Òerining tana harorati doimiyligini saqlashdagi funksiyasi.
Odam va yuksak hayvonlarning tana harorati deyarli doimiy bir
xil saqlanadi, ya’ni 36,2—36,8°C atrofida bo‘ladi. Òashqi mu-
hitning ob-havosi o‘zgarishidan qat’i nazar, sog‘lom odamning
tana harorati yuqorida ko‘rsatilgan darajada saqlanadi.
Ob-havo issiq bo‘lgan vaqtda teridagi issiqni sezuvchi
retseptorlar qo‘zg‘alib, undagi qon tomirlarini kengaytiradi.
Shuning uchun bunday vaqtda odamning terisi qizaradi. Odam
ko‘p terlaydi va teri orqali issiqlik ajralishi ko‘payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |