birinchidan, odam savdosining jabrlanuvchilari zo’ravonlik yoki uni qo’llash
tahdidi yordamida nazorat qilinadi. Ular aksariyat hollarda, shafqatsiz jismoniy,
jinsiy yoki ruhiy munosabat bilan to’qnash kelishadilar;
ikkinchidan, odam savdosining jabrlanuvchilari tutqunlik holatida bo’ladilar.
Ular o’z irodasiga qarshi holatda mehnatning majbur qilingan turi bilan
shug’ullanadi va vaziyatni o’z xohishiga ko’ra o’zgartira olmaydi, shuningdek,
mehnat joyida ular majburiy ravishda ushlab turiladi va doimiy kuzatuv
o’rnatilganligi sababli ish joylarini tark eta olmaydilar;
Do'stlaringiz bilan baham: |