Ektodermadan yoki embrionning tashqi varag’idan butun nerv tizimi, teri epidermiyasi va bezlari, tirnoqlar, soch, tishning emali, so’lak bezlari, tilning va xalqumning shilliq qavatlari hosil bo’ladi.
Endodermadan yoki embrionning ichki varag’idan xazm tizimi shilliq pardasining epiteliy qatlami, siydik qopi, nafas olish tizimi, ba’zi bir ekzokrin va endokrin bezlar hosil bo’ladi.
Mezodermadan yoki embrionning o’rta varag’idan biriktiruvchi to’qimaning hamma turlari xususiy biriktruvchi to’qima, tog’ay va suyak to’qimalari rivojlanadi. Shuningdek, limfa tizimi, siydik ajratish tizimining kanallari, tuxumdon va urug’donlar hosil bo’ladi. Embrionning keyingi rivojlanish bosqichlari turli organlar va tizimlar shakllanishi bilan ifodalanib, u tez o’sadi va tug’ilgandan keyin ontogenezning ikkinchi bosqichi tug’ilishdan keyingi davr boshlanadi.
Odam hayotini yoshga qarab, turli bosqichlarga ajratiladi. 1906 yilda N.P.Gundobin tomonidan birinchi marotaba «Har xil yoshdagi bolalarning xususiyatlari» nomli asarida ontogenezning davrlarga bo’linishi belgilangan. 1921 yilda nemis olimi M.Shtrats ontogenezni davrlarga bo’lishda tanani bo’yiga qarab o’sish muddatlarini jinsiy bezlarning yetilishini asos qilib oldi. Bundan tashqari, V.B.Bunak, D.Grimm, M.S.Maslov, A.V.Nagorniy va A.F.Tur tomonlaridan ham bir nechta sxemalar yaratildi. 1960 yilda A.V.Nagorniy tomonidan ontogenezning postnatal yoki tug’ilishdan keyingi taraqqiyotini uch davrga ajratishni tavsiya etgan.
-
O’sish davrida butun morfologik, fiziologik va bioximik tizimlari shakllanadi;
-
Yetilish davri – bunda organizmning butun biologik xususiyatlari to’liq yetiladi, rivojlanadi va ma’lum vaqt mobaynida o’zgarmaydi
-
Keksayish davri – bu tana hajmlari kichiklashadi, ma’lum fiziologik funksiyalari sustlashadi.
Odam ontogenezini davrlarga ajratishda uning faqat ayrim morfologik, fiziologik yoki bioximik xususiyatlariga balki, ijtimoiy faktorlar va biologik xususiyatlarini ham hisobga olib tushuntirish kerak bo’ladi.
1.4. 1965 yilda mashhur antropolog V.V.Bunak odamning biologik yoshini aniqlashda ontogenez jarayonini 3 ta bosqichdan, ya’ni progressiv, barqaror va regressiv bosqichlardan iboratligini ko’rsatdi.
Progressiv bosqichda tana bo’yiga qarab aktiv o’sadi. Organizmda qurilish jarayonlari yemirilish jarayonlariga nisbatan ustunlik qiladi. Miqdoriy va sifatli o’sish to’xtashi bilan bosqich tugallanadi.
Barqaror bosqichda organizmning funksional ko’rsatkichlari ma’lum bir stabel holda o’zgarmaydi, teri osti yog’ qatlami qalinlashadi, tananing umumiy vazni oshadi.
Босqич
|
Дavr
|
Yosh
|
Erkak
|
Ayol
|
Embrional sikl
|
Progressiv bosqich
|
Embrional chegara
|
Erta
O’rta
Kech
|
0-8
8-16 hafta
4-6
8-10
|
Tug’ilishdan keyingi sikl
|
|
Chaqaloqlik davri
Birinchi bolalik davri
Ikkinchi bolalik davri
O’smir bolalik davri
Yoshlik davri
|
Erta
O’rta
Kech
Erta
Kech
Erta
Kech
|
1-3 oy
4-6 oy
7-9
10-12
1-4 yosh
5-7 yosh
8-10 8-9 yosh
11-13 10-12
14-17 12-16
18-21 17-20
|
Barqaror bosqich
|
Katta yoshga o’tish davri
Yetilish davri
|
Birinchi
Ikkinchi
Birinchi
Ikkinchi
|
22-28 21-26
29-35 27-32
36-45 33-40
46-55 41-50
|
Regressiv bosqich
|
Keksayish davri
Qarish davri
O’ta qariyalik davri
|
Birinchi
Ikkinchi
Birinchi
Ikkinchi
|
56-63 51-57
64-70 58-63
71-77 64-70
78-83 70-77
84 78
|
Do'stlaringiz bilan baham: |