beshinchidan,
odam
savdosining
jabrlanuvchilaridan
shaxslarini
tasdiqlovchi, shuningdek qonuniy bo’lish huquqini beruvchi boshqa hujjatlari olib
qo’yiladi. Odam savdosi bilan shug’ullanuvchi shaxslar o’z “kir-dikorlar”ini
yashirish maqsadida bunday savdoning qurboniga aylanayotgan shaxslarni imkon
qadar e’tibordan chetda tutishga harakat qiladilar. Avvalo, buning uchun odamlarni
xorijga noqonuniy yo’llar bilan olib chiqishga, pasport va shaxsiy hujjatlarini
qalbakilashtirishga urinadilar. Bu holat esa noqonuniy migrastiya salmog’ining
ortishiga, muayyan davlat xududiga noqonuniy kirib kelganlar sonining ortib,
iqtisodiy, demografik va kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko’rsatishiga, shu bilan
bir qatorda, xorijga chiqish va muayyan davlat hududida bo’lish qoidalarining
buzilishiga olib keladi.
Mamlakatimizda odam savdosi, shaxsning erki va huquqlarini poymol etish,
zo’ravonlik, fohishabozlik qonun yo’li bilan taqiqlab qo’yilgan bo’lsada, keyingi
paytlarda soddadil fuqarolarni chet elga ishlashga olib borish niqobi ostida ularni
chuv tushurayotgan firibgarlar uchrab turibdi. Ular turli yo’llar bilan fuqarolarni
xorijiy davlatlarga olib borib, ulardan shahvoniy va boshqa maqsadlarda
foydalanish hollari so’nggi paytlarda ko’plab qayd etilmoqda.
Kishilar qonuniy tarzda chet elga borish va ishga joylashishdagi vositachilik
bilan bog’liq xavfni tushunib etmagan va chet elda ishga joylashish vaziyati
to’g’risida deyarli hech narsa bilmagan holda o’zlarini ushbu turdagi xatti-
harakatlarni sodir qiluvchi shaxslarning engil o’ljasiga aylanib qolish xavfi ostiga
qo’ymoqdalar.
Bugungi kunda chet elga borishni xohlovchilarning asosiy qismi noqonuniy
yo’llar bilan chiqib ketishni o’zlariga afzal ko’rishmoqda. Natijada turli
qiyinchiliklar, muammolarga duch kelmoqda. Umrida mahallasidan tashqariga
chiqmagan odamlar kimlarningdir aldovi, yolg’oniga uchib, bor budini sotib, katta
pul bilan chet elga ketyapdi. U erda esa tilni va yo’l yo’riqlarni bilmasligi, eng
muhimi, noqonuniy ravishda kelganligi va huquqiy himoyasiz bo’lganligi uchun
57
qul sifatida ishlatilmoqda. Bir so’z bilan aytganda, ayrim yurtdoshlarimiz
soddaliklari tufayli odam savdogarlarining o’ljasiga aylanib qolganliklarini juda
kech anglab tushunib etmoqdalar.
Odam savdosi transmilliy uyushgan jinoyatchilik uchun nihoyatda tez
rivojlanayotgan va juda daromadli faoliyatga aylandi. Odam savdosi jinoyatchilar
uchun serdaromad manba bo’lganligi uchun ushbu toifadagi jinoyatlar asosan
uyushgan guruh va jinoiy uyushmalar tomonidan sodir etilmoqda. Shuning uchun
jinoiy tuzilmalar ushbu noqonuniy faoliyat bilan shug’ullanishning turli yo’llarini
qidirish, maqsadini amalga oshirishni engillashtirish uchun xalqaro jinoiy
uyushmalar tashkil etish, davlat xizmatchilarini o’zlariga og’dirish payida
bo’ladilar. Bu esa, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, korrupstiya kabi jamiyatni
zamiriga bolta uruvchi xavfli illatlarning keng yoyilishiga sabab bo’ladi.
Odam savdosi bilan bog’liq jinoyat ishlarini o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki,
ayollardan fohishalik maqsadida foylanish bilan shug’ullanuvchi uyushgan jinoiy
guruhlar faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
birinchidan, ayollarni fohishabozlik uchun yollash bilan shug’ullanuvchi
jinoiy guruhlarda ishtirokchilarning rollari taqsimlangan, bu guruhlar tarkibi
vaziyatga qarab o’zgartirilib turiladi, vaqti-vaqti bilan bu jinoiy guruhlarga yangi
ishtirokchilar qo’shiladi yoki ajralib chiqadi;
ikkinchidan, ushbu jinoiy guruhlarning ma’lum bir a’zolari fohishabozlikka
yollanayotganlarning aksariyat qismini engil tabiatli hamda engil hayot kechirishga
o’rgangan qizlar ichidan, turmushi buzilgan yosh ayollar ichidan tanlashadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |