Muvozanat organi funksiyasining buzilishi.
Muvozanat
organining funksiyasi har xil kasalliklar, shikastlanish hamda
bu organning yoshlikdan chiniqtirilmaganligi tufayli buziladi.
Odam harakati biroz tezlashganda, aylanganda, tebranganda,
transportda yurganda bosh aylanishi, ko‘z tinishi, yurak urishi
tezlashishi, qon bosimi pasayishi, rang oqarishi, ko‘ngil aynishi
va qusishi, ba’zan esa hatto hushidan ketishi mumkin.
Vestibular analizatorni chiniqtirish tadbirlarini yoshlikdan
boshlash zarur. Bolani beshikda va belanchakda tebratish, so‘ngra
velosiðedda yurishni mashq qildirish, karuselda aylanish, suvda
suzish, yugurish, sakrash, gimnastika mashqlari va sport o‘yin-
lari bilan shug‘ullanish, raqsga tushish kabilar bu organni
chiniqtiradi.
1.
Muvozanat organining tuzilishi va funksiyasini tushuntiring.
2.
Muvozanat organining funksiyasi buzilganda odamda qanday noxush
belgilar paydo bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |