Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
50
library.ziyonet.uz/
Ey Allohim, meni mendan ayirma,
Meni aslo jamolingdan ayirma.
Baliq joni tirik erur suv ichra,
Ilohi, baliqni koʻldan ayirma.
«Meni ishqing daryosidan tashqariga chiqarma. Baliq suv bilan tirik boʻlgani kabi Ishq
ahli Allohning sevgisi, jamoli bilan tirikdir», degan ma’noni uqamiz mazkur satrlardan.
Ishq ahlining zimmasida ikki vazifa mavjud boʻladi:
Allohni bandalarga sevdirmoq.
Bandalarni Allohga sevdirmoq.
Albatta, bandalarga Allohni sevdirmoq goʻzaldir. Masalan, bolaga biron shirinlik
bersangiz, totib koʻrgach, uni yoqtirib qoladi. Bandalarga Allohni sevdirmoq unchalik
qiyin emas. Aytadilarki, banda haqiqiy komillik yolgʻiz Allohga oid ekanligini, oʻz
nafsida yoki boshqalarda koʻrinadigan komillik esa yolgʻiz Allohdan kelishini idrok
etayotganda Allohni sevgan boʻladi. Ammo bandalarni Allohga qanday yoʻl bilan
sevdirmoq mumkin? Ta’kid etamizki, buning uchun banda Rasulullohga (s.a.v.)
ergashadi, Rasulullohning sunnati saniyyalariga tobe’ boʻladi, sunnati saniyyaga muvofiq
kamolga yetishadi. Sunnati saniyyaga ergashmoq har xil bid'atlardan saqlanmoq, hazar
qilmoqlikni talab etadi.
Avvalgi bobda ibrat xususida aytib edik. Rasulullohni (s.a.v.) qanday sevish lozimligi
borasida ham tarixda biz uchun ibratlar koʻp. Hazrati shayx Uvays Qaroniy
(qoddasallohu sirrahul aziz) ibratlarini eslashning oʻzi kifoya. Uvays Qaroniy hazratlari
Rasulullohni koʻrmay turib ham sevganlar. Kofirlar Uhud jangida paygʻambarimiz
Muhammad Mustafo (s.a.v.) janobimizning tishlarini sindirgani xabarini eshitib, bundan
gʻoyat qalban kuyib, oʻz ogʻizlaridagi barcha tishlarini sindirgan ekanlar. Hazrati Uvays
avval bir tishlarini tosh bilan urib sindirib, «Paygʻambarimizning (s.a.v.) singan tishlari
balki bu oʻrindagisi emasdir», deb boshqasini sindirdilar. Shu zaylda barcha tishlarini
sindirib chiqdilar. Ikki jahon quyoshi - Paygʻambarimiz salavotullohu alayhi va salomuhu
janobimiz Uvays Qaroniy hazratlarining madhida «Yamandan menga Alloh oshigʻining
isi kelur», - deb marhamat etganlar. Bu moʻ'jizani qarangki, Rasululloh (s.a.v.) bu oshiqni
koʻrmay turib, u haqda eshitmay turib bilganlar. Sahobai guzin (suyukli sahobalar)
Rasululloh janobimizdan Uvaysning qaerda ekanini soʻraganlarida «Yaman viloyatining
Qarn qishlogʻida», - deb marhamat etdilar.
-Yo Rasulalloh! Uvays zoti risolatpanohlarini (ya’ni Sizni) koʻrganmi? - deb soʻradilar.
-Koʻrgan va lekin zohirda koʻrmagan, - deb marhamat qildilar.
-Bul qanday oshiqdirki, Sizni koʻrmas?
-Ikki sababi bor: birinchisi - hol gʻalabasidan, ikkinchisi - shariat azamatidan, ya’ni koʻzi
ojiz onasi bor uyni yolgʻiz qoldirib kelmadi. Shariat amrini tutdi, onalik haqiga rioya etdi.
Rasuli akram janobimiz oxirat dunyosiga rihlat qilar ekanlar, hazrati Umar va hazrati
Aliga (r.a.) muborak muraqqa’larini (kiyimlarini) berib, Uvays hazratlariga eltmoqlikni
vasiyat qildilar va hazrati Uvaysning koʻrinishlarini ta’rif etdilar: «Badani yunglidir, oʻng
qoʻlining panjasida oppoq, bir tangachalik xol bordir. Mendan salom aytingiz.
Muraqqa’ni kiyib, ummatimni duo qilsin...»
Oʻrni keldikim, ulugʻlarning Alloh rasulini sevmoqlik haqida aytganlarini eslamoq lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |