Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov



Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/204
Sana01.01.2022
Hajmi2,89 Mb.
#297029
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   204
Bog'liq
2 5192718471359628566

O‘n ikki barmoq ichak.
 Bu ingichka ichakning boshlang‘ich qismi
bo‘lib, uzunligi o‘n ikkita barmoq eniga teng (25—30 sm) bo‘ladi.
Shuning uchun u 
o‘n ikki barmoq ichak
 deb ataladi. Bu ichak bo‘shli-
g‘iga me’daosti bezining shirasi va jigarning o‘t suyuqligi quyilib turadi.
Me’daosti bezi suyuqligining tarkibida oqsilni parchalaydigan
triðsin,
 yog‘larni parchalaydigan 
liðaza
 va uglevodlarni parcha-
laydigan 
amilaza
 fermentlari bo‘ladi. O‘n ikki barmoq ichakka
jigardan quyiladigan o‘t suyuqligi ovqat tarkibidagi yog‘larni
emulsiya holatiga keltiradi va liðaza fermentining faolligini oshiradi.
Ingichka ichak
 o‘n ikki barmoq ichakning davomi bo‘lib, uning
uzunligi katta odamda 5—6 m, kengligi 2—2,5 sm bo‘ladi. Devori
uzunasiga va aylanasiga joylashgan silliq muskullardan tashkil topgan.
Bu muskullar ichakning mayatniksimon va peristaltik (to‘lqinsi-
mon) harakatini ta’minlaydi. Ichakning mayatniksimon harakati
natijasida ovqat moddalari ichak shirasi bilan aralashadi. Bu ovqatning


70
parchalanib, hazm bo‘lishini ta’minlaydi. Ichakning  to‘lqinsimon
harakati ovqat moddalari ichak bo‘shlig‘i bo‘ylab yuqoridan pastga
tomon siljishini ta’minlaydi. Ingichka ichak devoridagi bezchalardan
ajraladigan  enterokinaza, liðaza  fermentlari  ovqat hazm bo‘lishida
ishtirok etadi.
Ichak shilliq qavatida vorsinkalar bor. Ular juda murakkab
tuzilishga ega bo‘lib, qon va limfa tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan.
Ichak shilliq qavatining 1 mm sathida 30—40 ta, ichakning butun
yuzasida esa 4 millionga yaqin  vorsinka  bo‘ladi  (45- rasm).
Vorsinkalar ovqat moddalarini ichak devorida hazm bo‘lishini
ta’minlaydi. Buni akademik A.I. Ugolev aniqlagan. Parchalangan
ovqat vorsinkalar orqali qon va limfa tomirlariga so‘riladi.
Yo‘g‘on ichak 
ingichka ichakning davomi bo‘lib, uning uzunligi
katta odamda o‘rtacha 1,5 m. U qorin bo‘shlig‘ida ingichka ichakning
atrofini o‘rab turadi. Yo‘g‘on ichak quyidagi qismlarga bo‘li-
nadi: 1) ko‘richak va uning chuvalchangsimon o‘simtasi (appendiks);
2) ko‘tariluvchi chambar ichak; 3) ko‘ndalang chambar ichak;
4) tushuvchi chambar ichak; 5) sigmasimon ichak; 6) to‘g‘ri ichak.
Yo‘g‘on ichak shilliq pardasida vorsinkalar bo‘lmaydi. Yo‘g‘on
ichakda, asosan, suv, mineral tuzlar so‘riladi. Bu yerda ovqat
qoldig‘i quyilib, najas sifatida to‘g‘ri ichak orqali tashqariga
chiqariladi.

Download 2,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish