning sistadan chiqishi;
3 -4-ichak bo‘shlig‘idagi mayda
vegetativ shakli;
5-yirik vegetativ shakli;
6-ichakdagi sistalar;
7-ichakdan chiqqan qon va shilimshiq aralash chiqindilarda uchraydigan shakli.
Ichburug’ amyobasining rivojlanish jarayonida sista va vegetativ shakllari
bo‘ladi. Vegetativ holatining uch xil shakli aniqlangan:
a) kichik vegetativ shakli; b) to‘qima shakli; d) gematofag yoki eritrofag shakli.
Amyobaning to‘qima va eritrofag shakllari ba’zan yirik vegetativ shakl deb ham
ataladi. Aslida, bu ikki shakl o‘zaro yashash joyi hamda ovqatlanish usuli bilan farq qiladi. Sista, odatda, yumaloq shaklga ega bo‘lib, zich parda - sista qobig‘i bilan o‘ralgan.
Yetilgan sistada 4 ta, yetilmaganida 1-2 ta yadro bo‘ladi. Mayda vegetativ shak­
li kichkina (15-20 mkm) bo‘lib, serharakatdir. Uning sitoplazmasi keskin ravishda
ikkiga - tiniq oynasimon ektoplazma va donachali endoplazmaga bo‘linadi. Endo-
plazmada sharsimon yadro joylashadi. Mayda vegetativ shakli odamning yo‘g‘on
ichagi qavatida yashab, bakteriyalar bilan oziqlanadi va odamga zarar keltirmaydi.
Noqulay sharoitda sistalarga aylanishi mumkin. Dizenteriya amyobasining to‘qima
shakli (20-25 mkm) odamning yo‘g‘on ichagi devorlarida yashab, yaralar hosil
qiladi va ichak devoridagi to‘qimalami yemirib, shuning hisobiga oziqlanadi.
18To‘qima shakli boshqalariga nisbatan eng zararli hisoblanadi. Yaralar
yallig‘lanib, yiringlaydi va qon tomirlarining shikastlanishi natijasida yaralardan
qon oqadi. Gematofag yoki eritrofag shakllari odatda yaralarga yaqin joylarda
topilib, eritrotsitlar bilan fagotsitoz holida oziqlanadi.
Dizenteriya amyobasining mayda vegetativ shakli asosiy shakli hisoblanadi.
Chunki u ko‘payib, to‘qima shakliga - eritrofagga va sistaga aylanadi. Sistalar xo‘jayin axlati bilan birga tashqariga chiqib turadi. Sistalar tashqi muhitga chidamli boiib, hatto, xlorlangan suvda ham halok boimaydi. Bir qancha dizenfeksiyalovchi moddalar ta’siriga ham chidamli boiadi. Dizenteriya amyobasining sistalarida 4 ta yadro boiadi. Sistalar bilan ifloslangan suv, sabzavot va mevalar iste’mol qilinganda, parazitlar odamning oshqozon-ichak sistemasiga tushadi. Ichakda har bir sistadan 4 ta mayda vegetativ shakl paydo boiadi. So‘ngra ular mitoz yoii bilan boiinib, soni ikki hissa oshadi. Ichagida amyobaning faqat mayda vegetativ shakli boigan odamlar odatda sogiom boiib qolaveradi. Organizm zaiflashganda amyobalar boshqa patogen shakliga, ya’ni to‘qima shakliga aylanadi. To‘qima shakli o‘zidan proteolistik ferment ajratib, ichak devorida yaralar boiishiga olib keladi.
Yaralardan qon oqadi, shu sababli bemorlaming axlatida qon boiishi kuzatiladi.
Odatda, yaralarga yaqin joylarda dizenteriya amyobasining yana bitta shakli erit-
rofag shaklini topish mumkin. Bu shakl ancha yirik boiib, ko‘ndalang oichami
20-40 mkm keladi. Soxta oyoqlari kalta boiib, o‘zi esa ancha harakatchan boiadi.
Sitoplazmada, ko‘pincha, eritrotsitlami topish mumkin. Shuning uchun u eritrofag
yoki gematofag (qon bilan oziqlanuvchi) degan nomni olgan. Dizenteriya amyo­
basi odamning boshqa a’zolariga (jigar, o‘pka) ham joylashishi mumkin. Agarda
amyobaning to‘qima shakli hosil qilgan yara qon tomiriga to‘g‘ri kelib qolsa, u qon
orqali to‘g‘ri jigarga boradi va jigar absessiga sabab bo’ladi.
O ‘pkaning jarohatlanishi esa jigar abssessining o‘pkaga diafragma orqali
o‘tishidan kelib chiqadi. Amyobiaz kasalligining belgilari, asosan, qorin og‘rishi,

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish