4.Nerv to’qima (textus nevrosus) nerv hujayrasi va neyrogliyadan tashkil topgan. Nerv hujayrasi tana va turli uzunlikdagi o’simtalardan iborat bo’lib, neyron deb ataladi. O’simtalarning uzuni bitta bo’lib neyrit yoki akson deyiladi. Uning uchi boshqa nerv hujayrasida, mushak tolalarida yoki bez a’zolar to’qimasida tugaydi. Akson bo’ylab nerv impulslari ishchi a’zolarga yo’naladi. Qisqa o’simtalari shoxlangan bo’lib, dendritlar deyiladi. Ularning uchlari ta’sirotni qabul qilib, hujayra tanasiga o’tkazib beradi.
A’zolar va a’zolar tizimi
Do'stlaringiz bilan baham: |