evolyutsion taraqqiyotida paydo bo’lib, rivojlangan va takomillashgan. Zoologik
silsilasining qo’yi bosqichlarida turadigan ko’pchilik hayvonlar (hasharotlar, baliqlar,
baqalar va boshqalar) ham rang ko’rishga qodir ekanligi tekshirishlar tufayli
isbotlangan.
Jumladan, asalarilarning to’rt, toshbaqalarning uch xil rangni ajrata
olishi isbotlangan. Ammo past taraqqiy etgan hayvonlarda rang ko’rish uncha
takomiliga yetmagan. Shu sababli ular rangni ajratishda tez adashadi. Sut
emizuvchilardan rang ko’rish qoramolda, ayniqsa, otlarda yaxshi rivojlangan, boshqa
qishloq xo’jalik hayvonlari
ham rangni yaxshi ajratadi, deb taxmin qilinadi. Otlar
mavjud ranglarning hammasini, qoramollar esa to’rtasini - qizil, yashil, kuk va sariq
ranglarni payqay oladi. Rang ko’rish ma'lum uzunlikdagi elektromagnit to’lqinlar,
ya'ni har xil nurlar ko’zga, to’r pardaga tushganda yuzaga chiqadi. Masalan, ko’zga
to’shayotgan elektromagnit to’lqinlari 620-760 mlmk (milli mikron uzunlikda bo’lsa
narsa qizil, 510-550 mlmk uzunlikda bo’lsa yashil, 480-510 mlmk uzunlikda
bo’lganda esa kuk bo’lib ko’rinadi. Rang ko’rishda to’r
pardadagi kolbachalar
ishtirok etadi. Rang ko’rishni tushuntiradigan bir qancha nazariyalar bor. 1791 yili M.
V. Lomonosov tomonidan maydonga qo’yilgan, keyinchalik T. Jung va
G.Gelmgoltslar asoslagan uch komponentli rang ko’rish nazariyasi hozir ham qisman
tan olinadi. Bu nazariyaga ko’ra, to’r pardaga uch xil kolbachalar bor. Shu
kolbachalarning har bir xilida ma'lum uzunlikdagi yorug’lik nurlari ta'sirida
parchalanadigan moddalar bor,
jumladan, birinchi xil kolbachalarda qizil rangli,
ikkinchi xil kolbachalarda yashil rangli, uchinchi xilida
esa binafsha rangli nurlar
ta'sirida parchalanadigan moddalar bo’ladi. Istalgan rangdagi narsalardan kelayotgan
nurlar birdaniga barcha kolbachalardagi moddalarga ta'sir ko’rsatadi. Biroq bu vaqtda
hamma kolbachalardagi moddalar bir xilda parchalanmaydi. Shu reaksiyalar tufayli
hosil bo’lgan qo’zg’alish kolbachalardan ko’rish nervi orqali po’stloqqa uzatiladi,
po’stloqda analiz va sintez qilinganidan so’ng belgili rangni ko’rish
hissi paydo
bo’ladi. Hozirgi vaqtda zamonaviy asboblar yordamida o’tkazilayotgan tekshirishlar
uch komponentli nazariyaning ozmi-ko’pmi to’g’riligidan darak bermoqda. Bu
nazariyadan tashqari rang ko’rishni tushuntirishga harakat qilib, boshqa nazariyalar
ham
yaratilganki, Bularni R. Granit, E. Gering, G. Xartrij va boshqalar ishlab
chiqqan. Uch komponentli nazariya va hozirgacha ma'lum bo’lgan boshqa hamma
nazariyalar rang ko’rish jarayonining u yoki bu tomonlarini ozmi-ko’pmi
ochib
bersa-da, ammo uning mohiyatini to’la tushuntirib bera olmaydi.
Ikki ko’z bilan (binokulyar) ko’rish
.
Odatda buyum bir vaqtda ikki ko’z bilan
ko’rilganda uning tasviri har ikkala ko’z to’r pardalarining simmetrik, bir-biriga mos
nuqtalariga tushadi. Shu sababli u bitta bo’lib ko’rinadi. Agarda buyum tasviri har
ikkala ko’z to’r pardasining bir-biriga nosimmetrik
nuqtalarida tushganida edi, bu
vaqtda u ikki ko’zga alohida-alohida, ya'ni ikkita bo’lib ko’ringan bulardi.
Binokulyar ko’rish katta ahamiyatga ega. Ikki ko’z bilan ko’rilganda ko’z o’tkirligi
kuchayib, ko’rish maydoni kengayadi. Buyumlar to’la, atroflicha ko’riladi, ularning
shakli, qancha masofada turganligi to’g’risida aniqroq tasavvur hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: