Internet manbalari 1. r.medulka.ru/fiziology 2. http://medun iver.com/Medical/Book 44. him I 3. www. Ziyonet. 4. www. Pedogog. Uz.
BuxDU Agronomiya va biotexnologiya fakulteti Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi o’qituvchisi Nodira Azizovaning “Odam va hayvon fiziologiyasi” fanidan “Mustaqil ishlarni tashkil etishi” bo’yicha tayyorlagan uslubiy ko’rsatmasiga
T A Q R I Z
Mustaqil ish talabalarni kasbiy va maxsus fanlar bo’yicha nazariy va amaliy ishlarini mustaqil bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantiradi, shu bilan birga talabalarda fikrlash va ijodkorligini oshirish axborot kommunikatsion texnologiyalari bilan mustaqil ishlash qobiliyatlarini yuksak darajada olib chiqishga xizmat qiladi.
O’qituvchisi Azizova Nodira “Odam va hayvon fiziologiyasi” fanidan talabalarning mustaqil ishini tashkil qilish va talaba uchun o’z bilimini sinash va amalda ishlash yo’l-yo’riqlari, shu bilan bir qatorda mustaqil soatlar dastur va o’quv rejaga asoslanib, mavzular tanlanib, mavzuga doir vazifa va topshiriqlar, mashg’ulot turi, mashg’ulot manbai va adabiyotlar, talabaning o’zlashtirishi maxsus jadval ko’rinishiga keltirilgan.
Bugungi kunda talaba yoshlarni mustaqil bilim olishga o’rgatishga bog’liq bo’lgan nafaqat biologiya, balki boshqa fanlardan ham fan o’qituvchilari mustaqil ish rejalarini ishlab chiqarishlari lozim.
Azizova Nodiraning “Odam va hayvon fiziologiyasi” fanidan tuzgan ishlanmasidan boshqa fan o’qituvchilari ham foydalanishlari hamda uni uslubiy ko’rsatma sifatida foydalanishlariga tavsiya etaman.
Taqrizchi:
Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi o’qituvchisi: Safarova Z.T.
BuxDU Agronomiya va biotexnologiya fakulteti Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi o’qituvchisi Nodira Azizovaning “Odam va hayvon fiziologiyasi” fanidan “Mustaqil ishlarni tashkil etishi” bo’yicha tayyorlagan uslubiy ko’rsatmasiga
T A Q R I Z
Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi o’qituvchisi Azizova Nodira Abduvaxitovnaning “Odam va hayvon fiziologiyasi” fanidan tayyorlangan “Mustaqil ishlarni tashkil etish” bo’yicha uslubiy ko’rsatmasi biologiya ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun ko’rsatma sifatida tayyorlangan bo’lib, o’quv dastur va o’quv rejaga asoslanib, mavzular va mavzular soati to’g’ri tanlangan. Mavzuga doir vazifa va topshiriqlar, mashg’ulot turi, mashg’ulot manbai va adabiyotlar berilgan, talabaning o’zlashtirishi uchun reja maxsus jadval ko’rinishiga keltirilgan.
O’rganilishi kerak bo’lgan mavzular ixchamlashtirilgan sistemali yaxlitlab mavzuning mohiyati ko’rsatib berilgan. Mustaqil ish to’g’ri rejalashtirilgan, mustaqil ishning tashkil qilishda o’qituvchi va talabalar tomonidan bajarilishi kerak bo’lgan ko’rsatmalar ochib berilgan. Baholash mezoniga ham to’xtalib o’tilgan.
Talabalarga mustaqil ishlarni bajarishda ko’maklashish: talaba uchun o’z bilimini sinash, amalda ishlash yo’l-yo’riqlari, shu bilan bir qatorda fanlar bo’yicha nazariy va amaliy ishlarini mustaqil bajarish uchun zarur bo’lgan adabiyotlar, ilmiy manbalardan foydalanish, axborot kommunikatsion texnologiyalari bilan mustaqil ishlash qobiliyatlarini yuksak darajaga olib chiqishga xizmat qiladi.
Azizova Nodira “Odam va hayvon fiziologiyasi” fanidan tuzgan ko’rsatmasidan talabalar va o’qituvchilarga uslubiy ko’rsatma sifatida foydalanishlariga tavsiya etaman.
Taqrizchi:
Buxoro Tibbiyot instito’ti dotsenti: B.O.Komilova
Do'stlaringiz bilan baham: |