1. Odamlardagi irsiy belgilarni oʼrganish va ularning qanday irsiylanishini aniqlash.
2. Odamlarda uchraydigan irsiy belgilarni aniqlashda qoʼllaniladigan genetik usullar bilan tanishish.
Tarbiyaviy maqsad:
Genotipning oʼzgarishi bilan yuzaga keladigan kasallikni irsiy kasalliklar deyiladi. Irsiy kasalliklar soni yildan-yilga koʼpaymoqda. Bunga sabab birinchidan irsiy kasalliklarni aniqlovchi zamonaviy usullarning takomillashishi boʼlsa, ikkinchidan atrof-muhitning mutagen omillar bilan ifloslanishidir. Shu sababli har bir shifokorning odam genetikasini oʼrganishning zamonaviy usullarini bilishi va ular yordamida irsiy kasalliklarni oʼrganishi amaliy zarurat hisoblanadi.
Maʼruzada oʼrganiladigan savollar:
1. Odamlardagi irsiy belgilar.
2. Odam irsiyatini oʼrganish usullari.
Genetika-morfologiya, fiziologiya va bioximiya fanlari katorida zamonaviy meditsinani nazariy fundamenti bulib xizmat kiladi. Irsiyat xayotning xamma kurinishlari asosida yotadi. Irsiyat va uzgaruvchanlik bulmaganda evolyutsion jarayon xam bulmas edi. Inson xam – tirik tabiatni uzok davom etgan evolyutsiyasini «maxsuli» dir.
Genetika – tirik organizmlarning eng muhim xossalari bo’lgan irsiyat va o’zgaruvchanlik qonuniyatlarini o’rganadi.
Irsiyat – tirik organizmlarning belgi va xususiyatlarini o’z nasliga o’tkazish xossasidir.
O’zgaruvchanlik – bu tirik organizmlarning ota-onada bo’lgan belgilardan farq qiluvchi yangi belgilarga ega bo’lish xususiyatidir.
Irsiylanish – bu ota-onalardan farzandlarga genetik maʼlumotlarni o’tkazilish jarayonidir.
Zamonaviy genetika fani qator fanlarni o’z ichiga oladi.
Umumiy genetika – irsiyat haqidagi umumiy tushunchalarni va tiriklikning hamma darajalari uchun xos bo’lgan irsiyat va o’zgaruvchanlikni umumiy qonuniyatlarini o’rganadi.
Odam genetikasi – irsiyat va o’zgaruvchanlikni odam populyatsiyasida qanday namoyon bo’lishini, belgilarni normada irsiylanishini va tashqi muhit omillari taʼsirida qanday o’zgarishlar sodir bo’lishini o’rganadi.