Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Y
O SAODAT 
-
 YO FALOKAT
... 
Bu bob inson roʻparasida turgan ikki yoʻl va tarbiya mezoni xususidadir. 


Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik

library.ziyonet.uz/ 
Koʻchada notanish bir yigit meni bexos savolga tutib qoldi: 
-Hamonki, inson taqdiri hali tugʻilmasidan ilgariyoq belgilab qoʻyilgan ekan, yomonning 
yaxshi boʻlishiga harakat qilmogʻi behuda ekanda? 
Masalani tushuntirib berishga zarur ilm kaminada yetarli boʻlmasa-da, savol berilgan
javob kutilmoqda edi. Aqlim yetganicha dedimki: 
-Ha, kishining taqdirini Alloh hali tugʻilmasidan ilgariyoq belgilab qoʻygandir. Ammo 
kishining roʻparasida ikki yoʻlni ham bergan: biri - hidoyat, ikkinchisi - zalolat. Bu 
yoʻllardan birini tanlash uchun esa unga aql, zehn va farosat ham berilgan. Ayni choqda 
bu aqlni quvvatlantiruvchi kalomini ham tushirgan hamda hidoyat bilan zalolatni 
farqlashlarida toʻgʻri yoʻlni koʻrsatsin, deb bandalari orasidan oʻzining rasulini ham 
belgilab qoʻygan. Kimki aqli va qalbi bilan kalomullohni anglabdi, Rasulullohga (s.a.v.) 
ergashibdi - u hidoyatga yetibdi. Kimki anglamabdi, anglashga intilmabdi yoki intilishni 
istamabdi - shaytonning etagini tutibdi va zalolat yoʻlini oʻziga ma’qul koʻribdi. Demak, 
Alloh bandaga ixtiyor berib qoʻyibdi. 
Bolalik va yoshligi ateistlarcha tarbiya («ateist» soʻzining ma’nosi «xudosiz»dir) bilan 
oʻtgani soʻzlaridan sezilib turgan notanish suhbatdosh bilan shu tarzda fikr almashdik. 
Men qisqa suhbatda uning fikrini oʻzgartira olishga qodir emas edim. Zero, qalblarni 
isloh etuvchi yaratgan Egamning yolgʻiz Oʻzidir. Ana shu uchrashuvdan keyin tarbiya 
mezoni va asoslari xususida oʻylab qoldim va siz azizlar bilan niyat qilganim suhbatning 
dastlabki bobini shu mavzuga bagʻishlashni ixtiyor etdim. 
Abdulla Avloniy hazratlari yozgan ekanlar: «Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi 
tarbiya qilmak - tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni 
oʻrgatmak, yomon xulqlardan saqlab oʻsdurmakdir. Tarbiya qiluvchilar tabib kabidurki, 
tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgani kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl 
maraziga «yaxshi xulq» degan davoni ichidan, «poklik» degan davoni ustidan berub, 
katta qilmak lozimdur. Zeroki, «Hassinu axloqakum» amri sharifi uzra xulqimizni 
tuzatmakka amr oʻlinganmiz. Lekin xulqimizning yaxshi boʻlishining asosiy panjasi 
tarbiyadur... Hukamolardan biri: «Har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati 
yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bogʻlidur»,-demish. Shariati islomiyada oʻz bolalarini 
yaxshilab tarbiya qilmak - otalarga farzi ayn, oʻz millatining yetim qolgan bolalarini 
tarbiya qilmak farzi kifoyadir...» 
Mazkur fikrlarni yaxshilab anglash uchun tarixga murojaat qilaylik: oʻtmishda 
diyorimizda bir necha marta kuchli-kuchli davlatlar qad rostlagan va koʻp oʻtmay nurab, 
yakson boʻlgan. Afsusli yeri shuki, davlatlarning yoʻq boʻlishiga tashqi dushmanlarning 
zarbasi emas, koʻproq ichki nizolar sabab edi. Xususan, amir Temur saltanatining tarixini 
eslaylik. Bu holatni tarixchilar qanday sharhlashsa sharhlashsin, lekin biz deymizki, 
dunyoni lol qoldirgan saltanatning yemirilishiga shahzodalarning yaxshi tarbiya 
koʻrmaganlari sababdir. (Bu xususda keyingi boblarning birida alohida toʻxtalib oʻtarmiz, 
insha Alloh). 
Endi bizlarni bir masala koʻp oʻylantiradi: tarbiyachi kim? Ota-onami, maktab 
muallimlarimi? Biz bu haqda «Jinoyatning uzun yoʻli» deb atalmish risolada batafsil fikr 
yuritganimiz sababli soʻzni muxtasar qilamiz. Faqat bir narsani ta’kidlaymiz: bola «Sen 
tarbiyalashing kerak», deb goh u yoqqa, goh bu yoqqa oshiradigan koptok emas. Farzand 
tarbiyasiga ota-ona mas'ul, maktab esa bu sohada koʻmakchi. Ha, aynan shunday. Chunki 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish