Odam anatomiyasi va fiziologiyasi


В - orqa tomondan ko‘rinishi



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/362
Sana31.12.2021
Hajmi5,47 Mb.
#269494
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   362
Bog'liq
Хуррамов

В - orqa tomondan ko‘rinishi: 1-katta dumba muskuli, 2-sonning ikki 
boshli muskuli, 3-tizza osti chuqurcha, 4-tovon (axillov) pay, 5-boldir muskuli, 
6-yarim pay muskul, 7-yarim parda muskul. 


93 
 
Boldir  muskullari  oldingi,  orqa  va  latеral  guruhlarga 
bo‘linadi.Boldirning  oldingi  guruhi  oldingi  katta  boldir,  barmoqlarni 
yozuvchi      va  bosh  barmoqni  yozuvchi  uzun  muskullarga  bo‘linadi. 
Ular  boldir  suyaklari  orasidagi  pardadan,  katta  va  kichik  boldir 
suyaklaridan  boshlanadi.  Oldingi  katta  boldir  muskuli  birinchi  oyoq 
kafti  va  birinchi  ponasimon  muskul  asosiga  birikadi,  oyoq  kaftini 
yozib  uning  chеtini  ko‘taradi.  Barmoqlar  yozuvchi  muskullar 
barmoqlarga birikib, oyoq kaftini yozadi.  
Boldirning  orqa  guruhi  oltita  muskullar:  uch  boshli,  tizza  osti, 
orqa  katta  boldir,  oyoq  tagligi,  barmoqlarni  va  bosh  barmoqlarni 
bukuvchi  uzun  muskullardan  iborat.  Uch  boshli  muskul  yuza 
joylashgan  bo‘lib,  boldir  rеlеfini  hosil  qiladi.  Muskulning  latеral  va 
mеdial  boshchalari  son  suyagining  shu  nomdagi  o‘siqchalaridan 
boshlanib,  boldirning  o‘rta  qismida    payga  aylanadi.Uning  uchinchi 
boshchasi  –  kambalasimon  muskul  paylari  bilan  qo‘shilib,  umumiy 
(axillov)  payini  hosil  qiladi.  Tanada  eng  yirik  bu  pay  tovon  suyagi 
o‘sig‘iga  birikadi.  Uch  boshli  muskul  oyoq  kaftini  bukadi;  uning 
boshchalari  boldirni  tizza  bo‘g‘imidan  bukadi.  Uning  uchinchi 
boshchasi–kambalasimon muskul oyoq panjasini bukadi. Oyoq tagligi 
(oyoq  kafti)  muskuli  yupqa  va  kalta,  payi  uzun  bo‘ladi.  Muskul  son 
suyagidan boshlanib, tovon (axillov) payiga birikadi. Muskul bukilgan 
tizza  bo‘g‘imi  payini  tortib  turadi.  Tizza  osti  muskul  tizza  bo‘g‘imi 
orqasida  uning  kapsulasi  ustida  joylashgan.  Muskul  son  suyagidan 
boshlanib, katta boldirning orqa yuzasiga yopishadi; boldirni tizzadan 
bukadi. 
Uch  boshli  muskullar  ostida  orqa  katta  boldir,  barmoqlarni  va 
bosh barmoqni bukuvchi muskullar joylashgan. Bu muskullar katta va 
kichik  boldir  suyaklari  orqa  yuzasi  hamda  suyaklararo  pardadan 
boshlanadi.  Ularning  paylari  oyoq  kaftiga  o‘tadi  va  barmoqlar 
falangalariga birikadi. Muskullar oyoq kaftini va barmoqlarni bukadi. 
Boldirning  latеral  guruhi  uzun  va  kalta  kichik  boldir 
muskullaridan  iborat.  Muskullar  kichik  boldirdan  boshlanib,  paylari 
tashqi  to‘piq  orqasidan  o‘tib  oyoq  kaftiga  birikadi.  Boldirning  kalta 
muskuli  5-oyoq  kaft  suyagi  bo‘rtig‘iga,  boldirning  uzun  muskuli  
tovonda o‘tib, ponasimon va  kaft suyaklariga birikadi. Uzun muskul 
oyoq  gumbazini  mustahkamligini  ta'minlaydi;  oyoq  panjasi  va  bosh 
barmoqni bukadi. Kichik boldirning kalta muskuli oyoq panjasi tashqi 
chеtini ko‘taradi. 


94 
 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish