Miyaning limbik tizimi
Limbik (gumbaz) tizim—bu morfofunksional birlashma bo’lib, oldingi miya po’stlog’ining filogenetik eski bo’limlarini va bir qator po’sloq osti tuzilmalarni o’z ichiga oladi. Ularning emotsional ko’rinishlarga ega xulq atvorni va ularning mavjud subyektiv tajribaga mos kelishini belgilaydigan ichki azolar faoliyatini boshqaradilar.
Limbik tizmnig tarkibiga xid bilish miyasini shakllantiradigan va xid bilish ildizidan , xid bilish do’ngligidan , tiniq to’siqdan va miya po’stlog’iga yondosh yotgan qismlardan (preperiform, periamigdalyar va diagonal soxalar) tuzilgan qadimgi po’sloq (poleokorteks) kiradi. Uning tarkibiga yana eski po’stloq (arxikorteks) kirib, u evalyutsiya jarayonida chakka bo’lagiga surilgan gippokamp(ammon shox), tishli fatsiya, gippokampning asosi va qadoqli tana ustida joylashgan belbog’ burmalar kabilarni birlashtiradi.
Limbik tizimga po’stloqosti tizimlaridan , chakka bo’lakchalarining medial devorlarida joylashgan bodomsimon majmua va miya to’siqlarining yadrolari kiradi.
Bodomsimon yodroning xulq atvorni idora qilishdagi ro’li. Limbik tizim va emotsiya, emotsianal xotira.
Limbik tizimni xissiyotlarni shakllantirishda qatnashadigan bo’limlar ichida bodomsimon majmua va belbog’ burmalar ko’proq ro’l o’ynaydi. Tajribalardan malumki , makaka maymunining ikki tamonidagi chakka soxalari bodomsimon tana va gippokamp bilan birgalikda olib tashlansa , ularda tajovuzlik yo’qolib vazmin va ishonuvchan bo’lib qolishgan , giperoralizm holati, yani har qanday notanish predmetni og’izga solish kuzatiladi. Xayvonlarda giperseksuallik kuchayib , boshqa turdagi hayvonlar va va jonsiz predmetlar bilan ham jinsiy aloqa qilish ham kuchayadi. Operatsiyadan keying davrda, sensor axborotni chakka soxalardan gipotalamusga uzatishning buzilishi oqibtida , xayvonlar psixik ko’rlik sindromi hosil bo’ladi. Xayvonlar ko’rish eshitish va axborotlarni to’g’ri qabul qilish qobiliyatini yo’qotadi va bu axborotning ularning xissiy kayfiyati bilan bog’liq bo’lmaydi. Odamlarda ham miyaning chakka soxasi shikastlansa shunga o’xshash o’zgarishlarni kuzatish mumkin. Ular yaxshi tanish bo’lgan odam va narsalarni birinchi marta ko’rayotgandek bo’lishadi. Narsalarni nimaga kerak ekinligini ham tushuna olmaydi ,qo’liga nima tushsa og’ziga solidi.Atrofdagi odamlar va bo’layotgan voqealarga befarq qaraydi. Nomalum hatti harakatlar qiladi. Demak limbic tizm xotirani saqlash jarayonlarida ishtirok etadi. Chakka va bodomsimon soxalarda xissiyot va xatti xarakatlarni shakllanishiga javobgar asab tizimlari mavjud bo’lib , ularda asoan ko’ruv va eshituv analizatorlari orqali tashqi muxitdan tushgan malumotlar xotiradagi malumotlarga taqqoslansa kerak. Taqqqaslash esa malumotlarni organism uchun ahamiyatini baxolash imkonini beradi va bogomsimon tana orqali oldingiga o’xshash sharoitda organism uchun foydali bo’lgan xissiyotlarni yuzaga chiqaradi,. Xulosa qilib aytganda , gippokamp xotira jarayonlarida malum bir ro’lni o’ynaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |