Farg’ona viloyati Beshariq tumani Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 3-IDUM da “Kasblar oyligi” munosabati bilan ularning bo’sh vaqtini unumli tashkil etish, kasbga yo’naltirish,huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikni oldini olish maqsadida amaliyotchi psixologlar M.Xo’jayeva hamda M.Olimovalar 7-8-sinf o’quvchilari o’rtasida dekabr oyi ODAM-BADIIY OBRAZ kasb tipi oyligi o’tkazilganligi to’g’risida
MA’LUMOTNOMA
Joriy 2020-yil dekabr oyida Beshariq tumani 3-IDUM da 7-8-sinf o’quvchilarini kasblar oyligi munosabati bilan “Odam-badiiy obraz” kasb tipi bo’yicha tadbirlar tashkillandi, 200 nafar o’quvchilar o’z qiziqishlaribilan ishtirok etishdi. Qandolatchi kasbi, “Eng shirin kasb egasi” konkursi Liboslar bo’yicha dizayner, Modalar ko’rgazmasi bo’yicha Yoshlar ittifoqi tashkilotiga qiziqishi bor o’quvchilar bilan birgalikda tashrif buyurdik,o’quvchilar liboslar tushirilgan rasmlar bo’yicha ko’rgazmalar bilan tanishdilar hamda o’zlarining qiziqtirgan savollar bo’yicha kerakli ma’lumotga ega bo’ldilar. Odam – Badiiy obraz kasb tipiga kiruvchi kasblar bilan psixologlar tamonidan o’quvchilarga tushunchallar aytib o’tildi.Kasblarning bu tipida badiiy obrazlar, ularning tuzilish usullari yetakchi mehnat predmeti hisoblanishi,tasviriy faoliyat bilan bog’liq kasblar: badiiy mebellar ishlab chiqarish bo’yicha duradgor, toshga o’yib gul soluvchi, yoritish elektrotexnigi, konstruktor-model’er, grafik rassomchilik kabi kasblar hamda musiqa faoliyati bilan bog’liq kasblar: pianino va royallarni sozlovchi, orkestr artisti, kompozitor kasblari haqida tushunchalar berib borildi.Adabiy-badiiy faoliyat bilan bo’lgan kasblar bilan bog’liq ma’lumotlar ham o’quvchilarga yetalicha tushunchalar berildi. Badiiy adabiyot redaktori, adabiy xodim, teatr artisti, estrada artisti bo’lishi mumkinligi ta’kidlandi Odam – badiiy obraz” kasb tipiga - drama teatr aktyori, qo’g’irchoq teatri aktyori, estrada artisti, musiqiy teatr aktyori, sirk artisti, sirk va original janrlar artisti, havaskorlik xor jamoasi dirijyori, akademik vokal artisti, an’anaviy vokal artisti, estrada vokal artisti, fortepiano ijrochisi, torli cholg’ular ijrochisi, xalq cholg’ulari ijrochisi, rassom, teatr liboslari san’ati rassomi, kino va televidenie rassomi, dizayner, reklama bo’yicha mutaxassis, interer va mebellar dizayneri, me’moriy-dekorativ san’ati loyihalovchi-dizayneri, milliy, etnografik va badiiy liboslar dizayneri, haykaltarosh, chinni va kulolchilik mahsulotlari usta-rassomi, ganch, naqqoshlik bo’yicha usta-rassom, musiqa asboblarini yasash va ta’mirlash bo’yicha usta, kashtachilik, zardo’zlik, zargarlik misgarlik bo’yicha usta-rassom, raqs ijrochisi, folklor-etnografik jamoalari rahbari, ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissyori, madaniy-ma’rifiy tadbirlar badiiy bezovchisi, dinshunos va boshqa kasblarni aks ettirilishi o’quvchilarga tushuntirib o’tildi.O’quvchilar Odam-Badiiy obraz kasb tipi bo’yicha kerakli ma’lumotlarga ega bo’lishdi,shu kasblarga ham qiziquvchi o’quvchilar aniqlandi.
Maktab direktori: S.Do’smatov.
Maktab amaliyotchi psixologlari: M.Xo’jayeva.
M.Olimova.
Do'stlaringiz bilan baham: |