Odam genetikasi


Genlarning ko'p tomonlama ta'siri. Pleyotropiya



Download 254 Kb.
bet6/6
Sana01.03.2022
Hajmi254 Kb.
#476533
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oilaning genezisi va uning faoliyati

Genlarning ko'p tomonlama ta'siri. Pleyotropiya. Biz yuqorida bitta belgining rivojlanishiga bir qancha genlarning ta'sirini ko'rib chiqdik. Shu bi-lan birga bitta genning bir qancha belgining rivojlanishiga ta'siri ham aniqlan-gan. Bu hodisa pleyotropiya deb ataladi. Pleyotropiya hodisasi tabiatda keng tar-qalgan bo'lib, katta ahamiyatga ega. Bu hodisa o'simliklar bilan hayvonlarning ko'p genida uchraydi. Misol uchun genetik jihatdan yaxshi o'rganilgan dro-zofila meva pashshasining ko'zlarida pigment bo'lmasligini belgilaydigan gen pushtlilikni kamaytiradi, ba'zi ichki organlar rangiga ta'sir ko'rsatadi va ha-yotchanligining qisqarishiga sabab bo'ladi.
Gulli o'simliklarda gullarning to'q qizil rangda bo'lishini ta'min etuvchi gen ularning poya va shoxlarining ham to'q qizil rangda bo'lishiga daxldordir. Tovuqlarda masalan, jingalak patli zotlar uchraydi. Bunday pat tovuq tanasiga yopishib turmaydi, ko'pincha sinib ketadi. Bu bilan tovuq tanasidan tashqi muhitga ko'p issiqlik tarqaladi, ovqat hazm qilish, yurak-tomir faoliyatining ishi buziladi. Bular esa tovuqning nasl qoldirish xususiyatiga va hayotchanligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Ba'zi bir genlarning pleyotrop ta'sirida organizmdagi turli organlarning rivojlanishida katta o'zgarishlar ro'y beradi, natijada ular nobud bo'ladi. Bun-day genlar letal, ya'ni halokatga olib keluvchi genlar deb ataladi. Misol uchun: sichqonlarda jun rangining sariq va qora bo'lishi bir juft allel genlarga (A-a) bog'liq. Bu gen resessiv gomozigotali (aa) holatda bo'lsa, sichqon junining rangi qora bo'ladi. Juni sariq rangda bo'lgan sichqonlar doimo geterozigota (Aa) holatda bo'ladi. Sariq sichqonlar orasida dominant gomozigotali (AA) formalari butunlay uchramaydi. Buning sababi junning sariqliligini ta'min etuvchi gen dominant gomozigotali holatida organizmning nobud bo'lishiga olib keladi.
Quyidagi tajribaning natijasi buning isboti bo'ladi. Tajribada sariq, geno-tipli (Aa) ota-ona sichqonlar o'zaro chatishtirilgan. Ularning avlodida sariq va qora rangli sichqonlar hosil bo'ldi. Lekin ularning miqdoriy nisbati odat-dagicha 3:1 emas, balki 2:1 holatida bo'ldi. Buning sababi dominant gomozig­otali (AA) sichqonlar embrional rivojlanish davridayoq nobud bo'ladi. De-mak, gomozigota dominant gen letal xususiyatga ega, ya'ni organizmning nobud bo'lishiga olib keladi. Turli-tuman o'simliklar, hayvonlar, mikroor-ganizmlar irsiyatini o'rganish bo'yicha genetikada hozir to'plangan g'oyat katta materiallar genlarning ko'p tomonlama ta'sir ko'rsatishidan dalolat be­radi. Genlarning o'zaro hamda ko'p tomonlama ta'sir etishi xususida kelti-rilgan ma'lumot va kuzatuvlar organizm irsiy asosi - genotip tabiati to'g'risidagi bilimlarni chuqurlashtirishga imkon beradi. Duragaylar avlodida-gi ajralish ma'lumoti genotip bir-biridan ajraladigan va mustaqil ravishda nasldan-naslga o'tib boradigan — genlardan tarkib topadi, deb ta'kidlashga imkon beradi. Shu bilan birga genotip yaxlit bo'ladi va uni ayrim genlarni shunchaki mexanik yig'indisi, deb qarash mumkin emas.Genotipning ana shunday yaxlitligi tur evolyutsiyasi jarayonida tarixan tarkib topgan bo'lib, awalo ayrim tarkibiy qismlari (genlar)ning doim bir-biriga yaqindan o'zaro ta'sir etib turishi bilan ifodalanadi. Organizm belgilari-ning rivojlanib borishi ko'pgina genlarning o'zaro ta'siriga bog'liq bo'ladi, har bir gen esa ko'p tomonlama ta'sir etadi va organizmning bir emas, balki ko'pgina belgilarining rivojlanishiga ta'sir qiladi.
Oila dastlabki ahloqiy tarbiya maskani
Insonning hayoti va turmushida, ayniqsa, yosh avlodning kamolot topishida, axloqiy voyaga yetishida oilaning o’rni va vazifasi beqiyosdir. Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek: "Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf - odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, xis etadi". Yutrboshimiz yana uqtirganidek: "Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, eng qimmatli an’analar: halollik, rostgo’ylik, or - nomus, sharmu - xayo', mehru - oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan". Bas shunday ekan, oila va nikoh nima, ularning mohiyati, maqsadi va ahamiyatini bilish har bir fuqaro, har bir bo’lajak mutaxassis, yosh avloddan tortib keksa kishilargacha bilishi zarur va muhimdir.
Xo’sh, oila va nikoh nima? Oila so’zinivg lug’aviy ma’nosi haqida har xil nuqtai nazarlar bor. Masalan, Rimliklarda "oila" so’zi (familia) dastlabki mulk egasiga bo’ysunadigan shaxslar (bu shaxslar mulkining bir qismi hisoblangan; mulk egasining o’z bolalari, xotini, asir, sotib olingan yoki meros bo’lib o’tgan qullar ham hisobga kirgan) majmuini bildirgan. "Ota" so’zi ham dastlab hozirgi ma’nodaga otani emas, balki o’ziga qarashli oilaning xo’jasi yoki egasi degan so’zni anglatgan. "Oila"ning lug’aviy ma’nosi boshqa bir manbaada quyidagicha izohlanadi: "Oila asli arabcha "ayolmand, niyozmand" ma’nolarini anglatuvchi “oil” so’zidan chiqqanligi "Farxangi zaboni tojikiyda qayd etilgan. "O’zbek tilining izohli lug’ati" da ham bu so’zning arabchaligi ta’kidlanib, "er-xotin, ularning bola - chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon" ma’nosidagina izohlanadi. Har ikkala izohda ham so’zdagi ma’no yuki onalik bulog’idan suv ichgan holda shakllanganligi yetarli ifodalanmagan.
"Oila" so’zining lug’aviy ma’nosi uning mohiyatini anglashda va ta’kidlashda muhim negiz bo’ladi. Adabiyotlarda oilaning turli ta’riflari mavjud. Shundan eng mukammali quyidagidir: Oila - kishilarning tabiiy-biologik (jinsiy munosabatlar, bola tug’ish), iqtisodiy (mulkiy munosabatlar, uy - ro’zg’orni boshqarish), huquqiy (masalan, nikohni davlat yo’li bilan qayd etish), ma’naviy (er - xotin, ota - ona va bolalar o’rtasidagi mehr - muhabbat tuyg’usi va boshqa) munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligi"1. Professor A. Ortiqovning ma’ruza matnlarida, yosh olima F.Primovannng oila haqida quyidagi Yanada mukammalroq ta’rifi keltirilgan: "Oila jamiyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida, uning davomiyligini ta’minlovchi tabiiy - biologik, ijtimoiy ehtiyojlarning qonuniyati asosida shakllanib, takomillashgan kishilarning ijtimoiy - iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy - axloqiy munosabatlariga asoslangan barqaror ijtimoiy birligidan iborat"2. Darhaqiqat, oila er - xotin, ularning bola - chaqalari, eng yaqin tug’ishganlaridan iborat kishilar guruhi, boshqacha aytganda xonadonidir. Chunki oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkaknnng o’zi yoxud bir ayolning o’zi oila bo’la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila er - xotindan tashqari erning ota - onasi, ya’ni qaynota va qaynonalar, farzandlar, uka va singillardan iborat ko’p bo’g’inli xonadon. Uning har bir a’zosi o’z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga buysunib yashaydi. Shu ma’noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o’z saltanati bor: Bunda minglab tasodiflar jarayonida er - xotin muhabbati sinovdan o’tadi, shu sinov jarayonida ular bir - birlarini chuqurroq tushuna boradi, bir - birlarini qadrlashni o’rniga qo’yadigan bo’ladi, bir - birlariga kechirimli bo’lishadi, er - otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarni tarbiyalab elga qo’shadi, orzu - xavas ko’radi. Shu manoda oila inson hayotiga to’kislik bahsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi. Oila ana shu asoslarga tayangan holda kishilik tafakkuri va ijtimoiy harakatining ulug’ kashfiyoti bo’ldi. Demak, oila-jamiyatning asosiy bo’g’ini, yacheykasi bo’lib, unda er - xotinlik, ota - onalik, farzandlarning va tug’ishganlarning o’zaro shaxsiy qarindoshlik va mulkiy maqsadlari, manfaatlari va huquqlari bilan bog’liq munosabatlar mujassamlashgandir. Kishilar uchun muqaddas dargox bo’lgan oila insonlarning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy munosabatlari zamirida vujudga keladi. Albatta oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi. Bu jarayonda eng avvalo ikkala jins o’rtasidagi kelishuv, ya’ni nikoh asosiy rol o’ynaydi. Chunki oila taqdiri rasmiy - nikohiy tus olishidan boshlanadi, shundagina er - xotin oldida, xotin er oldida, ular ota - ona sifatida farzandlaru qavm - qarindoshlar, mahalla - ko’y, qisqasi jamiyat oldida, o’z navbatida farzandlar ham o’z ota - onalari va el oldida ma’suliyat sezadilar va burchli ekanliklarini his etib yashaydilar.
Xo’sh, nikoh nima? Nikoh ham arabcha so’z bo’lib, "O’zbek tilining izohli lug’ati"da: Er - xotinlikni shariat yo’li bilan rasmiylashtirish marosimi va shu marosimda domulla tomonidan o’qiladigan shartnoma ma’nosiga ega ekanligi qayd etilgan". Boshqa lug’atlarda ham nikoh "Er - xotinlikning yuridik (huquqiy) ravishda rasmiylashtirilgan oilaviy ittifoqi, "nikoh ahdi", "er-xotinlik, uylanish" ma’nolarida ishlatilgan.1 Nikoh to’g’risida ham turli ta’riflar bor. Shundan eng ma’quli quyidagi ta’rifdir: "Nikoh ikki jinsdagi shaxslarning oilaviy munosabatlarda ishtirok etish uchun o’zaro ahdlashuvidir".2 Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYO) bo’limida to`ziladi va rasmiylashtiriladi. Demak, nikoh - oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, erkak bilan ayolning bir - biriga va bolalariga, ya’ni bir oilaga mansub kishilarning bir - birlari oldida va jamiyat oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini belgilaydigan oilaviy ittifoqidir. Demak, oila nikoh asosida vujudga keladi. Lekin oila va nikoh aynan bir tushunchalar emas. Oila - nikoh va qon-qardoshlik bilan bog’langan kishilarning tarixan shakllangan ittifoqidir, eng avvalo, er va xotin, ota - onalar bilan bolalar o’rtasidagi munosabatlardir. Nikoh - oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, bir oilaga mansub kishilarning, eng avvalo, er va xotinning va farzandlarning bir -birlari oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini ifodalaydi.
Oila va nikoh tarixiy hodisa bo’lib, ular jamiyatning kelib chiqishi va taraqqiyotida azaldan mavjud bo’lmagan. Oilaning kelib chiqishi hali batamom oydinlashtirilgan emas. Bu to’g’rida turlicha nuqtai - nazarlar mavjud. Mutaxassislarning aksariyatining fikricha, oila va nikoh munosabatlarining evolyutsiyasi quyidagicha yuz bergan: Ibtidoiy tuzumning avvalida (ilk va so’nggi paleolit chegaralarida) umuman oila va nikoh bo’lmagan, u davrda promiskutet deb nomlangan tartibsiz jinsiy aloqalar odati hukm surgan, ya’ni to’dadagi har bir ayol barcha erkaklarniki va har bir erkak barcha ayollarniki hisoblangan. Keyin bu aloqalar o’rnini guruhiy nikoh egallagan. Guruhiy nikohda bir urug’dagi hamma erkaklar boshqa urug’ning barcha ayollariga er bo’lish huquqiga ega bo’lganlar. So’ngra esa mazkur jamiyat oilasining asosiy shakli sifatida juft oila paydo bo’lgan. Juft nikohda esa er - xotin hisoblangan erkak va ayol o’z urug’larida yashagan. Bu oila qarindoshlikni ham ota tomonidan (otalik davri), ham ona tomonidan (onalik davri) hisoblab borgan, lekin bu oilalarda hali er - xotin nikohi barqaror, alohida xo’jalikka ega emas edi. Bu davrda (bronza davri boshlanishi va temir davrida) tabiiy faktor o’z vazifasini tugalladi, ya’ni jinsiy munosabatlar doirasida qon qardoshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatlariga aylangan nikohda xotin er bilan yashash uchun uning urug’iga ko’chib o’tgan. Monogam (yakka nikohlik) oila paydo bo’ldi. Nihoyat individual oila bo’lib, bu kichik oilada nikoh er -xotinni hamda ularning bolalarini bir - biri bilan mustahkam bog’laydi. Bu holat xususiy mulkchilik rivojlana boshlab ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilayotgan davrga to’g’ri keladi.
Oila shakllari nikoh xarakteriga qarab ham bir -biridan farq qiladi: 1) Poligam (ko’p nikohlik) va monogam (bir nikohlik) oila; 2) hukmronlik kimning qo’lida bo’lishiga qarab oila patriarxal (ota yoki aka-ukalarning biri tomonidan boshqariladigan) matriarxal (ona tomonidan boshqariladigan), 3) demokratik (er - xotinning tengligiga asoslangan) oilaga bo’linadi. Hozirgi jamiyat oilasi "demokratik" olianing tipik shaklidir.
Mashhur amerikalik faylasuf Jorj SaktaYana (1803-1952) ta’kidlaganidek: "Oila, bu — tabiatning shoh asarlaridan biriga aylandi". Fransuz yozuvchisi V. M. Gyugo (1802-1885): "Oila - jamiyatning duru gavhari", — degan edi. Buyuk tatar olimi Rizouddin ibn Faxruddin (1848-1917) "Oila" asarida Shunday degan edi: "Millatlar sharafini yuqori martabaga ko’taradigan narsa millionlar ila sanalmoqda bo’lgan askarlaru dunyoda eng buyuk va zo’r bo’lgan kemalar emas, balki eng oz e’tibor beradiganimiz, yo bo’lmasa hech bir zamon e’tibor bermasdan keladiganimiz bo’lmish oiladir. Oila nizomsiz bo’lsa, uning yomon oqibati butun millatga ta’sir etar va shu sababdan fazilat yeriga razolat, taraqqiyot o’rniga tubanlik negiz ko’rar. Xudoning o’zi asrasinku, agarda bir millatga bunday hol ro’baru kelsa, u millat kitobining so’nggi varag’i ochulg’usidir"1.
Oila - jamiyat taraqqiyotiga faol ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy hodisadir. Uning eng muhim sotsial vazifalari qatoriga inson zotini davom ettirish, oila a’zolarining turmush maishatini, bo’sh vaqtini qondirishni uyushtirish kabilar kiradi. "Oila haqida gapirar ekanmiz, — deb ta’kidlagan edi Prezidentimiz I. A. Karimov, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf - odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson bo’lib yetishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadagan tarbiya o’chog’i ekanini tan olishimiz darkor". Xullas, oila - jamiyatning eng kichik yacheykasi va asosiy bo’g’inidir. Unda kishilik urug’ini davom ettirish va uni tarbiyalash vazifalari amalga oshiriladi.



Download 254 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish