Odam anatomiyasi va fiziologiyasi


Oyoqning  erkin  muskullari



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/362
Sana31.12.2021
Hajmi5,47 Mb.
#269494
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   362
Bog'liq
Хуррамов

Oyoqning  erkin  muskullari  son,  boldir  va  oyoq  panjasi 
muskullaridan  iborat.  Son  va  boldir  muskullari    oldingi,  kеyingi  va 
o‘rta guruh muskullarga ajratiladi . 
Sonning  oldingi  guruhiga  to‘rt  boshli  va  tikuvchi  muskullar 
kiradi  (47-rasm).  To‘rt  boshli  muskul  sonning  oldingi  yon  yuzasini 
qoplab turadi.  
Muskulning  4  ta  (to‘g‘ri,  sеrbar  latеrial,  mеdial  va  oraliq) 
boshchalari  bo‘ladi.  To‘g‘ri  boshchasi  yonbosh  suyagi  oldingi  yuzasi 
pastki  o‘sig‘idan;    boshqa  boshchalari  son  suyagi  oldingi  yuzasidan 
boshlanadi.  To‘rt  boshli  muskullarning  barcha  boshchalari  birlashib, 
bitta yo‘g‘on va kеng payni hosil qiladi. Pay katta boldirga yopishadi. 
Bu  pay  ichida  sеsamosimon  suyak  (tizza  qopqog‘i)  joylashgan. 
To‘rtboshli muskul boldirni tizza bo‘g‘imidan yozadi.  
Tikuvchi muskul ingichka va yassi bo‘lib, sonni tеpadan pastga 
kеsib  o‘tadi.  Bu  muskul  yonbosh  suyagi  oldingi  yuzasi  yuqori 
o‘sig‘idan  boshlanib,  katta  boldirning  g‘adir-buduriga  yopishadi. 
Muskul boldirni tizza bo‘g‘imidan bukadi va ichkariga buradi. 
Sonning  orqa  guruhiga  ikki  boshli,  chala  pay  va  chala  parda 
muskullar  kiradi.  Ikki  boshli  muskul  uzun  boshchasi  quymich 
suyagidan,  kalta  boshchasi–son  suyagidan  boshlanadi.  Muskul  kichik 
boldir suyagi boshchasiga yopishadi. Ikki boshli muskul sonni yozadi, 
boldirni  bukib,  tashqariga  aylantiradi.  Yarimpay  va  yarimparda 
muskullar  quymich  do‘mbog‘idan  boshlanib,  katta  boldir  suyagiga 
birikadi. Bu muskullar sonni son-chanoq bo‘g‘imidan yozadi; boldirni 
tizza bo‘g‘imidan bukib, tashqariga aylantiradi.  
Sonning  o‘rta  guruhi    taroqsimon  va  yupqa  muskullar  hamda 
katta,  uzun  va  kalta  yaqinlashtiruvchi  muskullardan  iborat. 


92 
 
Muskullarning  asosiy  qismi  qov  suyagidan  boshlanib,  son  suyagiga 
birikadi. Bu muskullar sonni yaqinlashtiradi va uni qisman tashqariga 
aylantiradi.  Yupqa  muskul  katta  boldir  suyagiga  birikadi;  sonni 
yaqinlashtiradi, boldirni tizzadan bukadi va uni ichkariga aylantiradi. 
 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish